Onalarning oyog`i ostidadir


Download 239.18 Kb.
Pdf просмотр
bet1/3
Sana24.05.2018
Hajmi239.18 Kb.
  1   2   3

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

2014 yil 

 

 

son 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 



 



Onalarning oyog`i ostidadir,  

Ravzai jannatu jinon bohi 

Ravza bog`in visolin istar esang, 

Bo`l onaning oyog`i tufrog`i. 

 

  

               A. Navoiy. 

 

 

 

Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi, bahorni ularga. Go`zallik, nafosat, yangilanish, hayot 

davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uyg`unlashib ketadi. 8-mart Xotin-qizlar bayrami go`zal va 

betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi.  

Ayol  azaldan  mehr-shafqat  va  sadoqat  timsoli  bo`lib  kelgan.  Ayol  deganda  ko`z  o`ngimizda 

avvalo,  ulug`  va  tabarruk  ona  siymosi  gavdalanadi.  Inson  zoti  borki,  olamdagi  barcha  yaxshilik  va 

ezguliklarni, hayot siru-asrorlari va saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli o`rganadi. 

Ayol  borki,  olam  munavvar,  ayol  borki,  hayot  go`zal  va  maftunkor.  Inson,  oila,  ayol 

tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bo`lmaydi. 

Oilani  ham,  jamiyatimizni  ham  birlashtirib,  unga  fayzu  barokot  kiritadigan  xonadonlarimizni 

mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo`'tabar onalarimiz, 

munis opa-singillarimizdir. 

Chindan  ham,  ayolllarimizning  oilada  tutgan  o`rni  beqiyos.  Oqila,  go`zal  ayollar  o`zlarining 

g`amxo`rligi,  mehribonligi,  qalbi  daryoligi  bilan  oiladagi,  qolaversa,  butun  jamiyatdagi  muvozanatni, 

poklik,  halollik,  samimiyat  va  adolat  muhitini  saqlab  turadilar.  Ulug`  donishmandlar  Vatanga  eng 

munosib  ta'rif izlaganda, uni Ona siymosiga qiyos etganlarida katta ma'no bor. Dunyoda "muqaddas" 

degan so`zga eng munosib zot ham - Onadir. 

Onani e'zozlash - bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga ko`tarilgan fazilat. 

Chunki ayollarni qancha ulug`lasak, hayotimizning chirog`i, umrimizning guli deb e'zozlasak, demakki, 

oilamizni, Vatanimizni e'zozlagan bo`lamiz. 

  O`zbekiston xalq shoiri, O`zbekiston qahramoni A.Oripov aytganidek: 

                                              Bu yorug` olamda Vatan bittadir

                                              Bittadir dunyoda Ona degan nom! 

Sharqda ayolni farishtaga qiyos qilishadi. Chunki farishtalar Alloh taolo yaratgan eng pok, eng 

begunoh  zotlardir.  Xalqimizning  buyuk  tarixida  o`zining  jasorat  va  matonati,  aql-zakovati,  nafosat  va 

nazokati  bilan  o`chmas  nom  qoldirgan.  To`maris,  Bibixonim,  Gulbadanbegim,  Zebuniso,  Nodira, 

Uvaysiy, Anbar Otin, va boshqa yuzlab ayollarimizni hamisha ehtirom bilan tilga olamiz. 

Ulug`  momolarimizga  xos  bo`lgan  olijanob  fazilatlar  bugun  ham  muhtaram  ayollarimiz 

siymosida  davom  etib  kelmoqda.   Ayollarga  bo`lgan  cheksiz  hurmat-ehtiromimizning  Yana  bir  sababi 

shundaki, ayol avvalo har bir insonning beshigini tebratadigan, oq suti bilan uning  yuragiga odamiylik 

fazilatlarini  singdiradigan,  uni  hayot  bo`ronlaridan  asrab-avaylaydigan  fidoiy  insondir.   Hadislarda 

"Ayollarni ulug` odamlar hurmat qiladi. Ularni faqat pastkash odam xo`rlaydi" deb bejizga aytilmagan. 

Ayollarni izzat-ikrom qilish ota-bobolarimizdan qolgan muqaddas udumdir. 

Dunyoda har qanday kuch onaning mehru-muhabbatidan zaifrohdir. Uning farzandiga bo`lgan 

mehri  naqadar  beg`ubor.  Onaning  mehri  quyoshdek  issiq,  beminnat  va  musaffodir.  Uning  farzandlari 

uchun  qilgan  xizmatlarini  hech  narsa  bilan  tenglashtirib  bo`lmaydi.  Ona  o`z  farzandiga  hayot  va 

insoniylik  fazilatlarini  baxsh  euvchi  chashmadir.  Farzand  esa  xuddi  shu  chashmadan  go`zallikni, 

ezgulikni, olijanoblik va komillikni o`ziga singdirib oladi. 

Biz  ham  maktab  internatimizda  faoliyatb  ko`rsatayotgan  barcha  ayollarni,  o`quvchi  qizlarni 

Umid jurnali muharririyati nomidan bayram bilan muborakbod etamiz.  

Jurnal tahririyati 

 

 

 

 

 

 



 

 

 



  

A. Sh. Xonsaidov 

Xorijiy tillar uslubiy 

 birlashmasi rahbari

 

 

 

 

 



 

 

 



    O`zbekiston      Respublikasi  Prezidentining  2012  yil  10  dekabrdagi    “Chet 

tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi 

PQ-1875  qarori  ingliz  tili  o`qituvchilarining  kuchiga-kuch,  g`ayratiga  g`ayrat 

qo`shgani  sir  emas.    Har  bir  o`qituvchi  yosh  avlodga  zamonaviy  pedagogik 

texnologiyalar  asosida  ta’lim  berar  ekan,  o`qitishning  ta’limiy,  amaliy, 

rivojlantiruvchi maqsadlarini to`laqonli amalga oshirishi lozim. 

 

Ta’limiy maqsad 

 Ta’limiy maqsad ingliz tilini o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarning tafakkurini mantiqiy o‘stirish va shu tilni 

o‘zlashtirish  orqali    ona  tilidan  egallagan  bilimlarini  rivojlantirish  tushuniladi.  Ona  tili  va  ingliz  tili  o‘rtasidagi 

o‘xshashlik  hamda  farqlarni  bilib  olish  o‘quvchilarning  bilim  saviyalarini  yanada  oshiradi.  Ta’limiy  maqsadning 

vazifasi  o‘quvchilarning  bilim  olishiga  yordam  berishi,  ularda  mustaqil  faoliyat  ko‘nikmalarini  rivojlantirishi, 

o‘zlashtirilgan bilimlarni kundalik turmush amaliyoti bilan bog‘lashi va ularni mustahkamlashi,  boshqa fanlar bilan 

uyg‘unlashtirishdan iborat. Ta’limiy maqsad quyidagilarni o‘z ichiga oladi. 

 



Ingliz  tilini  o‘rganish  jarayonida  fanlararo  bog‘lanish  orqali  mamlakatimiz  va  tili  o‘rganiladigan 

mamlakatning  geografiyasi,  tarixi,  adabiyoti,  san’ati,  fan  va  madaniyati  bilan  tanishtirish,  milliy  o‘zligi  va  milliy 

madaniyatlar yerishgan yutuqlarini chuqur anglash, umuminsoniy madaniyat rivojini anglab yetish.  

 



O‘quvchilarda mamlakatimiz va tili o‘rganiladigan mamlakatning geografiyasi, iqlimi, o‘zlarini o‘rab turgan 

atrof-muhit haqidagi ma’lumot bera olish ko‘nikmalarini shakllantirish. 

 

Ona  tili  va  boshqa  fanlar  bo‘yicha  egallangan  bilimlar  hamda  qo‘shimcha  manbaalar  asosida  mavzular 



bo‘yicha ingliz tilida mustaqil ravishda qiyosiy ma’lumot bera olish malakalarini rivojlantirish.  

 



O‘kuvchilarni filologik va umumiy dunyoqarashini, mantiqiy hamda tanqidiy fikrlarini rivojlantirish.  

Amaliy maqsad 

Amaliy  maqsad  tarbiyaviy,  ta’limiy  va  rivojlantiruvchi  maqsadlarni  shakllantirish  orqali  amalga  oshiriladi. 

Ingliz  tilini  amaliy  egallash,  o‘zgalarning  ingliz  tilidagi  og‘zaki  va  yozma  nutqlarini  ushbu  dasturda  qayd  etilgan 

talablar doirasida tushunishdan iborat bo‘lib, quyidagi maqsadlarni o‘z ichiga oladi. 

 

Mavzu  bo‘yicha  o‘z  fikrini  ingliz  tilida  bayon  etish    malaka  va  ko‘nikmalarni  shakllantirish  hamda  ularni 



rivojlantirish. 

 



Kishilar  orasidagi  bevosita  muloqot  malakalarini  o‘qish,  tinglab  tushunish  jarayonida  olgan  bilimlari  orqali 

amaliy jihatdan qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish.  

 

Tilni  amaliy  bilish  nutq  faoliyati  qo‘nikmalari,  shuningdek,    gapirish  hamda  yozuv  orqali  egallagan  bilim, 



ko‘nikma, malakalarini mustahkamlash va takomillashtirish. 

 



Nutqning to‘rt faoliyati talablari asosini mavzu bo‘yicha o‘z fikrini mustaqil ravishda amaliy jihatdan qo‘llay 

olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirish. 



Rivojlantiruvchi maqsad 

O‘quvchini  har    tomonlama  yetuk  shaxs  bo‘lib  yetishishini,  ya’ni  uning  dunyoqarashini,  estetik  didini,  mustaqil 

fikrlashini,  xotirasini,  aqliy    mehnat    qilish    madaniyatini,  kishilar  bilan  qiladigan  muloqot  madaniyatini,  mustaqil 

bilim olish malaka va ko‘nikmalarini vujudga keltirishni ko‘zda tutadi va quyidagi maqsadlar amalga oshiriladi; 

 

O‘quvchi shaxsining aqliy, hissiy va motivatsion (ichki turtki) xususiyatlarini rivojlantirish. 



 

O‘quvchilarda  dars  jarayonida  va  darsdan  tashqari  vaqtlarda  mustaqil  o‘qib  o‘rganish  ko‘nikmalarini 



shakllantirish. 

 



O‘quvchilarda  mustaqil  o‘rgangan  manbalar  va  materiallar  asosida  shaxsiy                fikrlarini  bayon  qilish 

sifatlarini rivojlantirish. 

 

Muloqotning  yangi  holatlarida  til  bo‘yicha  egallagan  ko‘nikma  va  malakalarini  tahlil  qilish,  bir  tizimga 



solish, taqqoslash, umumlashtirish va ijodkorona qo‘llashni rivojlantirish. 

 



O‘quvchilarning  til  va  kommunikativ  muloqot bo‘yicha  hozirjavobligini,  mustaqil fikrlay  olish qobiliyatini 

shakllantirish hamda rivojlantirish. 

 

Ingliz tili sohasida egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari asosida keyinchalik ish faoliyatida o‘z bilimini 



oshirishda  mustaqil qo‘llash malakalarini rivojlantirish. 

 

Ingliz tilini o‘qitishning amaliy, ta’limiy, tarbiyaviy  va rivojlantiruvchi maqsadlari nafaqat dars jarayonida, 



balki darsdan tashqarida olib boriladigan ish (og‘zaki nutqni o‘rgatish, qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qish, turli o‘yinlar 

o‘ynash, olimpiada va musobaqalarda qatnashish) larda ham o‘z ifodasini topadi.   

Yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi uchta vazifani belgilash maqsadga muvofiqdir: 

-

 



til o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lgan  vazifalar; 

-

 



til o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan  vazifalar; 

-

 



o‘quvchilarning egallagan malaka va ko‘nikmalarini nazorat qilish  bilan bog‘liq bo‘lgan  vazifalar. 

Amaliy  maqsadning  mohiyati  ingliz  tilini  muloqot  vositasi  sifatida  foydalanishni  o‘rgatishdan  iborat  bo‘lib,  u  nutq 

faoliyatining  o‘qish,  tinglab  tushunish,  gapirish  va  yozuv  kabi  turlariga  xos  bo‘lgan    ko‘nikmalarni  rivojlantirish  va 

takomillashtirishni taqozo  etadi. 



 

  



 

  

Po`latov G`aybullo 

Xalq ta`limi a`lochisi 

Tabiiy fanlar uslubiy 

 birlashmasi rahbari 

 

Hozirgi paytda zamonaviy pedtexnologiya usullarini o`quv jarayoniga joriy qilishga katta ahamiyat berilib 

kelinmoqda,  chunki  o`quvchilarga  o`quv  maqsadini  shakllantirishda  muammoli  savollar  qo`yish  va  uni 

o`qituvchi  yordamida  birgalikda  ijro  etish  u  yoki  bu  fanni  puxta  urganishga  yaxshi  asos  bo`lishi  allaqachonlar 

ijobiy  natijalar  bergan.  Ayniqsa  bu  jarayon  biologiya  fanini  o`qitishda  o`qituvchidan  katta  mashuliyat  talab 

qiladi.  Tahlim  tizimida  mantiqiy,  ilmiy,  ijodiy  fikr  yuritishni,  qo`yilgan  muammoni  yechish  jarayonida  sinf 

o`quvchilarini  jalb  qila  bilish  pedagogik  mahoratni  talab  qiladi.  SHu  o`rinda  tahlim  jarayonida  samaradorlikga 

erishish  uchun,  qolaversa  o`tilayotgan  mavzuning  qiziqarliroq  qilib  o`zlashtirilishida  biologiyadan  masalalar 

yechishning ham ahamiyati katta.  

Darsda  masalalar  yechish  jarayonida  o`quvchi  mavzu  mazmuniga  chuqurroq  kiradi,  mavzu  va  masalada 

berilgan  topshiriq  yuzasidan  mulohaza  yuritadi.  Mahlumki  har  qanday  yangi  mavzuda  yangi  qonuniyatlar, 

atamalar,  muhim  tushunchalar,  xotirada  qoldirilishi  zarur  raqamli  mahlumotlar  bo`ladi.  Masala  yechish 

jarayonida  esa  bularga  takror  va  takror  murojaat  qilinadi.  Natijada  bu  tushunchalar  o`z-o`zidan  o`quvchi 

xotirasida  muhrlanib  qoladi.  Eng  muhimi  bu  jarayon  qiziqarli  o`tadi.  Tahlim  qiziqarli  bo`lgandagina,  uning 

samarasi yuqori bo`ladi. Quyida ayrim masalalar va ularning javoblarini tavsiya qilamiz. 

 

Masala:  Inson  bir  daqiqada  16  marta  nafas  oladi.    Bir    soatda    necha  marta  nafas  oladi?    bir  sutka 

davomida-chi?  

 

Tabiiyki, o`quvchi  masalani ishlash jarayonida 16 raqamiga takror va takror murojaat qiladi. Bu harakat 



16  raqamini  uning  xotirasida  uzoq  vaqt  saqlanishiga  sabab  bo`ladi.  CHunki  mulohaza,  shu  raqam  atrofida 

bo`ladi. Tahlim  jarayonida  mulohaza  yuritish,  mavzu  doirasida  hayolan  fikrlash,  tahlil  qilish,  hulosa  chiqarish, 

qaror qabul qilish o`quvchida o`ziga ishonch hissini shakllantiradi. Quyida tanishish va mulohaza yuritish uchun 

masalalar tavsiya etiladi:   



1-masala: Ko`k kaptar tinch turganda bir daqiqada 26 marta, uchganda esa 400 marta   nafas oladi. Nafas 

olishdagi bunday farqni qanday tushunish mumkin? 



Yechish: Uchayotgan ko`k kaptarda moddalar almashinuvi bir necha marta tezlashadi, buni uning yurak 

urishining ham bir necha baravar oshganligidan sezish mumkin.   



2-masala: Yomg`ir chuvalchangi bir yilda 250 tonna tuproqni qayta ishlaydi. Bir kunda, bir oyda qancha 

tuproqni qayta ishlashi mumkin. 

 Yechish:  

1 kunda – x  

69

,

0



30

1

8



,

20





х

 tonna      

12 oyda – 250 tonna 

 1 oyda – x 

8

,



20

12

1



250





х

 tonna 


3-masala.  Golland  olimi  2  kg  li  tol  ko`chatini  80  kg  tuproq  solingan  bochkaga  o`tqazib  besh  yil 

mobaynida yomg`ir suvi yoki distillangan suv bilan sug`organ. Besh yil o`tgach tol 60  kg ga yetib, bochkadagi 

tuproq  esa  79,  943  kg  bo`lib  qoldi.  Binobarin  5  yil    mobaynida  tol  og`irligi  58  kg  ortgach,  bochkadagi  tuproq 

og`irligi  esa  atigi  57  g  kamaydi.  Qayd  qilingan  tajribadagi  o`simlikning  bo`yiga  o`sishi,  og`irligining  ortishi 

nima hisobiga yuz bergan? 

Yechish:  O`simlikning  bo`yiga  o`sishi,  og`irligining  ortishi  uning  yashil  qismlarida  bo`ladigan  jarayon: 

fotosintez-organik moddalarning hosil bo`lishi bilan bog`liq. 



 

 

 

 



 



 

M.N. Boyxonova 

Ijtimoiy fanlar uslubiy 

birlashmasi rahbari

 

 



 

 

Agar atrofdagi olamga diqqat bilan nazar solsangiz, o`zingiz, kelgusi hayotingiz uchun 



iborat  bo`ladigan  ko`p  narsalarga  guvoh  bo`lasiz.  Oyog`ingiz  ostiga  qarang  –  yuzlab, 

minglab  chumolilar  tinim  bilmay  mehnat  qilayotgani  –  uyasiga  zarur  narsalarni 

tashiyotganini  ko`rasiz.  Biri  qiynalsa,  ikkinchisi,  uchinchisi  yordamga  kelayapti, 

birortasi chetga  chiqib, “qo`l  qovushtirib”  turgani  yo`q. Ular uchun  yer  ostidagi  mana 

shu  kichkinagina  joy  vatan  hisobiga  o`tadi.  Shu  yerda  tinch,  osoyishta,  xotirjam 

yashamoq  niyati  ularni  oyoqqa  qalqtirgan,  mittigina  yuraklariga  shijoat,  qildek  oyoq-qo`llariga  g`ayrat  baxsh 

etgan.  Holbuki  bular  –  biz  “ongsiz”,  “aqlsiz”  sanaganimiz  qumursqalar,  xolos.  Holbuki,  Siz  bilan  biz  INSON 

degan nomni ardoqlamog`imiz lozim. 

Bu o`rinda hazrat Navoiyga murojaat etamiz. Ul zot jamiki inson bolalariga xitob qilmoqdalar: 

Tuxum yerga kirib chechak bo`ldi, 

Qurt jondin kechib ipak bo`ldi. 

Lola tuxmicha g`ayrating yo`qmu, 

Pilla qurticha himmating yo`qmu? 

Aksincha,  mehnatni  sevmaydigan  inson  borki,  demak,  u  o`zini  ham  sevmaydi.  Bunday  kishilarning 

dangasaligi, ishqoymasligi oxir-oqibat beuquv va beburd bo`lib qolishiga sabab bo`ladi. Ayni shunday odamlar 

qorin to`yg`azish, kunni bir amallab o`tkazish ilinjida har qanday jinoyatga, tubanlikka qo`l uradilar. Yalqovlik 

inson  hayotining,  kelajagining  zavoli,  kambag`allikka  eltuvchi  asosiy  yo`ldir.  Go`zal  va  boy  hayot  kechirmoq 

uchun  esa  bor  kuch-imkoniyatni  ishga  solmoq,  hunar  o`rganmoq,  g`ayrat-shijoat  bilan  mehnat  qilmoq  zarur. 

Zero, baxt, boylik, obro`-e’tibor, xotirjamlik o`z-o`zidan kelmaydi. Hayotdagi jamiki  ro`shnoliklarga inson faqat 

o`z aql-u zakovati, mehnati tufayli erishadi. Oilaning moddiy va ma’naviy ahvoli ham mehnat tufayli yuksaladi. 

Oila  a’zolarining  mavqeyi,  mahalla-ko`ydagi  obro`si,  ularga  nisbatan  o`zgalar  munosabati  ham  qilingan 

mehnatning  natijalari  asosiga  quriladi.  Bir  kun  kelib  inson  olamdan  o`tgach,  uning  mehnati,  foydali  ishlari 

yaxshi  so`zlar  bilan  esga  olinadi.  Ota-onaning  oilada  farzandlariga  o`rgatgan  mehnat  saboqlari,  kasb-kori 

avlodlari uchun bebaho boylik bo`lib qoladi. 

 

 

 

Tursunova Humora  

8 A sinf o`quvchisi 



       Zulfiya-sadoqat timsoli. 

 

Nafaqat,  o`z  she`rlari,  balki  butun  hayoti  bilan  o`zbek  ayolining  ma`naviy 

qiyofasini  namoyon  etgan  atokdi  shoiramiz  Zulfiyaxonimni  ham  men  ana  shunday 

fidoyi  insonlar  qatoriga  qo`shgan  bo`lardim.  Uning  jahon  minbarlaridan  yangragan 

she`rlari  Sharq  ayolining  aqlu  zakosi,  fazlu  kamolining  yorqin  ifodasi  sifatida 

millionlab  she`riyat  muxlislariga  odamiylik,  muhabbat  va  sadoqatdan  saboq  bergan, 

desak,  mubolag`a  bo`lmaydi.  Shoira  Zulfiyaning  sadoqatga  to`la  hayoti,  nurga 

yo`g`rilgan ijodini xalqimiz juda qadrlaydi. Shu sabab Zulfiya tavallud topgan 1 mart 

yurtimizda har yili o`ziga xos she`riyat bayramiga aylanib ketadi.    

(I.Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch) 

 

O’zbek  xalqining  sevimli  shoirasi,  taniqli 



jamoat  arbobi,  xalqaro  tinchlik  uchun  kurash 

jarchisi  Zulfiya  Isroilova  1915  yili  Toshkentda 

hunarmand  oilasida  tug‘ilgan.  Shoira  xotin-qizlar 

bilim  yurtida  o‘qigan  vaqtlarida  (1931-1934) 

adabiy  to‘garaklarda  she’r  mashq  qila  boshladi. 

1935-1938 

yillarda 

O’zbekiston 

Fanlar 

akademiyasining  A.S.Pushkin  nomidagi  Til  va 



adabiyot  instituti  aspiranturasida  tahsil  oldi. 

So‘ngra  1938-1948  yillarda  Bolalar  nashriyotida 

muharrir,  O’zbekiston  Davlat  nashriyotida  bo‘lim 

boshlig’i,  1950-1953  yillarda  esa  «O’zbekiston 

xotin-qizlari”  oynomasida  bo‘lim  boshlig‘i  va 

nihoyat, 

1953-1980 

yillarda 

«Saodat» 

oynomasining bosh muharriri bo‘lib ishladi. Zulfiya 

17 yoshida yozgan «Hayot varaqlari» (1932) nomli 

birinchi  she’rlar  to‘plami  bilan  Oydin,  Muzayyana 

Alaviya,  Xosiyatxon  Tillaxonovalar  safiga  kirib 

keldi.  Yosh  shoira  poeziyasi  zamonaviy,  aktual 

mavzularga bag`ishlanadi.  

Zulfiyaning  ijodiy  kamolotida  o‘zbek 

klassiklari, xalq og’zaki ijodiyoti va jahon adabiyoti 

an’analarining  roli  benihoya  bo‘ldi.  Shoira 

«She’rlar» va «Qizlar qo‘shig’i» (1938) kabi poetik 

asarlarini ona-Vatan va   uning  dala,  cho‘llarida 

mehnat qilayotgan paxtakorlar,  mexanik, traktorchi 

qizlarning  qaynoq  hayotlariga  bag‘ishlaydi.  Ayni 

choqda  mazkur  to‘plamlardagi  she’rlar  yosh 


 

shoiraning  she’riy  mahorat  sirlarini  egallayotgan 



davrini  xarakterlovchi  asarlar  sifatida  ham  muhim 

edi. 


Hozirjavob  shoiraning  urushdan  so‘nggi 

yillarida  yozilgan  «Chorjo‘y—Qo‘ngirot»  (1947), 

«Dalada  bir  kun»  (1948),  «Zootexnik  qiz»  (1952), 

«Tong  qo‘shig’i»  (1953)  kabi  bir  qator  she’rlar 

turkumi,  «Men  tongni  kuylayman»,  «Yuragimga 

yaqin  kishilar»  (1958),  «Kuylarim  sizga»  (1965), 

«Salom,  sizga  erkparvar  ellar»,  «O’g‘lim,  sira 

bo‘lmaydi urush» kabi she’r va to‘plamlarida Vatan 

madhi, mehnat jarayonida fidokorlik ko‘rsatayotgan 

kishilar hayoti jo‘shib kuylanadi, xunrez urushlarga 

la’natlar o‘qiladi. 

Uning  «So‘roqlaydi  shoirni  she’rim» 

(1960),  «Oydin» (1953), «Quyoshli qalam» (1967) 

kabi  ocherk,  poema  va  dostonlari  H.  Hakimzoda, 

Oybek,  Oydin,  Hamid  Olimjon  kabi  ustodlarning 

yorqin  xotiralariga  bag’ishlangan.  Serqirra  ijod 

egasi  Zulfiya  H.Olimjonning  «Semurg‘»,  «Zaynab 

va  Omon»  dostonlari  asosida  pyesa  va  opera 

librettolar ham yaratdi. 

Zulfiya 


«O’ylar», 

«Shalola» 

kabi 

she’riy 


majmualari  uchun  Hamza  nomidagi  Respublika 

Davlat 


mukofoti  sovrindori  bo‘lgan, 

hind 


mavzuidagi  she’rlari  uchun  Javoharlal  Neru 

nomidagi  umumhindiston  sovrini,  Tinchlik  va 

do‘stlikni  tarannum  etuvchi  asarlari  hamda 

taraqqiyparvar  Osiyo  va  Afrika  yozuvchilari 

harakatidagi  faol  ishtiroki  uchun  xalqaro  «Nilufar» 

mukofotlariga sazovor bo‘lgan. 

Uning  she’rlari  rus,  ingliz,  nemis,  hind, 

bolgar,  xitoy,  arab,  fors  va  boshqa  tillarga  tarjima 

qilingan. 

Shoira 


Nekrasov, 

Lermontov, 

S. 

Shchepachev,  V.  Inber,  Lesya  Ukrainka,  Edi 



Ognesvet,  M.Dilboziy,  Amrita  Pritam  asarlarini 

o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qildi. 

O'zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova 

1996-yil 1-avgustda vafot etdi. 

 

 

 





Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling