Onomastik ko‘lam tushunchasi haqida. Reja


Download 24.52 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi24.52 Kb.
#1152995
Bog'liq
ONOMASTIKa


ONOMASTIK KO‘LAM TUSHUNCHASI HAQIDA.
Reja:
1. Onomastik ko’lam tushunchasi
2. Atoqli va turdosh otlarning o’rganilishi
3. O‘zbek onomastikasi makroko‘lami

Ma’lumki, bizni o‘rab olgan borliq, moddiy olam nihoyatda murakkab, boy, serqirra, rang-barang bo‘lib, uni tashkil qilgan narsa va hodisalar mohiyati, holati, shakli, ko‘rinishi va vazifasiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. “Turdosh ot” termini bilan yuritiluvchi so‘zlar mana shu xususiyatlardan bir qisminigina, ot kategoriyasigi kiruvchilarnigina ifodalashga xizmat qiladi. Kishilar o‘zlari yashab turgan hududdagi daryolar, ko‘llar, buloqlarni va ularni tashkil etuvchi har bir daryo, har bir ko‘l, har bir buloqni bir-biridan farqlash uchun ularni alohida-alohida nomlar bilan atagan. Masalan: Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Nil, Oyko‘l, Baykal ko‘li, Toshbuloq, Qo‘tirbuloq, Marjonbuloq, Zirabuloq kabilar. Bundan ko‘rinadiki, atoqli otlar narsa va hodisalarni, ob’ektlarni yakkalab, donalab atash zaruriyati tufayli yuzaga keladi. Bunday zaruriyat bo‘lmaganda esa kishilar muloqot jarayonida ularga berilgan umumiy nomdan foydalanish bilan kifoyalanishadi. Masalan: Mamlakatimizda daryolar ko‘p. Bizning viloyatimizda ko‘llar, buloqlar anchagina bor kabi.
Shuni unutmaslik zarurki, insoniyat tafakkurining gultoji uning umumlashtirish qobiliyatidir. Agar shunday umumlashtirish qobiliyati bo‘lmaganda, har qanday til million, milliardlab so‘zlardan, grammatik vositalardan iborat supermurakkab va tushunarsiz hodisaga aylanardi. Demak, narsa va hodisalarga yakkalab, donalab atoqli ot bilan nomlash o‘ziga xos zaruriy ehtiyoj va qonuniyat natijasi sanaladi.
Tilshunoslikda atoqli otlarga nisbatan turdosh otlar ancha mukammal va atroflicha o‘rganilgan. Atoqli otlarga nisbatan bunday munosabat quyidagi sabablar bilan bog‘liq:
Download 24.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling