Ongsizlik haqida tushuncha 02 03 Оng usti jarayonlari 04
Download 1.13 Mb.
|
Shakorova sevinch4 22
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ongning psixologik xossalari
Guliston Davlat Pedagogika instituti 4-22 guruh talabasi Shakorova Sevinch Psixalogiya fanidan taqdimoti Mavzu: Ong haqida tushuncha uning xossalari Rejja: . Ongning psixologik xossalari 01 . Ongsizlik haqida tushuncha 02 03 Оng usti jarayonlari 04 . Ongli harakatlarning anglanmagan qo’zg’atuvchilari Ongning psixologik xossalariOngning psixologik xossalariVoqeiy hodisalar ong orqali intentsional ( lot.dan intentio – intilish) – har taraflama tanlagan holda inson amaliyotida tutgan o’rniga bog’liq ravishda aks ettiriladi. Ong tafakkurga nisbatan kengroqdir U o’zida psixik faoliyatning barcha shakllari: olamni hissiy aks ettirish, ilmiy bilish, psixik o’zini boshqarishning hissiy-iroda sohasining jamlangan, tashqi olamning birlashtirilgan, yaxlitlangan aksidir SHunday qilib, ong – psixik taraqqiyotning yuksak darajasi bo’lib, ob’ektiv reallikka nisbatan faqat insonga xos bo’lgan odamlar ijtimoiy-tarixiy faoliyatining umumiy shakllari vositasidagi ob’ektiv reallikka bo’lgan munosabatdan iborat Mazmuniga ko’ra, odamlar ongi ijtimoiy-tarixiy sharoitlar ta’siri ostida bo’ladi. Ongning barcha tarkibiy qismlari antropogenez jarayonida shakllanib, ijtimoiy-madaniy xususiyatga ega bo’ladi. Ong- ong inson tomonidan voqelikni aks ettirishning yuksak darajasi Ongsizlik - bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar yig‘indisiki, unda inson o‘z xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi Ong inson tomonidan voqelikni aks ettirishning yuksak darajasi bo’lib hisoblanadi. Inson ongining birlamchi psixologik xossasi o’zini bilish sub’ekti sifatida his etish, mavjud va tasavvurdagi voqelikni xayolan tasvirlash layoqati, shaxsiy psixik va hulq-atvor holatlarini nazorat qilish, ularni boshqara olish, atrofdagi reallikni tasavvurlar shaklida ko’rish va idrok qilish layoqati kabilarni o’z ichiga oladi O’zini bilish sub’ekti sifatida his etish insonning olamni o’rganish va bilishga, ya’ni, olam haqida u yoki bu darajada aniq bilimlarni egallashga tayyor va layoqatli, bu olamdan bo’lak qilingan mavjudot Ijtimoiy ongning barcha shakllari birgalikda g’oyaviylikni – insonlarning voqelikka va bir-birlariga bo’lgan munosabatni, jamiyat hayotiy faoliyatini boshqaruvchi tub negizli qadriyatlar, asosiy g’oyalar tizimini shakllantiradi Ong inson psixikasining xossasi sifatida bidominantlik – shaxs ichki kommunikatsiyasi, insonning o’zi bilan bo’lgan muloqoti mexanizmi orqali amalga oshiriladidi. Va bu shaxsning ichki dialogi ijtimoiy mezonlar bilan belgilanadi Bunday o’tishning birlamchi belgilari hozirdanoq sezilmoqda. Bu – turli xalqlar va mamlakatlar iqtisodiy farovonligining o’sishi, ular mafkurasi va siyosatining halqaro va ichki maydonda o’zgarishi, davlatlararo harbiy qarama-qarshilikning pasayishi, odamlar muloqotida diniy, madaniy va ahloqiy qadriyatlar ahamiyatining oshishida ko’rinadi. Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik – bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar yig’indisiki, unda inson o’z xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi. Inson ongining paydo bo’lishi va rivojlanishining asosiy sharti bo’lib odamlarning hamkorlikdagi samarali nutq vositasidagi qurolli faoliyati hisoblanadi. Bu faoliyat odamlarning muloqoti va o’zaro ta’siri, ishning taqsimlanishini talab etadi. U hamkorlikdagi faoliyat ishtirokchilari tomonidan hamkorlik maqsadi sifatida anglanadigan mahsulot yaratishni taqazo etadi Onglilikdan farqli o’laroq, ongsizlikda amalga oshirilayotgan harakatlarni maqsadli nazorat qilish, shuningdek, natijalarini baholash imkoniyati mavjud emas. Ongsizlik tushunchasi psixologik va falsafiy fikrlarning turli yo’nalish vakillari tomonidan quyidagi ko’rinishlarda ta’riflanadi: - axborotni qayta ishlashni bu jarayonni sub’ekt kechinmalari darajasida aks ettirmagan holda amalga oshiruvchi miya faoliyati sifatida; - sub’ekt tomonidan anglanmagan kechinmalar sifatida. Ongsizlikda sub’ekt voqelikni o’zini boshqa odamlar va hodisalar bilan tenglashtirgan holda, ob’ektlar o’rtasidagi mantiqiy qarama-qarshiliklar va farqlarni u yoki bu muayyan belgilar bo’yicha aniqlash orqali emas, balki, bevosta emotsional his etish, identifikatsiya, emotsional ta’sirlanish, turli hodisalarning aloqadorligi orqali bir qatorga birlashishi kabi o’xshatish shakllari orqali boshidan kechiradi. Ongsizlikda ko’pincha o’tmish, hozirgi va kelajak zamon u yoki bu psixik aktga, masalan, tushda qo’shilgan holda birgalikda mavjud bo’ladi Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling