Onalik urug`chilik jamoasining paydo bo`lishi


Download 15.93 Kb.
Sana23.08.2023
Hajmi15.93 Kb.
#1669633
Bog'liq
Onalik urug`chilik jamoasining paydo bo`lishi


Onalik urug`chilik jamoasining paydo bo`lishi
Reja:

  1. Ilk ibtidoiy jamoa haqida umumiy tushuncha.

  2. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlana borishi

Ishlab chiqarish kuchlari o‘sa bordi. Kuchlarning rivojlana borishi natijasida ijtimoiy hayotda ham katta o‘zgarishlar sodir bo‘laboshladi. Bu o‘zgarishlar ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi ishlabchiqarish kuchlarining rivojlanishida xususan mehnat qurollarining takomilashuvida ko‘zga tashlanadi. Qadimgi paleolit davrida qurollarning xili juda oz bo‘lib, ular juda ham sodda ishlangan edi. Lekin qadimgi paleolitning oxiri va so‘ngi tosh asrning boshlariga kelganda manzara butunlay o‘zgarib, toshdan tarashlag‘ich, qirg‘ich teshgich va nayza uchlari, yer kavlag‘ich qurollari vujudga keldi. Undan tashqari suyakdan va yog‘ochdan bigiz, igna, so‘yil, nayza uchlari va boshqa murakkabroq, asboblar uchun moslamalar yasashga erishildi. Baliq ovlashning rivojlanishi munosabati bilan teskari tipli garnun kashf qilinishi ham ana shu davri mansubdir. Mehnat va oz qurollarning mukammalashuvi oqibatida ovchilik xo‘jaligi va termachilik ham rivojlana bordi.


Bu xol jamiyatda chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Tirikchilik xayot-mamot uchun bo‘lgan kurash, xo‘jalikni uluksiz taminlay oladigan doimiy va birlashgan ishlab chiqarish uyushmasini zarur ekanligini taqazo etdi va uni vujudga keltirdi. Bunday birlashgan uyushmani ibtidoiy kishilarning tasodifiy, yig‘indisi vujudga keltira olmas edi.
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanaborishi oqibatida matriarxatdan patriarxatga o‘tish sodir bo‘ladiki, endilikda erkaklar ishlabchiqarishda asosiy rol o‘ynayboshladilar. Bu o‘tish avvalo xo‘jalikning yuksalishida motiga asosdagi dexqonchilikdan omoch asosidagi dexqonchilikka o‘tishda uy xayvonlarini urchitib ko‘paytirib boqishdan chorvachilikka o‘tishda namoyon bo‘ldi. Natijada erkaklar xo‘jalikda yetakchi o‘rniga chiqib oldilar, ayollar esa uy xo‘jaligi ishlari bilan shug‘ulllanib ikkinchi uringa tushib qoldilar. Endilikda urug‘ ota urug‘i nomi oldi. Lekin yer yuzining turli yerlarida ona urug‘i va ota urug‘i tartibda xayot kechirayotgan etnik gruppalar, qabilalar va xalqlar xamon mavjud. Ammo ota urug‘i tarkibidagi qabila elat va xalqlar asosiy ko‘pchilikni tashkil qiladi. Mazkur ijtimoiy tashkilot-qo-qarindosh iborat xujalik tashkiloti bo‘lib, unda birgalikda ishlabchiqarish mavjuddir Ishlab chiqarish vositaplari va iste’mol mahsulotlari va urug‘ a’zolari uchun umumiy bo‘lgan. Urug‘ va urug‘chilik tuzumi ibtidoiy to‘daga nisbatan olg‘a tashlangan katta qadam bo‘lib, yuqori paleolitda aql idrokli kishilar kroman’onlik-graman’diliklarda xozirgi jismoniy tipdagi kishilar vujudga kelgan vaqtda paydo bo‘lgan va asta sekin rivojlana borgan. Urug‘ va urug‘chilik ibtidoiy tashkilotning bundan keyingi rivojlanishga juda katta ta’sir etganligi shak-shubhasizdir.
Download 15.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling