Операцион системалар
Muloqot darchalari bilan ishlash
Download 58.5 Kb.
|
1352363927 32317
Muloqot darchalari bilan ishlash.
WINDOWS ishlash jarayonida muloqot uchun muloqot darchalaridan (MD) foydalanadi. MD biror parametrning qiymatini yoki komanda xaqidagi qo`shimcha ma`lumot so`ralganda hosil buladi. MASALAN: FILE menyusida OPEN ni tanlasangiz, MD da ochilishi zarur bo`lgan faylning nomi so`raladi. Bundan tashqari WINDOWS MD yordamida sizni komandaning bajarilmasligi hakida ogohlantiradi yoki buning sabablarini keltiradi. MD da kerakli javobni sichqoncha bilan tanlash mumkin. Yoki oldinga o`tish uchun [Tab] va orqaga o`tish uchun [Shift] + [Tab] tugmalaridan foydalaniladi. MDni bekor kilish uchun CANCEL ni tanlash yoki [Esc] tugmachasini bosish zarur. Darchalar bilan ishlash. Darcha yoki piktogrammaning joyini o`zgartirish uchun sarlavhani sichqonchani bosgan holda yangi joyga keltiriladi. Darcha kerakli joyga joylashganda, sichqoncha tugmasi qo`yib yuboriladi. Darchani ekranga to`liq yoyish uchun darcha sarlavhasidan o`ngdagi ( belgisida sichqoncha tugmasi bosiladi. Darchani piktogrammaga kichraytirish uchun darcha sarlavhasi o`ngidagi __ belgisida sichqoncha tugmasi bosiladi. Darcha o`lchamini o`zgartirish. Darcha o`lchamini sichqoncha yordamida o`zgartirish tartibi quyidagicha. O`lchami o`zgartirilishi zarur bo`lgan darchani tanlang . Buning uchun sichqoncha tugmasini darchaning ixtiyoriy joyida bosing. Sichqoncha belgisini o`zgartirilish zarur bo`lgan burchak yoki hoshiyaga keltiring. Sichqoncha tugmasini bosgan holda burchakni kerakli o`lchamgacha suring. Sichqoncha tugmasini qo`yib yuboring. Menyu bilan ishlash. WINDOWS komandalari menyularda qayd etiladi. Har bir programma o`zining menyusiga ega. Menyu bilan ishlash tartiblari barcha programmalar uchun bir yagona. Menyuga kirish uchun kursorni kerakli punktga keltirib, sichkoncha tugmasi bosiladi. Natijada punkga xos komandalar ro`yxati hosil bo`ladi. Menyu biror punktning komandasini tanlash uchun , sichqoncha belgisini unga keltirib, sichqoncha tugmasini bosish zarur. WINDOWS da barcha programmalarning menyu yozuvlari belgilangan qoidaga amal qiladi. Download 58.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling