102. Qaysi uslub turida tilning tasviriy-ta`siriy
vositalari yordami bilan obrazlar vositasida kishiga
estetik ta`sir ko`rsatiladi?
A) publitsistik uslubda B) badiiy uslubda
C) ilmiy uslubda D) rasmiy uslubda
103. Qaysi uslublar ham og'zaki, ham yozma
shakllarga ega?
1) publitsistik uslub; 2) badiiy uslub; 3) rasmiy uslub;
4) ilmiy uslub; 5) so'zlashuv uslubi.
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 2, 4
104. Qismat bu isnod-u uyat... ayni biz...boshimiz...
solgan erkankim, shul zamonda tug‘ilganimdan
pushaymondaman, musibatli damlarda qulayotgan
saltanat tojdori... – siz..., qanot bo'lolmaganimdan
o'zurda va armondaman.
Ushbu parchadagi ko‘p nuqtalarning o‘rnida qo‘llab
bo‘lmaydigan kelishik qo‘shimchasini aniqlang.
A) tushum kelishigi
B) o‘rin-payt kelishigi
C) qaratqich kelishigi
D) jo‘nalish kelishigi
105. Qisqalik, aniqlik, soddalik, shuningdek, ibora va
jumlalarning bir qolipda bo`lishi, asosan, qaysi uslubga
xos?
A) so`zlashuv uslubiga
B) ilmiy uslubga
C) ommabop uslubga
D) rasmiy uslubga
106. Quyidagi gapda yo`l qo`yilgan uslubiy xatoning
qaysi nisbatga aloqadorligini belgilang. Bu maqolada
Turkiston birligi aniq misollar bilan asoslanib berilgan.
A) aniqlik nisbat bilan o`zlik nisbatiga
B) o`zlik nisbati bilan birgalik nisbatiga
C) aniqlik nisbat bilan majhul nisbatga
D) majhul nisbat bilan o`zlik nisbatiga
107. Quyidagi gaplardan ilmiy uslubga tegishlisi
belgilang.
A) Qani endi, barchasi ham senga, o`xshasa.
B) Mayin shamol daraxt yaproqlarini asta tortqilaydi.
C) Mushfiq onaning hasratlari bir dunyo edi.
D) Yonishning tashqi belgisi issiqlik va yorug`lik
chiqishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |