Operandalarni turlari va usullari. Reja


Download 180.8 Kb.
bet8/9
Sana04.11.2023
Hajmi180.8 Kb.
#1746805
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-ma’ruza. Operandalarni adreslash turlari va usullari. Buyruqla (1)

Stekni tashkil etilishi

Yana bir manzillashtirilmaydigan ichki prosessor xotirasi stek xotirasi hisoblanadi (7.7-rasm), hatto ba’zan stek xotirasi sifatida OXQ asosiy xotira adreslarining ajratilgan zaxirasi ishlatiladi. Prosessorning dastlabki modellarida stek xotira prosessorning ichki registrlarini to’plash orqali bajarilgan, ya’ni o’rnatilgan bog’lama vazifasini o’tagan. Keyingi modellarda stek xotira FIFO (First In First Out) va LIFO (Last In First Out) ish tartibidan birida ma’lumotlarni vaqtincha saqlash uchun mo’ljallangan operativ xotiraning qismi sifatida tashkil etilgan.
Stekli xotirada xonalar bir o’lchamli massivni tashkil etadi, unda qo’shni xonalar bir-birlari bilan bog’langan. Stekning sig’imi uncha katta emas, shuning uchun u kompyuterlarning texnik ko’rsatgichida odatda ko’rsatilmaydi. “Birinchi kelganga – birinchi xizmat ko’rsatiladi” (FIFO) stek xotira turida alohida kirish va chiqish mavjud (7.7,a-rasm). Stek bir tomondan to’ldiriladi, bunda so’z bu xonalarga kelish navbati bo’yicha yoziladi. Navbatdagi so’z kelganida avvalgi barcha yozilganlar tartibni o’zgartirmagan holda chiqish tomonga bir o’ringa suriladi. Shunday qilib, stekka yozilgan har bir so’zning o’rni stekning to’lishi bo’yicha N-1 dan 0 gacha o’zgaradi (masalan, stekning hajmi 16 xonalarga teng bo’lsa, u holda birinchi yozilgan so’z 15 dan 0 gacha barcha o’rinlarni bosib o’tadi). Stekning bunday turi yuqoridan pastga turtish steki deyiladi va ko’proq navbat ro’yxati sifatida ma’lum. U alohida kichik dasturlarning bajarilish navbati qat’iy belgilangan murakkab dasturlarni bajarilishida ishlatiladi. Bu masalan, boshlang’ich yuklash dasturini qat’iy ma’lum ketma-ketlikda operasion tizim kompyuterni ishga tushirishiga tayyorlaganida start dasturlari navbatini ishga tushirishda zarur bo’ladi.  “Oxirigi kelganga – birinchi xizmat ko’rsatiladi” stek turidagi xotirada (LIFO) so’zni yozish yuqori xonaga, yangi stekning yuqorisiga yoziladi (2.7,b-rasm). Avval yozilgan so’z stekning eng pastiga suriladi. So’zlarni o’qish teskari tartibda amalga oshiriladi, ya’ni o’qishda oxirgi kelgan so’z ketadi. Stekning bunday tashkil etilishi o’qlar bir tartibda kiritiladigan va teskari tartibda otiladigan harbiy avtomat magazinini ishlash tartibiga o’xshaydi. Stek xotiraning bu turi shart bo’yicha dasturning uzilishlar oqimini ishlatishda qulay bo’lib, bunda shartli o’tish buyruqsiz uzilish sababini tuzatish dasturini bajarishga o’tish amalga oshiriladi. Bu dastur bajarilganidan keyin avtomatik qaytish uchun stek xotirada asosiy dastur bajarilishining davomi boshlanadigan buyruqning tartib raqami xotirada saqlangan. Stekka yozish, shuningdek, ko’p qo’yilgan sikllar holida asosiy dasturni tarmoqlanish tartibini xotirada saqlash imkoniyatini beradi. Bunday turdagi bir necha tarmoqlanishlarda asosiy dasturning ishiga qaytish uzilishlar tartibiga teskari bo’lgan tartibda amalga oshirish kerak.


Download 180.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling