126. Rasmiy uslub uchun xos xususiyatni belgilang.
A) Ko`p ma`noli so`zlar ishlatiladi.
B) Terminlar qo`llanadi.
C) Ibora va jumlalar ma`lum qolipda bo`ladi.
D) Shevaga xos so`zlar faol qo`llanadi.
127. Siz tiklagan Turonzamin hali-hanuz turadur, og'a-
ini turkiyingiz bir-birini suyadir.
Ushbu parcha qaysi uslub namunasi hisoblanadi?
A) publitsistik B) ilmiy C) badiiy D) rasmiy
128. Sizning xizmatingizga bel bog'lagan. (M. Osim)
Ushbu gapda kesim mazmunan qaysi shaxsni
bildirgan?
A) I shaxs birlikni B) II shaxs birlikni
C) III shaxs birlikni D) III shaxs ko'plikni
129.
– Sobirjon, qaytyapsizmi?
– Ha.
– Siz tog'angizni ham bir ko‘rib keting.
Ushbu dialogdagi kishilik olmoshi qanday ma’no
ifodalagan?
A) jamlik ma’nosi
B) taxmin ma’nosi
C) hurmat ma’nosi
D) ko'plik ma’nosi
130. So`zlashuv uslubiga xos so`zlar qatorini toping.
A) taklif qilish, sohil, doira, dala
B) farzand, shodlandi, qabriston, durust
C) istiqlol, bezanmoq, afsus, moviy
D) metro, tuzuk, yasashmoq, attang
131. Tadbirni har oyning juma kunida o‘tkazishga
ma’muriyat kafolat beradi.
Ushbu gap qaysi uslubga xosdir?
A) publitsistik uslub
B) rasmiy uslub
C) ilmiy uslub
D) so‘zlashuv uslubi
132. Takroriy so`zlarda ayni so`zning takror holda
qo`llanishi natijasida, asosan, qanday ma’no
ifodalanadi?
A) leksik ma’no
B) grammatik ma’no
C) uslubiy ma’no
D) leksik va grammatik ma’nolar
133. Til birligi nima?
A) grammatik ma'noni ifodalash uchun xizmat qiladigan
til vositasi
B) til qonunlari asosida grammatik va ohang jihatdan
shakllangan, nkrni ifodalash uchun xizmat qiladigan
nutq birligi
C) bir-biridan vazifasi, ifoda materiali, tuzilishi va
tizimdagi o'rni bilan farqlanadigan til hodisasi
D) so'zning shakliy qismi ― grammatik shakli
ifodalaydigan ma'no
Do'stlaringiz bilan baham: |