Операцион системалар


Muloqot darchalari bilan ishlash


Download 58.5 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi58.5 Kb.
#1521930
1   2   3   4
Bog'liq
1352363927 32317

Muloqot darchalari bilan ishlash.
WINDOWS ishlash jarayonida muloqot uchun muloqot darchalaridan (MD) foydalanadi. MD biror parametrning qiymatini yoki komanda xaqidagi qo`shimcha ma`lumot so`ralganda hosil buladi.
MASALAN:
FILE menyusida OPEN ni tanlasangiz, MD da ochilishi zarur bo`lgan faylning nomi so`raladi.
Bundan tashqari WINDOWS MD yordamida sizni komandaning bajarilmasligi hakida ogohlantiradi yoki buning sabablarini keltiradi.
MD da kerakli javobni sichqoncha bilan tanlash mumkin. Yoki oldinga o`tish uchun [Tab] va orqaga o`tish uchun [Shift] + [Tab] tugmalaridan foydalaniladi.
MDni bekor kilish uchun CANCEL ni tanlash yoki [Esc]
tugmachasini bosish zarur.
Darchalar bilan ishlash.
Darcha yoki piktogrammaning joyini o`zgartirish uchun sarlavhani sichqonchani bosgan holda yangi joyga keltiriladi. Darcha kerakli joyga joylashganda, sichqoncha tugmasi qo`yib yuboriladi.
Darchani ekranga to`liq yoyish uchun darcha sarlavhasidan o`ngdagi ( belgisida sichqoncha tugmasi bosiladi.
Darchani piktogrammaga kichraytirish uchun darcha sarlavhasi o`ngidagi __ belgisida sichqoncha tugmasi bosiladi.
Darcha o`lchamini o`zgartirish.
Darcha o`lchamini sichqoncha yordamida o`zgartirish tartibi quyidagicha.
O`lchami o`zgartirilishi zarur bo`lgan darchani tanlang . Buning uchun sichqoncha tugmasini darchaning ixtiyoriy joyida bosing.
Sichqoncha belgisini o`zgartirilish zarur bo`lgan burchak yoki hoshiyaga keltiring.
Sichqoncha tugmasini bosgan holda burchakni kerakli o`lchamgacha suring.
Sichqoncha tugmasini qo`yib yuboring.
Menyu bilan ishlash.
WINDOWS komandalari menyularda qayd etiladi. Har bir programma o`zining menyusiga ega. Menyu bilan ishlash tartiblari barcha programmalar uchun bir yagona.
Menyuga kirish uchun kursorni kerakli punktga keltirib, sichkoncha tugmasi bosiladi. Natijada punkga xos komandalar ro`yxati hosil bo`ladi.
Menyu biror punktning komandasini tanlash uchun , sichqoncha belgisini unga keltirib, sichqoncha tugmasini bosish zarur.
WINDOWS da barcha programmalarning menyu yozuvlari belgilangan qoidaga amal qiladi.



Download 58.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling