142. Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro asosdosh
so‘zlar qatnashgan?
A) Uning o‘tli nigohlari qarshisida hech narsa deya
olmas edi. Bolaligimni eslasam, o‘tloqda dumalab
o‘ynaganlarimiz yodimga tushadi.
B) Cho‘lboboning payvandlariga havas qilmaydigan
bog‘bon kam topiladi. U bog‘li poyabzal sotib olishni
mo‘ljallagan edi.
C) Tuzdonni stol ustiga keltirib qo‘ydi. Tuzsiz xamir
tandirda turmas.
D) Yoshliging g‘animat, bolam, o‘sib, un. U yoshli
ko‘zlari bilan menga termilardi.
143. Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib
ko‘rsatilgan
so‘zlar
o‘zaro
shakldosh
so‘zlar
hisoblanmaydi?
A) Rayhona kirlarni kir yuvish mashinasida yuvdi. //
Guruhimizga ko‘rsatgan yordami bilan Sardor ham
ayblarini yuvdi.
B) Tut xalq xojaligida eng ko‘p foydalaniladigan
daraxtlar sirasiga kiradi. // O‘g‘lim, yaxshilarning etagini
tut, adashmaysan.
C) Biz yosh kadrlarni malaka oshirish uchun Yevropaga
jo‘natdik. // Filmdagi eng yaxshi chiqqan kadrlarni
ko‘rsatdik.
D) Arg‘amchiga qil — quvvat. / / Doniyor, sen uy
vazifalarini o‘z vaqtida qil.
144. Qaysi javobdagi so‘zlar o‘zaro ma’nodoshlik hosil
qila oladi?
A) chiroy, suluv B) abzal, ortiq
C) rostgo‘y, mehnatsevar D) ko‘nmoq, unamoq
145. Qaysi javobdagi so‘zlar o‘zaro ma’nodoshlik hosil
qila oladi?
A) ganch, xazina B) dangasa, mehnatkash
C) husn, chiroyli D) suluv, ko‘rkam
146. Qaysi javobdagi so‘zlar o‘zaro ma’nodoshlik hosil
qila olmaydi?
A) obro‘, nufuz
B) belgi, nishon
C) beadad, behisob D) ganch, xazina
Do'stlaringiz bilan baham: |