Ona tilidan test-sinov topshiriqlari 5-sinf uchun 5-sinf ona tili I chorak


Download 90 Kb.
Sana26.12.2019
Hajmi90 Kb.


ONA TILIDAN

test-sinov topshiriqlari

5-sinf uchun

5-sinf ona tili
I chorak
1. Bugungi kunda yer yuzida qancha til bor?

A) 2976 ta C) 5000 ta

B) 3000 dan ortiq D) 4000 dan ortiq

2. O’zaro zid ma’noli sifatlar berilgan qatorni toping.

A) sodda, kamtar C) achiq, shirin

B) o’qidi, o’qimadi D) top-tob

3. O’zbek xalqi azaldan ajoyib xususiyatli, mehrli, oqibatli xalq bo’lgan. - gapida uyushiq bo’laklar qanday vazifada kelgan?

A) aniqlovchi C) to’ldiruvchi

B) ega D) hol

4. Minnatdorman, bolam, katta yigit bo’ling!- Gapidagi undalmani aniqlang.

A) Minnatdorman C) Yigit

B) Bolam D) Katta

5. Biz bog’da olma terdik. – gapidagi aniqlovchini toping.

A) bog’da C) biz

B) olma D) to’g’ri javob yo’q

6. Men bugun rasm chizaman. Qaysi qatorda gap bo’laklarga to’g’ri ajratilgan?

A) ega, hol, to’ldiruvchi, kesim C) ega, kesim, to’ldiruvchi, hol

B) hol, ega, to’ldiruvchi, kesim D) kesim, to’ldiruvchi, hol, ega

7. Qaratqich aniqlovchi qanday so’roqqa javob bo’ladi?

A) kim? , nima?, qayer? C) kimning?, nimaning?, qayerning?

B) qanday?, qanaqa?, qaysi? D) kimni?, nimani?, qayerni?

8. Men sizni quyosh deb atayman, oyijon! –gapida undalma qaysi?

A) men C) quyosh

B) oyijon D) sizni

9. Gap tarkibida ma’lum bir so’roqqa javob bo’lib, ma’lum bir sintaktik vazifani bajaruvchi so’z yoki so’zlar birikmasi nima deyiladi?

A) so’z turkumlari C) ellipsiya

B) inversiya D) gap bo’laklari

10.Qaysi gap aniqlovchi, ega, to’ldiruvchi, kesim shakliga mos keladi?

A) Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga.

B) O’zingga o’zingni maqtagandan qo’rq.

C) Baland binolar yo’lni to’sib turibdi.

D) Yosh kelsa ishga keladi.

11. Sanalayotgan bo’laklar ma’nosini jamlab ifodalagan so’zga nima deyiladi?

A) umumlashtiruvchi so’z C) undalma

B) uyushiq bo’lak D) uyadosh so’z

12. Mayli, qo’shiq ayta qolinglar, - dedi tulki. –gapidagi kirish so’z qaysi?

A) dedi C) mayli

B) tulki D) qo’shiq

13. Kutubxonamizda Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Usmon Azimov // barcha taniqli shoirlarning asarlari bor. Ushbu gapda // o’rniga qanday tinish belgisi qo’yiladi?

A) ikki nuqta C) hech qanday

B) tire D) vergul

14. Undalmali gapni aniqlang.

A) Fazliddin, she’rni juda zo’r yodlading.

B) Furqat darsda yana gaplashib o’tiribdimi?

C) Gulshoda tanlovda g’olib chiqdi.

D) Ehtimol, sizga xabar berar?

15. Alisher Hirotda, Mashadda ko’p yil tahsil ko’rdi. Gapda qaysi gap bo’lagi uyushib kelgan?

A) ega C) to’ldiruvchi

B) hol D) kesim

16. Kirish so‘z bilan ifodalangan gap berilgan qatorni toping.
A) Sobir, buyoqqa chiq, ammamlar keldilar.

B) Aslo qaynonangni aldama, qizim..


C) Men senga aytsam, bugun ketamiz.

D) Chamasi, bir soatlar bo‘ldi.



17. Ko’chirma gap qo’llangan gapni aniqlang.
A) “Afsus , endi ilojim yo’q”,-dedi onam.
B) Ba’zida qo‘ylar ma’rar, ba’zida ularga qo‘zilar ham qo‘shilib qo‘yar, nimadandir bezovta bo‘lishayotganga o‘xshardi.
C) Goh qilgan ishlaringni eslab, kuyinib ketasan, kishi.
D) Dam radiodan taralayotgan musiqa ovozi tutib ketar, dam samolyot shovqini kuy ohanglarini xuddi bahor yomg‘irlarining shiddatidek biroz o‘z domiga tortar ... yana kuy davom etardi.
18. Undalmali gapni aniqlang.
A) Qizing bu yil maktabga bordi-a? C) Sobir akang o‘qishga kirdimi?

B) Afsuski, bu noto‘g‘ri. D) Ehtiyot bo‘l, o‘g‘lim


19. Topishmoq javobini toping: Og'izdan chiqquncha seniki, og'izdan chiqqani elniki.

A) til C) ilm

B) so'z D) kitob

20. O'zbek tiliga davlat tili maqomi qachon berildi?

A)1989-yil 21-dekabr C) 1991-yi1 21-oktabr

B) 1989-yil 21-noyabr D) 1989-yil 21-oktabr

21. X va H harflarining imlosi qaysi qatorda noto'g'ri berilgan?

A) hushyor, saxiy, harakat C) har kim, hukm, xat

B) maxsulot, taht, hayol D) xulosa, hurmatli, hukm

22. Bosh haflarning qo'llanishida xatoga yo'l qo'yilgan qatorni toping.

A) O'zbekiston - yer yuzining jannati.

B) Farg'ona vodiysining yaypan, nursuq, qudash degan qishloqlari bor.

C) U bizning jonajon Vatanimizdir.

D) "Tong yulduzi"ga obuna bo'ling.

23. Qaysi qatordagi gapda imlo xato bor?

A) San'at saroyiga konsert tomosha qilgani bordik.

B) Chap yoni bilan turmoq.

C) Urish, noming o'chsin jahonda...

D) Besh asrkim nazmiy saroyni, Titratadi zanjirband bir sher

24. Shakldosh so'zlar berilgan qatorni toping.

A) ot, o’t, soz C) bor, ziyo, stol

B) gul, bog', ona D) oz, kitob, yoqa

25. Qo'shma so'zlar qanday yoziladi?

A) qo'shib C) chiziqcha bilan

B) ajratib D) qo'shib yoki ajratib

II chorak

1. Yordamchi so’zlar qatorini toping.

A) ot, sifat, son C) ko’makchi, bog’lovchi ,yuklama

B) taqlid, modal, undov D) A, B, C

2. Qanday qo’shma so’zlar doim ajratib yoziladi?

A) qo’shma fe’l, qo’shma son C) qo’shma ot, qo’shma ravish

B) qo’shma son, qo’shma ot D) qo’shma ravish, qo’shma fe’l

3. Qaysi qatorda gap bo’lagi vazifasida kelmaydigan so’zlar berilgan?

A) olmosh C) son

B) bog’lovchi D) taqlid so’z

4. Gaplar ifoda maqsadiga ko’ra necha xil bo’ladi?

A) 4 xil C) 2 xil

B) 3 xil D) 5 xil

5. –mi, chi, -a , -ya, -ku, -da qo’shimchalariga qaysi qatorda to’g’ri ta’rif berilgan?

A) ot yasovchi C) yuklama

B) sifat yasovchi D) ravish yasovchi

6. Mavhum otlar berilgan qatorni toping?

A) baxt, kitob, olam C) ozodlik, tuygu, sevgi

B) armiya, xalq, poda D) Toshkent, Anvar

7. Son qaysi gapda kesim vazifasini bajargan?

A) Majlisda Faridaga so’z berildi. C) Ikkalasi qishloqqa ketishdi.

B) Sardorning bahonasi ko’p . D) Bizning sinfimiz maktabda birinchidir.

8. Harakatning belgisini bildiruvchi so’zlar qanday nomlanadi?

A) sifat C) fe’l

B) ravish D) olmosh

9. Berilgan qaysi turkumga oid so’zlarning ba’zilari o’zlari birikib kelgan so’zdan chiziqcha bilan ajratib yozilishi mumkin?

A) bog’lovchilar C) yuklamalar

B) ko’makchilar D) modal so’zlar

10. Predmet tomonidan bajarilgan ish-harakatni bildiruvchi so’z turkumi qanday nomlanadi?

A) fe’l C) ot

B) son D) ravish

11. Quyidagi zid ma’noli birliklardan qaysilari faqat yasama so’zlardan iborat?
A) Do‘st – dushman. C) Besabr – matonatli.

B) Badavlat – kambag‘al. D) Achchiq – shirin



12. Qaysi gapda ega sifat bilan ifodalangan?
A) Mard maydonda bilinadi. C) Kollej 1- sentyabrga ochilishi kerak.

B) U menga hijolatnamo qaradi. D) Qarorim qat’iy.



13. Qaysi qatorda yordamchi so‘z ifodalangan ?
A) Men ertaga kinoga boraman.

B) Salim bilan telefon orqali gaplashdim.


C) Maktabga boramiz.

D) Keldik - ketamiz.



14. Qaysi qatordagi birikmalar faqat ot so’z turkumiga mansub?
A) Po‘lat sovut, oq olma. C) Kumush qoshiq, moviy osmon.

B) Temir odam, oq yo‘l. D) Kumush qish, temir iroda.



15. Juft so‘zlar qatorini aniqlang.
A) Apil-tapil, non-pon C) Achchiq-chuchuk, ota-ona.

B) Opa-singil, so‘m-po‘m. D) O‘qib-o’qib, yo‘l-po‘l.



16. Sifat qo’llanmagan qatorni toping.
A) Sho‘x, quvnoq, buyuk. C) Zim-ziyo, qop-qorong‘i.

B) Bilimli, chiroyli, eski. D) O’qish, ko’p



17. Qaysi qatorda olmoshdan yasalgan fe’l mavjud?
A) manmansiradi. C) boyidi.

B) shundaydir. D) ko‘paydi.



18. Kelasi zamon fe’li qatnashgan gap qatorini toping.
A) Qushlar to‘plandilar.

C) Bozorda mevalardan olma, anor, nok, shaftoli bor edi.

B) Dadamlarning o‘rtoqlri ko‘p.
D) 1 daqiqadan keyin “Axborot” boshlanadi.

19. Tuslangan fe’llar qatorini toping.

A) Keldim, kelding C) Kelguncha, kelgan

B) Kelgani, kelib D) Kelguncha, kelgani

20. Ot, sifat, son va boshqa so’zlar o’rnida qo’llanib, ularga ishora qiluvchi so’zlar turkumi…?

A) sifat C) ko’makchi

B) olmosh D) fe’l

21. Sonlar qanday ikki turga bo’linadi?

A) dona va tartib sonlar C) miqdor va tartib sonlar

B) dona va miqdor sonlar D) sanoq va taqsim sonlar

22. “q” va “k” undoshlari bilan tugagan otlarga egalik qo’shimchalari qo’shilganda, o’zgarish yuz bermaydigan so’zlar qatorini toping.

A) nuproq, terak C) farq, ishtirok

B) quloq, idrok D) huquq, ertak

23. Egalik qo'shimchasi qo'shilganda, "i" yoki "u" unli tushib qoladigan so'zlar qatorini toping.

A) o'g'il, quduq C) huquq, qorin

B) burun, mag'iz D) singil, topshiriq

24. Belgi deganda qanday ma’nolar tushuniladi? ­

A) rang-tus, maza-ta’m C) narsa-buyumlar

B) shakl-hajm, xil-xususiyat D) A, B

25. Sifat gapda qanday holda aniqlovchi vazifasini bajaradi?

A) otga bog'lansa C) fe’lga bog’lansa

B) gap oxirida kelsa D) A va B
III chorak

1. Bir bo’g’ini to’rt tovushdan iborat so’z berilgan qatorni toping.

A) to’rtlik C) aqlli

B) ikki D) ma’no

2. Kun sovuq, lekin bozor qaynaydi.-gapida ko’chma ma’noda kelgan so’z qaysi?

A) sovuq C) qaynaydi

B) kun D) sovuq, qaynaydi

3. “Respublika” so’zida urg’u nechinchi bo’g’inga tushgan?

A) 2 C) 4

B) 1 D) 3

4. Qator undoshli so’zlarni ajrating. 1. Hikmat 2. Maslahat 3. Baxt 4. G’isht

5. O’rtoq 6. Daraxt 7. Hujjat

A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 C) 1, 2, 7

B) 2, 3, 7 D) 3, 4, 6

5. Qaysi javobda tutuq belgisi unlini cho’zish uchun ishlatilgan?

A) e’lon C) qat’iy

B) jur’at D) qit’a

6. Qo’sh undoshlardan birini tushirilganda, yangi ma’no hosil bo’ladigan qatorni toping. 1. Ushshoq 2. Tilla 3. Do’ppi 4. Qattiq 5. Yalla 6. Malla 7. Yo’lla 8. Chinni

A) 1, 2, 4, 6, 8 C) 3, 4, 5, 7, 8

B) 1, 2, 3, 5, 6, 8 D) 1, 2, 4, 5, 7, 8

7. Tarkibida yonma-yon bir xil udoshlar kelgan so’zlar qanday so’zlar?

A) qator undoshlar C) qo’sh undosh

B) yopiq bo’g’in D) ochiq bo’g’in

8. Metall, gramm kabi so’zlarga qo’shimchalar qo’shilganda qanday hodisa kuzatiladi?

A) tovush tushishi C) tovush almashishi

B) to’vush ortishi D) hech qanday

9. S va H yonma-yon kelib, alohida tovushlarni ifodalaganda ular orasiga nima qo’yiladi?

A) hech nima C) vergul

B) tire D) tutuq belgisi

10. O’zbek tilida urg’u, asosan, qaysi bo’g’inga tushadi?

A) birinchi C) ochiq bo’g’inga

B) oxirgi D) yopiq bo’g’inga

11. Yozma nutqning harflar tizimini o’rganadigan tilshunoslik bo’limi qaysi?

A) fonetika C) grafika

B) orfografiya D) sintaksis

12. Nutq tovushlarining asosiy vazifasi nima?

A) so’zlovchiga ishora qilish C) o’zgaga ishora qilish

B) tinglovchiga ishora qilish D) so’zlarning ma’nolarini farqlash

13. Bo’g’iz tovushi qaysi?

A) q C) g

B) h D) k

14. Bir bo’ginli so’zlar berilgan qatorni toping.

A) ofat, yig’in C) tong, zang

B) soat, elak D) dala, taxt

15. Chuqur til orqa undosh tovushlari berilgan qatorni aniqlang.

A) ng, m, t C) x, g’, q

B) d, h, n D) k, g, ng

16. Til oldi undosh tovushlari berilgan qatorni aniqlang.

A) r, l, n C) v, f, ng

B) sh, b, x D) k, g, ng

17. Qaysi qatorda faqat jarangli tovushlarni ifodalaydigan harflar joylashgan?

A) b, v, g, d, j, z C) n, r, s, t, p, h

B) y, g’, l, m, k, x D) a, o, u, e, o’, i

18. Qaysi javobda faqat jarangsiz undosh tovushlani ifodalaydigan harflar joylashgan?

A) y, l, m, j, g, v C) sh, g, j, l, d, e

B) f, s, k, h, t, x D) a, o, u, e, o’, i

19. Qaysi qatordagi barcha so’zlarda ng bir tovushni ifodalamoqda?

A) tonggi, ko’ngil, tebrangan C) zang, ko’ndalang, ingramoq

B) tanga, jang, menga D) ko’ngil, senga, kongress

20. Qaysi so’zlani yozganda tutuq belgisi tushirib qoldirilsa, ma’no o’zgaradi?

A) ma’qul, ma’mur, ma’no C) a’lo, a’zo, ba’zi

B) sa’va, qal’a, sur’at D) ra’no, da’vo, ma’no

21. Barchasi jarangli undoshlar bilan tugagan so’zlar qatorini aniqlang.

A) omad, bob, gaz, barg C) g’azab, kamgap, abjad, ko’p

B) holat, daromad, payt D) kitob, qo’lqop, xat

22. Barchasi jarangsiz undoshi tovushlar bilan boshlangan so’zlar qatorini aniqlang.

A) qishloq, g’azal, toza C) dala, zavq, g’azal

B) karam, sodda, xalq D) kitob, gul, tong



23. Qaysi qatordagi barcha so‘zlarda qator undoshlar qo’llangan?
A) baland, past, sust. C) quyosh, yurt, yoshlik

B) poyabzal, albom, me’mor. D) qand, qashqa, kitob


24. “Axloq-odob saboqlari” birikmasidagi saboqlari so’zining nechanchi bo‘g‘iniga urg‘u tushadi?
A) birinchi. C) uchinchi.

B) ikkinchi. D) to‘rtinchi.


25. Qo’sh unli kelgan so‘zlar qatorini toping .

A) manfaat C) shariat

B) tabiat D) qanoat

IV chorak

1. Egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda o‘zagi o‘zgaradigan so‘zlar qatorini toping.


A) shahar, burun, qorin. C) soat, bola

B) tog‘, bog‘, peshtoq. D) kitob, zavod

2. Tildagi barcha so’zlarning qanday ma’nolarini bildirishini tanishtiruvchi lug’at qanday lug’at?

A) tarjima C) imlo

B) izohli D) fraziologik

3. Bir tildagi so’z ikkinchi tilda qanday so’zga teng kelishini ko’rsatuvchi lug’at qanday lug’at?

A) tarjima C) imlo

B) izohli D) fraziologik

4. So’zlarning qanday yozilishini ko’rsatuvchi lug’at qanday ataladi?

A) fraziologik C) imlo

B) tarjima D) izohli

5. Boshqa tillardan o’zbek tiliga kirib o’zlashib qolgan so’zlar qanday so’zlar?

A) sheva C) tarixiy

B) jargon D) olinma

6. Shevaga xos bo’lgan “inak ,uy” so’zlari kitobiy tilda nima?

A) sigir C) beshik

B) tom D) qalpoq

7. Atamalar qo’llanilishiga ko’ra qanday ikki turga bo’linadi?

A) ilmiy, kasbiy C) sheva va adabiy

B) tarixiy, arxaik D) to’g’ri javob yo’q

8. “Qora oltin ” tasviriy ifodasi qaysi so’zga teng?

A) paxta C) pilla

B) neft D) g’alla

9. Ma’nosi bir so’zga teng keladigan so’zlar birikmasi yoki gaplarga nima deyiladi?

A) She’va C) Ibora

B) Atama D) Olinma so’zlar

10. Juft holda qo’llanib yangi ma’no ifodalaydigan so’zlar berilgan qatorni toping?

A) yosh-u qari C) uzoq-yaqin

B) achchiq-chuchuk D) A, B, C

11. “Inoq” so’zining ma’nodoshini toping.

A) Dangasa C) Mehnatkash

B) Ahil D) Turg’un

12. Sado-sada so’zlari shakl va ma’no munosabatiga ko’ra qanday so’zlar?

A) ma’nodosh C) paronim

B) zid ma’noli D) shakldosh

13. Qaysi qatorda bir ma’noli so’zlar berilgan ?

A) o’n C) A va B

B) Toshkent D) etak

14. Qanday so’zlar atash ma’nosiga ega bo’ladi?

A) Tildagi barcha so’zlar C) Yordamchi so’zlar

B) Faqat mustaqil so’zlar D) A, B, C

15. “Bel bog’ladi” iborasi qanday ma’no anglatadi?

A) xursand bo’lmoq C) gapirmadi

B) bo’shashmoq D) boshlamoq

16. “Xonumon” so’zining ma’nosi?

A) uy-joy C) yor

B) ishxona D) to’g’ri javob yo’q

17. Karam, mushak, et, taxt – berilgan so’zlarning qaysi birida shakldoshlik munosabati mavjud?

A) karam, et, taxt C) mushak, et

B) mushak, et, taxt D) barchasida

18. Kallapo’sh, do’ppi, qalpoq, takya sinonim so’zlaridan qaysi biri adabiy me’yorga xos?

A) qalpoq C) do’ppi

B) takya D) barchasi shevaga xos so’zlar

19. Lug’atlarda so’zlar qanday tartibda joylashtiriladi?

A) o’zakka qarab C) qo’shimchalariga qarab

B) faollik darajasiga ko’ra D) alifbo tartibida

20. O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qaysi band bilan boshlanadi?

A) Vodiylarni yayov kezganda

B) Oltin bu vodiylar, jon O’zbekiston

C) Serquyosh hur o’lkam, elga baxt – najot

D) Olamni mahliyo aylagan diyor

21. Dalil-dadil so’zlari shakl va ma’no munosabatiga ko’ra qanday so’zlar hisoblanadi?

A) paronum so’zlar C) ma’nodosh so’zlar

B) shakldosh so’zlar D) zid ma’noli

22. “Tishini tishiga qo’yib” iborasi qanday ma’no anglatadi?

A) hayratlanmoq C) kuzatmoq

B) chidamoq D) afsuslanmoq

23. Olinma so’z qaysi qatorda berilgan?
A) Domla bilan men masala ishladik. C) Kombayn bilan bug‘doy o‘rdik.

B) Ukam uchun sotib oldim. D) Do‘stlar ila yetdik murodga.

24. “Handasa” qaysi fan?

A) algebra C) geometriya

B) geografiya D) tarix

25. Faqat ma’lum bir hududda ishlatiladigan so’zlar qanday so’zlar?

A) ibora C) eskirib qolgan so’zlar

B) shevaga xos so’zlar D) yangi so’zlar









Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling