"Ona tilim jonu dilim" mavzusida o’tkaziladigan tadbir senariysi
Download 9.31 Kb.
|
Ona tilim – jo-WPS Office
"Ona tilim – jonu dilim” mavzusida o’tkaziladigan tadbir senariysi "Ona tilim – jonu dilim” mavzusida o’tkaziladigan tadbir senariysi 1. Ona tilim, sen borsan , shaksiz, Bulbul kuyin she’rga solaman. Sen yo’qolgan kuning, shubhasiz, Men ham to’ti bo’lib qolaman. 2. "Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili-bu millatning ruhidir.Ona tilini yo’qotgan har qanday millat o’zligidan judo bo’lishi muqarrardir,”-degan edilar yurtboshimiz I.A. Karimov. 3 "Ko’ngil maxzaning qulfi til va ul maxzanning kalitin so’z bil”. A.Navoiy. 4. Har bir millatning dunyoda borligini ko’rsatadigan oynai hayoti til va adabiyotidir. A.Avloniy. 1.O’z Vataningga bo’lgan muhabbatingni o’z tilingga muhabbatingsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. K.Paustovskiy. 2. O’zbek tili so’zga boy, Sizga ayon hoyna-hoy. Bu tilda so’zlaganda, Yayrab ketadi tanda. G’aflatga botganlarni, Bo’lding deya havoyi Kechirmagay Navoiy. 4. Oqshomdan boshlangay , odatda, tonglar, Sukutdan uzilgay gulduros, bonglar. Boshing bukma sira, xokisor banda, Erta ruhing topgay oily ohanglar. 1. Yer yuzida tillar ko’p. Olimlarning hisob-kitobiga ko’ra ularning miqdori 3000 dan ortib ketadi. Masalan: rus, ingliz, nemis, arab,fors,koreys,o’zbek va boshqa tillar.Tillarning barchasi insonlar o’rtasidagi aloqa-aralashuvni ta’minlash vazifasini bajaradi. 2. Har bir millat o’z hayoti davomida aloqa - aralashuv quroli sifatida, asosan, bitta tildan foydalanadi. Farzandni tarbiyalab voyaga yetkazishda onaning o’rni beqiyos bo’lganligi,bola ilk tovushlarni, so’zlarni onasidan eshitganligi bois, bu tilga ona tili deyiladi. 3. Ota-bobolarimiz asrlar davomida ona tilimizni asrab-avaylab kelganlar. 1989-yilning 21-oktabr kuni o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. Shundan boshlab ta’lim-tarbiya ishlari, ish qog’ozlari, asosan, o’zbek tilida yuritiladigan bo’ldi. 4. Mustaqillik tufayli bu ish yanada jadallashdi. Milliy qadriyatlarimizni, tariximizni o’rganish uchun kehg yo’l ochildi. 1. Ona tilim-onajonim tili bu- Beshikdanoq singgan jon-u quloqqa, El-u yurtim, xonumonim tili bu, Qadimlikda o’xshar ona tuproqqa 2. O’zbek tili oltoy tillari oilasining turkiy turkumiga kiradi. A.Navoiy turkiy til va turkiy adabiyotning asoschisidir. U birinchi bo’lib, turkiy tilda ham ajoyib asarlar yaratish mumkinligini isbotlagan. 3. Shuning uchun ham bobomiz "Tilga ixtiyorsiz-elga e’tiborsiz”,-deb bejizga aytmaganlar. Axir, til millat ko’rki hisoblahadi. Mavzuga oid sahna ko’rinishi namoyish etiladi. 4.O’zbek tili dunyo tillari tizimida turkiy tillari oilasiga mansub bo’lib, O’zbekiston Respublikasining Davlat tili sifatida erkin rivojlanib, o’sib bormoqda. Biz o’z ona tilimiz bilan faxrlanamiz! Qo’shiq ijro qilinadi. 1. Buyuk Temur jahon bo’ylab, O’z dovrug’in solgan tilim. Mir Alisher bobomlardan, Meros bo’lib qolgan tilim. 2. Bobur Mirzo she’rlaridan, Rang va qiyos olgan tilim. Shunday tildan tonar bo’lsam, Qiyma-qiyma bo’lsin tilim. Alla bo’lib jaranglagan, Ona tilim-jon-u dilim. Tadbir qo’shiq bilan yakunlanadi. Sovg’alari topshiriladi. Download 9.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling