Operativ xotira qurilmalari
OXQ ning Strukturaviy sxemasi
Download 0.63 Mb.
|
Operativ xotiralar
OXQ ning Strukturaviy sxemasiBoshqaruv shinasi boylab bajarilishi kerak bolgan amalni aniqlovchi signal uzatiladi. Berilganlar shinasi boylab xotiraga yoziluvchi yoki undan oqilishi kerak bolgan axborot uzatiladi. Adres shinasi boylab almashinuvdv qatnashuvchi xotira elementlariadreslari uzatiladi. Berilganlar mashina sozlari korinishida uzatiladi. Bitta xotira elementi 1 bit axborotni saqlaydi. Xotira elementlari bloki n ta xotira elementlari matritsasidan iborat, bunda n mashina sozidagi razryadlar soni. Xotira maksimal xajmi sistema magistralining adreslar shinasidagi yonalishlar soni bilan aniqlanadi. Masalan, IBM PC XT dagi adres shinasi 20 ta yonalishga ega. Shuning uchun OX maksimal xajmi 220=1 Mbayt ga teng. IBM PC Atda (mikroprotsessor i80286) sistema magistrali 24 yonalishga ega, shuning uchun OX xajmi 16 Mbayt gacha kengaytirilishi mumkin. i80386 mikroprotsessorlaridan boshlab, adres shinasi 32 yonalishga ega. OX maksimal xajmi esa 232=4Gb gacha kengaytirilgan. Xotira mikrosxemalari statik (SRAM) va dinamik (DRAM) xotira elementlarida qurilishi mumkin. Statik XE sifatida statik triggerdan foydalaniladi. Dinamik XE sifatida kremniy kristali ichida shakllantirilgan elektr kondensatordan foydalaniladi. Statik XE lar oz holatini (0 yoki 1) chegaralanmagan uzoq vaqt (elektr toki ochirilmasa)saqlab turishi mumkin. Dinamik XE lar vaqt otishi bilan ularga yozilgan axborotni yoqotadi(kondensatorning zaryadsizlanishi), shuning uchun ular axborotlarni davriy qayta tiklanishiga muxtoj(regeneratsiya). Dinamik XE li OXQ lari statik XE li OXQ laridan bitta elementdagi komponentlar soni kamligi bilan farq qiladi. Ammo axborotni regeneratsiya qilish extiyoji tufayli dinamik OXQ lar murakkabroq boshqaruv sxemalariga ega. OXQ larning asosiy xarakteristikalari xajm va tezkorlikdir. Zamonaviy ShEHMlarda OXQ modulli strukturaga ega. Modullar turli tuzilishga ega bolishi mumkin (SIP, ZIP, SIMM, DIMM). OXQ xajmining oshishi qoshimchi modullarning ornatilishi bilan bogliq. Ular 30-kontaktli (30-pin) va 72-kontaktli variantlarda 1,4, 8, 16, 32 va 64 Mbayt da chiqariladi. DRAM modullariga murojaat vaqti 60 - 70 nc ni tashkil etadi. EHM uniumdorligiga murojaat vaqtidan tashqari taktli chastota , sistema magistralining berilganlar shinasi razryadliligi kabi xarakteristikalar ham tasir etadi. Berilganlar shinasi razryadliligi (8, 16, 32 ili 64 bita) bitta murojaatda OXQ bilan almashish mumkin bolgan axborot birligini aniqlaydi. OXQ ning chastota va razryadlilikka bogliq holda unumdorlik integral xarakteristikasi uning okazish qobiliyati hisoblanadi. Otkazish qobiliyati sekundiga Mbaytlarda olchanadi. 60-70 ns murojaat vaqtiga ega bolgan, maksimal 64 bit shina razryadligiga ega, bolgan operativ xotiraning 50 MGts taktli chastotadagi okazish qobiliyati 400 Mbayt/s, 60 MGts da - 480 Mbayt/s, 66 MGts - 528 Mbayt/s . Registrlar uzunligi turlicha bola oladigan tez ishlovchi xotira uyalari (standart uzunligi 1 bayt ga teng va ish tezligi ancha past bolgan AXQ uyalaridan farq qiladi); DXQ Mikrosxemalari matritsali struktura printsipi boyicha quriladi. Xotira elementlari funktsiyalarini yarim otkazgichli diod yoki tranzistorlar bajaradi. Bunday matritsada peremochkaning mavjudligi I bilan, uning yoqligi O bilan belgilanadi. DXQ ga informatsiya kiritish uni programmalash deb ataladi. Axborot kiritish qurilmasi esa programmator deb ataladi. Dasturlash O saqlanadigan adreslardagi peremochkalarning yoqotilishidan iborat. Odatda DXQ sxemalari faqat bir marta programmalanadi. Ammo maxsus qayta programmalanadigan mikrosxemalar kop marta yangi axborot kiritilish imkoniyatiga ega. Ota operativ Xotira qurilmalari katta bolmagan axborotlarni saqlash uchun ishlatiladi va asosiy xotiraga nisbatan tezroq ( 2 - 10 marta) ishlaydi. Ular regisr va registrli strukturalardan iborat boladi. Registr unga kiritilgan sonni uzoq (elektr ochirilmaganda) vaqt saqlab tura oladigan elektron qurilmadan iborat. Statistik triggerlardan iborat registrlar eng kop tarqalgan hisoblanadi. Vazifasiga qarab registrlar saqlash va siljish registrlariga bolinadi. Registrlarga axborot parallel yoki ketma ket kiritilishi yoki oqilishi mumkin. Registrga yozilgan axborotni siljitish ongga yoki chapga qarab bajariladi. Agar registr axborot siljishini ixtiyoriy yonalishda amalga oshirsa, u reversiv deb ataladi. Registrlar yagona strukturaga birlashtirilishi mumkin. Bunday strukturaning imkoniyatlari registrlarga murojaat va ularni adreslash usuli bilan aniqlanadi. Agar ixtiyoriy registrga uning adresi boyicha murojaat qilish mumkin bolsa, bunday struktura togridan togri murojaatli ota operativ xotirani tashkil etadi. Adressiz registr strukturalari ikki turdagi xotira qurilmalarini tashkil etadi. Bular: magazin tipidagi va assoativ xotira qurilmalaridir. Magazin tipidagi xotira ketma ket birlashtirilgan registrlardan tashkil topadi va uning bitta turida registrli strukturaga axborot yozish bir registr bilan, oqish boshqa registr bilan amalga oshiriladi (FIFO - first input, first output). Agar oqish va yozish bitta registr orqali amalga oshirilsa, bunday qurilma stekli xotira deb ataladi. (FILO - first input, last output). Stekli xotiraga son kiritilganda stek elementlari oxirgi K registr tomonga suriladi. Bunda stek toda bolsa, K registrdagi son yoqotiladi, songra son stek boshi bolgan 1 registrga kiritiladi. O`qish jarayoni ham 1 registrdan boshlanib, stekdagi sonlar 1 registr tomon suriladi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling