Davlat xizmatchisiga ijodiy muhit kerak
Innovatsion g‘oya kreativ, ya’ni ijodiy fikrlashdan kelib chiqadi. Shunday qilib, innovatsion faollik uchun hukumat liderlari ijodkor bo‘lmog‘i lozim.
Kreativlik hamda ijodkorlikning asl mazmuni qanday?
Umumiy qilib aytganda, kreativlik kichik yangi kompaniyalardan boshlanadi. Bu kompaniyalar eski an’anaviy kompaniyalar bilan solishtirganda farqli istiqbolga egaligi bilan ajralib turadi. Bu kompaniyalar yangicha – ijodkorona fikrlay oladi.
Ijodkorona yoki kreativ fikrlash AQShdagi Kremniy vodiysidan boshlangan. Bu yerda metabolik fikrlash yoki o‘zaro fikrlashish juda muhim sanaladi. Davlat xizmatchisiga ijodiy fikrlash uchun kerakli atrof muhitni shakllantirishimiz kerak. Ishonamanki, davlat xizmatchisi ijodkorona fikrlashi uchun birinchi galda o‘z milliy falsafamizni va qarashlarimizni yaratishimiz kerak. Bu falsafa yangicha avangard g‘oyalarga olib kelishi kerak.
Fuqarolarni ko‘pchiligi ushbu yangi g‘oyalarni ilgari suradigan siyosatni xohlaydi. Yangi innovativ faollikni yaratish uchun ijodkorona fikrlaydigan yondashuv kerak. Masalan, O‘zbekistonda fuqarolarga xizmat ko‘rsatish uchun maxsus joylar mavjud, lekin ushbu xizmatdan ba’zilar mamnun bo‘lmasligi mumkin. Esdan chiqmasligi kerakki, fuqarolar ijodkorona fikrlashi uchun tanlovli yondashuv lozim, ya’ni fuqarolarga xizmat ko‘rsatishni universal xizmatga aylantirishimiz kerak, bu universal xizmatlar jamiyatning barcha qatlamini qamrab olishi zarur. Bu boshlang‘ich asosiy yurishdir.
Menimcha, hozirgi kunga qadar fuqarolarga xizmat ko‘rsatishdan faqatgina kamchilik qatlam vakillari foydalangan. Misol uchun, agar bir boy inson kasal bo‘lsa, faqat 10 foizi xorijga davolanish uchun chiqishi mumkin. Bu haqda o‘ylashimiz lozim. Har qanday universal g‘oyasiz, xizmatlarsiz fuqarolarga kerakli xizmatni ko‘rsata olmaymiz. Eng muhimi, bu oddiy fuqarolarga kerakli xizmatlarni ko‘rsatadigan jarayonni yaratish yaxshilash va umumlashtirishdir. Bu juda muhim jarayondir. Menimcha, hukumatingizning vazifasi kelajakda shunday fuqarolarga universal xizmatlarni shakllantirishdan va yaxshilashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |