Opera janrining vujudga kelishi va rivojlanishi Kirish


san’at — xalqlarni birlashtiradi. Ta’bir joiz bo‘lsa, jahoniy tinchlik va totuvlik, hamjihatlik rishtalarini mustahkamlaydi OPERA


Download 0.93 Mb.
bet2/18
Sana21.04.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1372388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Opera janrining vujudga kelishi va rivojlanishi

san’at — xalqlarni birlashtiradi. Ta’bir joiz bo‘lsa, jahoniy tinchlik va totuvlik, hamjihatlik rishtalarini mustahkamlaydi
OPERA (lot. opera — mehnat mahsuli,asar) — musiqali dramatik san’at janri. Opera qorishma (sintetik) janr bo‘lib, o‘zida bir nechta san’at turlarini mujassam etadi; unda dramaturgiya, musiqa, tasviriy san’at va raqs san’ati shakllari yaxlit sahnaviy jarayonda uzviy bog‘lanadi.
2
Lekin musiqa ular orasida etakchi o‘rin egallaydi. Operaning adabiy asosi — librettodagi
voqealar musiqiy dramaturgiya vositalari b-n, avvalo, vokal musiqa shakllarida gavdalantiriladi. Qahramonlarning hissiy kechinmalari, asosan, yakkaxon xonandalar ijrosidagi ariya, kavatina kabi tugal musiqa lavhalarida o‘z ifodasini topadi. Operadagi rechitativ tugal musiqa shakllarini o‘zaro bog‘lab, musiqiy dramaturgiya jarayonida muhim vazifalar bajaradi. Turli vokal ansambl {duet, trio va b.)larda qahramonlarning o‘zaro munosabatlari, dramatik voqealar o‘z aksini topadi. Xor ro‘y berayotgan voqealarning izoxlovchi vositasi vazifasini bajaradi, uning yordamida xalq hayoti lavhalari gavdalanadi. Operada orkestr ham katta o‘rin egallaydi: vokal shakllarga jo‘r bo‘ladi, mustaqil cholg‘u qism {antrakt, uvertyura, introduksiya va b.)larda vaziyatning mazmunini ochib beradi, har bir sahnaning ruhiy holatini ifodalashga yordam beradi. Operaning tuzilishi uning g‘oyaviy maqsadiga, syujet xususiyatlariga,musiqiy-ijodiy maktab an’analari va uslublariga hamda kompozitorning ijodiy tafakkuriga bog‘liq. Opera san’atning alohida turi sifatida 16-asr oxirida Florensiya (Italiya)da yuzaga keldi: YA. Perining «Dafna» (1598) va «Evridika» (1600) asarlari. Opera keyinchalik Evropaning boshqa
mamlakatlarida tarqalib, tarixiy rivoji davomida turli xillariga ega bo‘ldi.
O‘zbekistonda Opera janri o‘zbek mushkeli dramasining rivoji asosida, shuningdek, chet el mumtoz Operasining ta’sirida yuzaga kelgan. Toshkentga bir nechta (gruzin— 1894; 1907—15 yilarda — italyan,tatar, rus, ozarbayjon) Opera gruppalari gastrolga kelgan. 1918 yildan Toshkentda rus opera teatri o‘z faoliyatini boshlagan. 1929 yilda M. Qoriyoqubov tashabbusi bilan o‘zbek musiqali teatri ishga tushdi.Uning repertuari, asosan, musiqali dramalardan iborat bo‘lgan.
Mazkur teatr sahnasida o‘zbek tilida qo‘yilgan birinchi operalar — «Er Targ‘in» (E. Brusilovskiy, 1937) va «Nargiz» (M. Magoma-ev,1938)dir. o‘zbek opera va balet gruppasi O‘zbek musiqali teatri zaminida yuzaga kelib, 1939 yil S. Vasilenko va M. Ashrafiyning «Bo‘ron» Operasi bilan o‘z faoliyatini boshlagan. Dastlabki o‘zbek operalari o‘zbek va rus
3
kompozitorlarining ijodiy hamkorligi natijasida hamda O‘zbekistonda ijod qilgan rus kompozi torlarining mahalliy mavzudagi ijodida rivoj topgan (R. Glier, T. Sodikrv,«Layli va ajnun», 1940; «Gulsara»,1949; A. Kozlovskiy, «Ulug‘bek», 1942).SHu davrda o‘zbek tilida jahon mumtoz Opera namunalari (J. Bizening «Karmen»,1944; P. CHaykovskiyning «Evgeniy Onegin», 1947 va b.) ham sahnalashtirildi Keyinchalik o‘zbek kompozitorlarining afsonaviy-romantik, tarixiy, lirik, zamonaviy mavzulardagi mustaqil Operalari paydo bo‘ldi: «Dilorom», «SHoir kalbi» (M. Ashrafiy), «hamza» (S. Boboev), «Xorazm qo‘shig‘i» (M. YUsupov) va b. Birinchi o‘zbek hajviy Operasi «Maysaraning ishi» (S. YUdakov) bo‘lib, bir nechta chet mamlakatlar teatrlarida quyilgan. «YOriltosh» (S. Boboev) birinchi o‘zbek bolalar Operasidir. 1970—80 y.lari o‘zbek kompozitorlari Opera janrini mavzu jihatidan boyitishdi. SHu davr ichida tarixiy — «Mangulik» (U. Musaev), «Fidoyilar» (S.Boboev), zamonaviy — «Sadoqat» (R. Abdullaev), atoqli shaxslarga bag‘ishlangan — «Sug‘d elining koploni» (I. Akbarov), «Zebunniso» (Sayfi Jalil), «Alisher Navoiy» (M. Burhonov), shuningdek, kamer Operalar — «Sohilda to‘qnashuv» (N.Zokirov), «Ona qalbi» (Hab. Rahimov) va b. Operalar sahnalashtirildi.Mustaqillik davri o‘zbek Operalarida janr talqini, mavzu va mazmun doirasi yanada kengaytirilib, boyitildi: jahon mumtoz adabiyoti (N. Zokirovning SHekspir tragediyalari asosida yaratilgan «Hamlet» va «Makbet» Opera-dilogiyasi) hozirgi zamon ijtimoiy muammolari (N.Zokirovning «Muxtoriyat» opera-farsi,O. Abdullaevaning «Vafo», F. YAnov-YAnovskiyning «Orkestr» operalari), tarixiy shaxslar siymolari (M. Bafoevning «Al-Farg‘oniy») va falsafiy mavzular (I. Ak-barovning «Ibtido xatosi» opera oratoriyasi) opera janrini keyingi rivojini belgiladi.
Mazmunni talqin qilishda asosiy urg‘u milliy hamda umumbashariy ma’naviy kadriyatlarni tarannum etishga, murakkab vaziyat va psixologik holatlarni chuqur ifoda etishga qaratildi. Bu davrda o‘zbek kompozitorlari opera asarlarida o‘zbek xalq musiqa merosi va milliy ijrochilik an’analarini zamonaviy ifoda va texnik vositalar bilan uzviy bog‘lashga ahamiyat berdilar.
4
OPERA JANRINING VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISHI
XVII asrga qadar uzoq davom etgan dunyoviy va cherkov musiqasi bilan chegaralanish jarayoni yakunlanib, opera vujudga kelishi uchun shart-sharoitlar yuzaga keladi.
Opera — bu teatr, she'riyat, raqs va musiqani birlashtiruvchi sintetik janr. Uning badiiy ta'sir vositalari chegarasiz va shuning uchun ham u musiqa sohasida yetakchi o’rinni egallaydi.
Opera ta'siri XVII va XVIII asrlar musiqa san'atining ko’plab sohalariga o’z ta'sirini ko’rsatdi. Opera tufayli cholg’u musiqasining yangi janrlari vujudga keldi: uvertura, orkestr, balet suitasi va boshqalar.
Oratoriya va kantata kabi cherkov musiqasi janrlariga operaning kompozitsiya tamoyillari, vokal uslublari xususiyatlari kirib keladi. Operaning katta sahna uchun, keng auditoriya bilan mu-loqot qilish uchun mo’ljallanganligida uning alohida ijtimoiy ahamiyati namoyon bo’ladi.
Operaning vatani Italiya bo’lib, opera paydo bo’lishidan awal, musiqa ijrochiligining rivojlangan dunyoviy shakllari, musiqiy-teatr pastoral janrning tarqalishi, qo’shiq janriga bo’lgan qizi-qishning ortishi bilan tavsiflanuvchi XVI asr musiqiy hayoti hukm surgan. Opera san'atining dastlabki o’chog’i Florensiya hisobla-nadi. Shoirlar, musiqachilar va san'at ixlosmandlarini birlashtir-gan to’garakda (kamerata) mazkur san'at turi tamoyillari ishlab chiqilgan va asosiy qoidalari shakllantirilgan.Florensiya operasining asoschilari shoir Ottavio Rinuchchini (Torkvato Tassoning o’quvchisi), musiqachilar Yakopo Peri va Julio Kachchinilar edi. Rinuchchini matni
va Peri musiqasi bilan yozilgan birinchi Florensiya operasi — «Dafna» 1594-yil Korsi uyida
namoyish etilgan. Ikkinchi Florensiya operasi Ottavio Ri-nuchchini va Yakopo Perining Orfey haqidagi antik afsonasi aso-sida yaratilgan «Evredika» operasi hisoblanadi. Mazkur operaning
yaratilishi fransuz qiroli Genrix IV ning Mariya Medichi bilan 1600-yilda bo’lib o’tgan nikoh marosimiga bag’ishlangan.
Xuddi shu sujet asosida 1600-yilda Julio Kachchinining «Ev-redika» operasi yozilgan.
Italiya operasining yana bir markazi Rim edi. Rimda opera teatri Rim Papasi Urbanom VIII
5

ning yaqin qarindoshlari bo’lgan Barberinilar oilasi tomonidan bunyod etildi, shuning uchun Rim-katolik vatanida opera klerikal xarakterga ega bo’lgan. Rim opera-lari sujetida xristianlik dini g’oyalari targ’ib etilar, katolik cherkov arboblari ulugianardi. «Muqaddas Aleksey» operasini yaratgan Stefano Landining ijodi o’z davrida juda mashhur edi. Ushbu opera xristian itoatgo’yligi va diyonatliligini madh etardi.


Rim maktabining eng yaxshi asarlaridan biri Loretto Vittorio-ning (1588—1670) «Galateya» operasi hisoblanadi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling