ko'rsatilgan javobni aniqlang.
1) bog
ʻ
; 2) til; 3) chog‘; 4) qil; 5) to‘p; 6) ort
A) 2, 3, 5, 6
B) 1, 2, 3, 4, 5, 6
C) 2, 5
D) 2, 5, 6
246. Xilqat so'zining ma'nosi qaysi javobda to'g'ri
izohlangan?
A) biror narsaning yig'indisi
B) biror bir hukmdor qo'l ostidagi mamlakat
C) yaratilish, bunyodga kelish
D) sirli, mavhum
247. Xoki taning barbod o'lur oxir jahonda necha yil
Sayr et Sulaymondek agar taxting qurib bod ustina.
Muhammad Rizo Ogahiyning ushbu baytidagi bod
so'zining ma'nodoshi qaysi javobdako'rsatilgan?
A) bo'ron B) shamol C) suv D) koinot
248. 1. Xufton namozidan so'ng poychiroq yonida o'tirib,
Fuzuliy devonini varaqlar edi.
2. Ikkisi birga devonga kirdilar.
3. Devonda yonboshlab yotgan Abbosxon Saidiyning
hurmatiga g'imirlab qo'ydi. Berilgan gaplarda qollangan
devon so'zi haqidagi to'g'ri fikrni belgilang.
A) Uchala gapda bir so'zning turli ma'nolari
qo'llangan.
B) Uchala gapda shakldosh so'zlar qo'llangan.
C) Birinchi va ikkinchi gapdagi devon so'zi uchinchi
gapdagi devon so'ziga nisbatan shakldosh
D) Ikkinchi va uchinchi gapdagi devon so'zi birinchi
gapdagi devon so'ziga nisbatan shakldosh
249. Visoli lazzatidin zavq topmoqlig' erur dushvor,
Firoqi shiddatinda yo'qsa jon bermaklik osondur.
Bobur qalamiga mansub ushbu baytda so'zlarning
shakl va ma'no munosabatiga ko'ra qaysi turi
qo'llangan?
A) ma'nodosh so'zlar B) zid so'zlar
C) shakldosh so'zlar D) paronim so'zlar
250. Yana bir istagim shuki, falakiyot, riyoziyot,
Do'stlaringiz bilan baham: |