Ona vodiysida fan va texnologiya ilmiy konferensiyasi
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya to\'plami (2) part93
- Bu sahifa navigatsiya:
- , S.Z. Mirzayev 1 , M.S. Yusupov 1,2 va U.B. Xalilov 1,2
“FARG’ONA VODIYSIDA FAN VA TEXNOLOGIYA” ILMIY KONFERENSIYASI 278 KO‘P PROTSESSORLI KOMPYUTERLARDA IN SILICO EKSPERIMENTI SAMARADORLIGINI OSHIRISH I.A. Jo‘rayev 1,* , S.Z. Mirzayev 1 , M.S. Yusupov 1,2 va U.B. Xalilov 1,2 1 Ion-plazma va lazer texnalogiyalari instituti, O‘zR FA, 100125, Toshkent, O‘zbekiston 2 Аntverpen universiteti, 2610, Аntverpen, Belgiya *e-mail: islom1984jon@gmail.com So‘nggi yillarda kompyuter protsessorlarining ishlash salohiyatini oshirish maqsadida ulardagi ishchi chastotani kuchaytirish bilan bir qatorda yadrolar sonini ko‘paytirishga ham asosiy e’tibor qaratilmoqda. Xususan, serialli (bir yadroli protsessor bilan ishlovchi) dasturlar kam samarali bo‘lganligi tufayli ularning o‘rniga parallel ishlovchi dasturlar uchun mo‘ljallangan ko‘p yadroli protsessorlarga bo‘lgan e’tibor ortib bormoqda. Bu esa parallel hisoblash tizimlari (mas., parallel dasturlash tillari, parallel algoritmlar) bilan bog‘liq ko‘plab tadqiqotlar olib borilishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, fizik, kimyoviy va biologik jarayonlarni in silico eksperimenti yordamida modellashtirishda ko‘p yadroli protsessorlardan foydalanish hisoblash samaradorligining oshishiga olib kelmoqda va bu bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilmoqda. Ushbu ishda ko‘p yadroli kompyuterlarining ishlash samaradorligini oshirish maqsadida kompyuterda modellashtirish tadqiqotlari olib borildi. Xususan, Lammps dasturlash paketi [1] va ReaxFF [2] kuch maydonini qo‘llash orqali molekulyar dinamika (MD) metodi [3] yordamida atomlar soni 5827 tadan iborat bo‘lgan suv muhitidagi 2 ta Ni 55 O 55 klasterlarining 300 K haroratda 100 ps vaqt mobaynida agregatsiyalanish jarayoni tadqiq etildi. Bunda Intel Core i9-11900K protsessorli ko‘p yadroli kompyuterlarning ishlash samaradorligini tekshirish maqsadida 2, 4, 8 va 16 yadroli kompyuterlarning hisoblash tezligi aniqlandi (1-rasm). 1-rasm. MD metodi yordamida atomlar soni 5827 dan iborat bo‘lgan model tizimdagi fizik jarayonlarni tadqiq etishda ko‘p yadroli kompyuterlardan foydalanishdagi hisoblash tezligining yadrolar soniga bog‘liqlik grafigi. Natijalar shu ko‘rsatdiki kompyuter yadrolari sonining ortishi hisoblash tezligining ortishiga olib keldi. Bu esa simulyatsiya vaqtining qisqarishiga va u orqali kompyuterlar ishlash samaradorligining oshishiga olib keladi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling