Menyular sistemasida ishlatiladigan shartli belgilashlar: - Menyular sistemasida ishlatiladigan shartli belgilashlar:
- agar menyu bandi davomida ko'p no’qta (...) berilsa, shu band bajarilganda muloqot oynasi ochiladi;
- agar menyu bandi davomida uchburchak (() berilsa, shu band bajarilganda qism menyu ochiladi;
- agar menyu bandi kul rang harflarda yozilgan bo'lsa, menyuning shu bandi ayni vaqtda faol emasligini bildiradi;
- agar menyu bandi davomida tugma yoki tugmalar kombinatsiyasi ko'rsatilgan bo'lsa, u holda menyuning shu bandini menyuga kirmasdan turib klaviatura yordamida ko'rsatilgan tugmalarni bosib bajarish mumkin. Bu tugmalar akselerator tugmalar ( shortcut keys) deyiladi;
- menyu bandidagi tagiga chizilgan harf qaynoq tugma (hot key) deb nomlanadi. Menyu faol vaqtda klaviaturadan shu harfni bosib buyruqni bajarish mumkin;
- agar menyu bandi oldida kalin no’qta (() yoki (() belgisi bor bo'lsa alternativ variantlardan birortasi tanlanganini bildiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |