Oodatiy fikrlash mahorati yoxud kreativlik qanday shakllantiriladi?
Download 1.12 Mb.
|
21 FERUZA Oodatiy fikrlash mahorati yoxud kreativlik qanday shakllantirila
- kreativlik tafakkur sifatida (J.Gilford, Y.K.Tixomirov) yoki intellektual
faollik sifatida (D.B.Bogolevskaya, L.B.Yermolayeva-Tomina), - yoki shaxs sifatlarining integratsiyalashuvi (Y.A.Ponomarev va boshqalar). Biroq oliy ta`lim pedagogikasi (kreativ androgogika)da uning sifat ko`rsatkichini va namoyon bo`lish darajasini aniqlashning o`zi yetarli emas. Kreativlik biryoqlama salbiy jihat sifatida qaralsa-da, uning muammolar tizimi umumlashtiriladi va bir butunlikni tashkil etadi, bu ayniqsa o`zida ta`lim jarayonida ijodiy ta`lim va tarbiyani mujassamlashtirgan shaxsning ijodiy imkoniyatlari va kreativlikni rivojlantirish jarayonida oliy maktab pedagogikasiga taalluqlidir. Shu sababli, olima kreativlikni rivojlanish imkoniyatlarini kreativ ta`lim va tarbiya jarayonida shaxs kategoriyasi sifatida o`rganish zarurligini e`tirof etadi. O`tgan asrning 60-70-yillari pedagogikada kreativlik muammosini o`rganishda keskin burilish yillari bo`ldi. Shu davrda ijodiy izlanuvchan pedagog-novatorlar paydo bo`ldi. Novatorlar erishgan natijalar nafaqat pedagoglarni, balki psixologlarni ham qiziqtirdi, ular ijodiy ta`limining psixologik tomonlarini, ijod faoliyatining pedagogik psixologiyadagi mexanizmini o`rgandilar. (V.V.Davidov, LA.Zimnaya, 22
N.V.Kuzmina, A.M.Matyushkin, Y.A.Ponomarev, R.A.Mavlonova rahbarligidagi pedagogika fanlari ilmiy-tekshirish instituti jamoasi.) Kreativlikni o`rganishda amalga oshirilgan nazariy tahlil uni kasbiy anrogogikada qo`llashning umumiy qonuniyatlari va o`ziga xosligini aniqlash imkonini beradi (V.M.Morozov). Biz kreativlikning tizimlilik tuzilishidan kelib chiqib, unga shaxsning o`ta intellektual-evristik jihati sifatida emas, balki shaxsni qadrlovchi, tabaqalashtirilgan ta`lim sifatida qaraymiz. Kreativlik - shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson ma`naviyatining ajralmas qismi bo`lib, shaxsni o`z-o`zini rivojlantirish omili, shaxsiy jonbozlikning asosi, shaxs ega bo`lgan bilimlarning ko`pqirrali ekanligida emas, balki yangi g`oyalarga intilishda va o`rnatilgan stereotiplarni yangilik yaratish jarayonini isloh qilish va o`zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo`ladi. Shu bilan bir qatorda filologiya fanlari doktori M.Ayimbetov ham o`qituvchilarning pedagogik mahoratiga doir o`z fikrlarini bayon etish bilan bir qatorda pedagogning shaxsiy va kasbiy faoliyati masalalariga to`xtab o`tgan. Olim «kreativlik» yoki «ijodkor» tushunchalarini bevosita qo`llanmagan bo`lsalar ham ijodkor o`ituvchining sifat ko`rsatkichlarini yoritib berishga doir fikrlarini bayon etgan. Olim mahoratli zamonaviy o`qituvchining strukturaviy komponenlarini ko`rsatib bergan. Shu bilan bir qatorda olim bunday pedagoglarning oltita belgisini alohida e`tirof etgan. Bular: 1. Pedagogik jamoada katta obruga ega bo`lishi. 2. O`zlarini juda jiddiy tutishi va pedagogik taktga ega bo`lishi. 3. Darslarini oliy darajada tashkil etishi. 4. O`quvchilar bilan do`stona munosabatda bo`lish. 5. Murakkab vaziyatlarda o`zlarini tuta bilishi va pedagogik faoliyatini bir maromda olib borishi. 6. Pedagogik jamoada hamda maxallada katta ta`sir ko`chiga ega bo`lishi Sanab o`tilgan sifatlarga Biz o`qituvchining kreativlik faoliyatini ham qo`shicha qilgan bo`lar edik. Negaki, o`qituvchilarning oliy darajada dasrlarni atshkil etishi o`z- 23
o`zidan bo`ladigan holat emas, balki o`qituvchining izlanishlari, o`z sohasidagi yangiliklarni tajribalarida qo`llay olishi, o`quvchilarni «o`qitish» emas «o`qishga» o`ragatishiga doir qator faoliyatlar tizimi bilan bog`liqdir. O`qituvchining kreativ faoliyati pedagogik mahoratning mazmunida aks etar ekan, pedagogika fanida o`qituvchining pedagogik mahoratining modeli ishlab chiqilgan. Bu model` qo`yidagilarda o`zining aksini topgan. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling