Online test tizimida ro’yxatdan o’tish va ishlash tartibi


Download 64.23 Kb.
Pdf просмотр
Sana10.01.2019
Hajmi64.23 Kb.
background image
Online test tizimida ro’yxatdan o’tish va ishlash tartibi 

 

Foydalanuvchilar onlayn test tizimiga kirishlari uchun faqat bir marotaba 



ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi. 

http://test.dtm.uz/?mod=reg

 havola (ssilka) 

orqali elektron pochta manzili ro’yxatdan o’tkaziladi. Va shu elektron pochta 

manziliga tasdiq-xat yuboriladi. Tasdiq-xatdagi tizimda ishlashni davom ettirishga 

mos havola (ssilka) tanlanadi. So’ng tizimda ishlash uchun ruxsat etiladi. 

Ro’yxatdan o’tkazilgan electron pochta manzili login sifatida foydalaniladi.  

Tizim foydalanuvchilari onlayn test tizimiga login va parol yordamida kiradilar 

hamda “Test yechishga o‘tish” yoki “Foydalanuvchi kabinetiga kirish”ni tanlanadi. 

“Test yechishga o‘tish” bo‘limida foydalanuvchilar quyidagi fanlardan namunaviy 

test topshiriqlari ishlashlari mumkin:  

Ona tili va adabiyoti;  

Ingliz tili;  

Nemis tili;  

Fransuz tili;  

Qoraqalpoq tili va adabiyoti;  

Русский язык и литература;  

Fizika (o‘zbek, rus);  

Tarix (o‘zbek, rus);  

Matematika (o‘zbek, rus);  

Biologiya (o‘zbek, rus);  

Kimyo (o‘zbek, rus);  

Geografiya (o‘zbek, rus);  

Informatika (o‘zbek, rus).  

Tizim tomonidan har bir fan bo‘yicha 36 tadan test topshiriqlari savollar kitobi va 

javoblar varag‘i sifatida generatsiya qilish orqali shakllantiriladi hamda ularga mos 

ravishda raqam beriladi. Har bir javoblar varag‘i bo‘yicha statistik ma'lumotlar 

bilan “Foydalanuvchi kabineti”da tanishish mumkin.  

Test topshiriqlari ma'lumotlar bazasi davriy yangilanib boriladi.  

“Foydalanuvchi kabinetiga kirish” bo‘limida onlayn test tizimi foydalanuvchilariga 

o‘zlari ishlagan test topshiriqlari bo‘yicha statistik ma'lumotlar bilan tanishish 

imkoniyati yaratildi. Onlayn test natijalari jadvalidan javoblar varag‘i raqami 

tanlangandan so‘ng quyidagi statistik ma'lumotlar taqdim etiladi:  

Jami savollar soni;  

Noto‘g‘ri javoblar soni;  

Noto‘g‘ri javob berilgan savollar raqami.  

Shuningdek, javoblar varag‘ining elektron shaklida ham joriy etilgan.  

 

Online test tizimi bo`yicha murojaat uchun telefon: (998 71) 2355713  



Elektron pochta manzili: 

ask@dtm.uz

  

 

DIQQAT! 



Ro`yxatdan o`tish vaqtida mavjud bo`lmagan elektron pochta manzili 

ro`yxatdan o`tkazilsa, bu elektron pochta manzili tizim administratori tomonidan 



o`chiriladi. 

Каталог: userfiles -> files
files -> O‘zbеkiston rеspublikasi vazirlar mahkamasining qarori “Valuta bozorini yanada erkinlashtirish va valuta almashtirish opеratsiyalarini
files -> Ta'lim muassasasi nomi Yo'nalish (mutaxassislik) nomi Yo'nalish kodi Ta'lim bosqichi Akkreditatsiya sanasi Sertifikat seriyasi Sertifikat raqami
files -> Ratinglist of the iccf wertungszahlenliste der iccf
files -> O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari attestatsiyasi haqida ma'lumot
files -> Birlashgan millatlar tashkiloti iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamentining elektron xukumat bo‘yicha katta xududlararo maslahatchisi Richard Kerbi bilan uchrashuv
files -> Terminallar olish protsedurasi, ularning funksional imkoniyatlari va terminallardan foydalanish qoidalari to‘g‘risida savdo-servis korxonalari uchun axborot


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling