Onamning kuni. Mashg‘ulot ishlanma


Download 14.54 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi14.54 Kb.
#1306677
Bog'liq
Nutq va til markazi


Onamning kuni.
Mashg‘ulot ishlanma.

Ta’limiy maqsad: bolalarga ona mehri, onalar bayrami haqida tushuncha berish, mavzuga mos bo‘lgan materiallarni idrok qilishga o‘rgatish;


Rivojlantiruvchi: bolalarning og‘zaki nutqini rivojlantirish, lug‘at boyligini oshirish.
Tarbiyaviy: vatanga, tabiatga, onaga va oila a'zolariga mehr~muhabbat hissini uyg‘otish.
Tarbiyachi~Assalomu~alaykum, bolajonlar, bugungi o‘yin mashg‘ulotimiz''Onamning kuni''deb nomlanadi. Onalarimiz bizga qadimdanaytib kelayotgan bir qo‘shiq bor, uning nomi''Alla''. Keling, hozir ana shu allani audio yozuv shaklida eshitib olamizda, keyin suhbarimizni davom ettiramiz.
(alla qo‘shig‘i)
T~Bu ko‘hna qo‘shiq sizlarga onangizning mehrli nigohlarini eslatgan bo‘lsa ajabmas. Sizlarga hozir bu qo‘shiq haqida bir rivoyat aytib bermoqchiman. Rivoyat qilishlaricha, Odam Ato bilan Momo Havo egizak farzand ko‘rishibdi. Quvonchdan boshi ko‘kka yetgan Odam Ato ov qilgani ketibdi. Hammayoq jim~jit, yer yuzida bu ikki chaqaloqdan boshqa hech kimning ovozi eshitilmas, ular betoqat bo‘lib yig‘lashar edi. Momo Havo nima qilishini bilmay turganida uning qalbiga shunday so‘zlar kelibdi.

Alla, bolam, baxtiyor,


Har ishning ham vaqti bor.
Otang ketgan shikorga,
Unga qurquv qilmas kor.
Alla~yo,alla.

Shundan beri onajonlarimiz alla aytib,bolajonlariga mehr beradi.Qani,kim onajonlari haqida she'r ayta oladi?


Bolalarning she'rlari eshitiladi.
T-Bolajonlar,mana bu stol ustiga qo‘yilgan raqamlarni ketma~ket joylashtirganimizda,onajonlarimiz uchun ajoyib sovg‘a hosil bo‘ladi.Qani raqamlarni birlashtiramiz va hosil bo‘lgan sonni ko‘ramiz.
(bolalar avvaldan tayyorlab qo‘yilgan raqamli kartochkalarni birlashtirishadi.)
T-Bolajonlar,nimaning rasmi hosil bo‘ldi?
B-Har-xil rangli guldastalar.
T-Barakalla bolajonlar,demak,onajonlarimizga eng yaxshi sovg‘a bu-guldastalar!Har biringiz san'at va ilm-fan markaziga o‘tib,u yerda o‘z qo‘lingiz bilan gullar yasaysiz va uni onangizga sovg‘ sifatida uyga olib ketasizlar.

Xasanova Nilufar.


Manba:


''Tarbiyachi kitobi''
Download 14.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling