119. Ruboiyni ichida o'qidi // yuzini tabassum qopladi.
Ushbu bog'lovchisiz qo'shma gap qismlari orasiga
qanday tinish belgisi qo'yiladi?
A) vergul B) tire
C) nuqtali vergul D) ikki nuqta
120. Saida bunga juda suyundi demak, hisobot
yuzasidan bo'ladigan muzokara qizg'in tus oladi.
Ushbu qo'shma gapni tashkil etgan sodda gaplar
orasiga qanday tinish belgisi qo'yiladi?
A) vergul B) tire C) ikki nuqta D) nuqtali vergul
121. Saodatxon darchani ochib yubordi uyga muzday
kuz havosi kirdi.
Ushbu qo'shma gap qismlari orasida qanday tinish
belgisi ishlatiladi?
A) vergul B) tire C) ikki nuqta D) nuqtali vergul
122. Sayohatga chiqishdan oldin hamma narsani
tayyorlab qo'ydik oziq-ovqat kiyim kechak sovun va
tish cho'tkasigacha.
Ushbu gapda umumlashtiruvchi bo'lakdan keyin
qanday tinish belgisi ishlatiladi?
A) ikki nuqta
B) vergul
C) tire
D) hech qanday tinish belgisi ishlatilmaydi
123. Siz (I) o'z millatingizning ko'z qarog'larisiz (2)
ammo unutmang (3) tanbal (4) daqqi (5) bezori kishi
ma'naviy nogiron (6) degan so'z.
Berilgan gapda qaysi o'rinlarda tinish belgilari
ishlatiladi?
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 2, 3, 4, 6
C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 4, 5, 6
124. Siz o'z millatingizning ko'z qarog'larisiz (1) ammo
unutmang (2) tanbal (3) daqqi (4) bezori kishi ma'naviy
nogiron (5) degan so'z.
Berilgan gapda qaysi o'rinlarda vergul ishlatilishi
kerak?
A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 3, 4
208
Do'stlaringiz bilan baham: |