Operatsion sistemaning bosh menyusi
Download 138.5 Kb.
|
Bosh menyu
1. Menyu – biror xususiyat bilan mujassamlashtirilgan buyruq yoki amallar majmuidir. Windows operatsion sistemasidan foydalanuvchilar to’rt turdagi menyu bilan ishlashi mumkin: operatsion sistemaning bosh menyusi; barcha obyektlarning kontekst-menyulari (sichqonchaning o’ng tugmasi yordamida ochiladi); dastur menyulari; dastur va hujjat oynalarining, shuningdek, muloqot oynalarining boshqaruv menyusi. Menyu bandlari orasida buyruqlardan tashqari qism (yoki kichik) menyuga kirish imkonini beruvchi bandlar ham bo’lishi mumkin. Bu holda iyerarxik yoki ichma-ich joylashgan menyu bilan ishlanadi. Menyular tizimida shartli belgilashlar ishlatilib, ularning mazmuni quyidagilardan iborat: agar menyu bandi davomida ko’p nuqta (...) berilsa, shu band bajarilganda muloqot oynasi ochiladi; ) berilsa, shu band bajarilganda qism menyu ochiladi;agar menyu bandi davomida uchburchak ( agar menyu bandi och kulrang ko’rinishda bo’lsa, menyuning shu bandi ayni vaqtda faol emasligini bildiradi; agar menyu bandi davomida klavish yoki klavishlar majmuasi ko’rsatilgan bo’lsa, u holda menyuning shu bandini menyuga kirmasdan turib klaviatura yordamida ko’rsatilgan klavishlarni bosib bajarish mumkin, bu tugmalar akselerator klavishlar (shortcut keys) deyiladi; menyu bandidagi tagiga chizilgan harf faol klavish (hot key) deb nomlanadi va menyu faol vaqtda klaviaturadan shu harfni terib tegishli buyruqni bajarish mumkin. Odatda, masalalar panelining chap burchagida Bosh menyu joylashgan. Bosh menyu tanlanganda, ekranda Windowsda ish boshlash uchun kerak bo’ladigan bo’limlar ochiladi. Unda dasturni ishga tushirish, hujjatini ochish, sistema parametrlarini sozlash, kerakli faylni topish, zaruriy ma’lumotlarni olish va boshqa amallarni bajarish mumkin. Windows XP operatsion sistemasida Bosh menyuning “Klassik bosh menyu” (chapdagi) va “Bosh menyu” (o’ngdagi) ko’rinishlaridan birini tanlash imkoniyati bo Bu ko’rinishlardan birini Boshlash tugmasi kontekst-menyusining “Свойство” bandi yordamida tanlash mumkin. Odatda, “Bosh menyu” ko’rinishida Windowsning ish stolida faqat Savatchaaks etib turadi. Bosh menyu quyidagilardan iborat:
Menyuning Dasturlar bo’limi yordamida installyatsiya qilingan barcha dasturlarni ishga tushirish imkonini beruvchi iyerarxik qism menyuga kiriladi. 2 boshqa kompyuter bilan aloqa Hisoblash texnikasi vositalarining rivojlanishi, ayniqsa shaxsiy kompyuterlarning paydo bo`lishi mahalliy hisoblash tarmog`i (MHT) deb nomlanadigan yangi tipdagi axborot-hisoblash tizimlarining yaratilishiga olib keldi. MHT ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan loyihalash va texnologik tayyorlash tizimlari, ishlab chiqarish va texnologik majmualarni boshqarish tizimlari, idora tizimlari, port boshqaruvi tizimlari va boshqalarda keng qo`llanilmoqda. MHT turli ishlab chiqarish bo`linmalarini boshqarishning murakkab tizimlarini qurishda samarali usul hisoblanadi. MHT tibbiyot, qishloq xo`jaligi, ta`lim, fan va boshqa sohalarda jadal joriy etilmoqda. Umuman olganda, tarmoq - kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma`lumot almashishni ta`minlaydigan aloqa kanallari bilan o`zaro bog`langan majmui. Kompyuterlararo ma`lumotlarni almashishni ta`minlab beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi. Mahalliy tarmoq - (LAN - Local Area Network), ushbu nom nisbatan katta bo`lmagan hudud (bir korxona, ofis, bir xona) da joylashgan kompyuterlarning birlashuviga mos keladi. MHT - kompyuterlar, boshqa periferiya qurilmalari (printerlar, disk kontrollerlari va boshqalar) ning bog`lanishini ta`minlaydigan va ularga umumiy disk xotirasidan, periferiya qurilmalaridan birgalikda foydalanishga, ma`lumotlar bilan almashishga imkon beradigan apparat vositalari va algoritmlar to`plamidir. [Tanenbaum] Kompyuter texnologiyalari boshqa sanoat tarmoqlari (masalan, avtomobil va aviatsiya) nisbatan hali yosh bo`lsada, kompyuterlar qisqa vaqt ichida ajoyib taraqqiyotga erishdi. Kompyuter va kommunikatsiyaning birlashishi kompyuter tizimlarini tashkil etiladi. Tashkilotda hisoblash ishlarini bajarish uchun o`zaro bog`langan kompyuterlar tizimlariga kompyuter tarmoqlari deyiladi. Ikkita kompyuter bir-biri bilan axborot almashish uchun mis sim orqali ulanishi shart emas, balki, tolali optik, mikroto`lqinlar, infraqizil va kommunikattsiya yo`ldoshlar orqali ham foydalanish mumkin. Misol sifatida biror kompaniyaoladigan bo`lsak uning xodim va mijozlari kompyuter tarmoqlari orqali ma`lumotlar almashadi. Ma`lumot almashish loal, mintaqaviy yoki global tarmoqlar oraqali amalga oshiriladi. Tarmoqning afzalligi shundaki, masalan, biror bir xonadagi printerga boshqa xonadagi, bo`limdagi, qavatdagi yoki boshqa binolardagi ishchi xodimlar tarmoq orqali buyruq berishlari mumkin bo`ladi, ya`ni umumiy printerga ega bo`lishadi. Ishchi xodimlar xuddi shunday ma`lumotlarni ham almashish imkoniyatlariga ega. Kompaniya mijozlar bilan moliyaviy hisobotlarni, soliq to`lov va boshqa ma`lumotlarni onlayn orqali amalga oshiradi. Tarmoqdagi kompyuter va foydalanuvchilarni server boshqaradi, nazorat qiladi, javob beradi va ma`lumotlarni saqlaydi. Ma`lumotlar ombori server deb nomlanuvchi kuchli kompyuter. Ko`pincha bu markazda joylashgan va tizim ma`muri deb ham atashimiz mumkin. Mijoz deb -tarmoqda kompyuter va foydalanuvchi masofadan turib server bilan bo`glanishi, ma`lumot almashishiga aytiladi. Ikki mijoz va server bir tarmoq orqali bog`lanishi quyidagi 1-rasmda ko`rsatilgan. HDD – kompyuterda, ma’lumotlarni saqlovchi xotira qurilmasidir. Bu so‘z ingliz tilidan olingan bo‘lib Hard Disk Drive(Qattiq disk) deb yuritiladi. Bu qurilmaning quyidagi boshqa nomlari ham mavjud: vinchester, vint, xard, qattiq disk. Bu qurilma kompyuter ichida joylashgan bo‘lib, axborotlarni saqlash uchun ishlatiladi, vinchester ichidagi axborotlar, ma’lumotlar deb yuritiladi. Ma’lumotlar vinchesterda ma’lum bir fayl tizimlarida saqlanadi va fayl ko‘rinishida bo‘ladi. HDD – kompyuter xotira qurilmasi bo‘lib, operativ xotiradan farq qiladi. Bu ikki xotira turini almashtirib yubormaslik kerak. Qattiq disk(HDD) energiyaga tobe qurilma hisoblanmaydi, operativ xotira energiya manbaiga bog‘liqdir. Bu degani tok mavjud bo‘lmasa, operativ xotiradagi barcha ma’lumotlar o‘chib ketadi, vinchesterdagi ma’lumotlar esa xotira qurilmasida turaveradi, lekin ikkala xotira qurilmasi ishlashi uchun elektr manbai zarurdir. Qattiq disklar axborotni ancha tez saqlab qoladilar va tiklaydilar. Ular sezgir qurilmadir. O‘qish-yozish asoslari havoning 0.000001 qalinlikdagi dyumidadir. Shunchalik ingichkaki, tutun zarrasi, barmoq izi, chang yoki odamning sochi uchning talofatiga olib keladi. Uchning talafoti o‘qish sathi, yozish uchi yoki uning sathidagi zarra magnitli disk sathi bilan aloqaga kirishganda sodir bo‘ladi. Uchning talofati- qattiq diskning ishsiz bo‘lib qolishi demakdir. Bu degani, diskdagi ayrim yoki barcha ma’lumotlar buzilib ketdi deganidir. Hozirgi kunda quyidagi firmalar qattiq disk ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda:Fujitsu, Hitachi America, Ins, IBM, Quantum corporation, Segate technology, Maxtor corporation, Storage technology corporation, Western digital corporation, Samsung. Dastlabki vinchesterlar hali shaxsiy kompyuterlar yaratilmasdan oldin,1957 yil IBM tomonidan ishlab chiqilgan va u 5 Mb xotiraga ega bo‘lgan, daxshatli narx evaziga sotilgan. Dastlabki shaxsiy kompyuter IBM PC XT bo‘lib, u uchun 10 megabaytlik qattiq disklar yaratilgan. Qattiq diskni sotib olayotganda quyidagi asosiy parametrlariga e’tibor bering: Interfeys. Qanday raz’yem orqali vinchesterni ishlashi. Qattiq diskning ishlash tezligi bir tomondan shu interfeysga ham bog‘liq, undan tashqari kompyuteringizdagi platada siz sotib olgan vinchester raz’yomi mavjud bo‘lishi kerak. Hozirda quyidagi raz’yemlar ishlatilmoqda:ATA(eskirgan), SATA(ommabop), eSATA, SCSI, Fibre Channel. Qattiq disk hajmi. Bu parametr qattiq diskning asosiy ma’lumot saqlashi mumkin bo‘lgan joy hisoblanadi. Qancha katta bo‘lsa, shuncha ko‘p ma’lumot sig‘adi, lekin katta hajmli vinchesterlarning aylanish tezligi ham katta bo‘ladi. Hozirda bir necha terrabaytga yaqin qattiq disklar sotuvda mavjuddir. O‘lchami. Bu qattiq diskning qanday fizik o‘lchamdaligidir, bu o‘lcham qattiq disk ichidagi alyumin disk kattaligidir. Agar kompyuter ichiga ulanadigan ATA yoki SATA raz’yomligi kerak bo‘lsa, 3.5 dyumli qattiq diskni sotib olasiz, agar USB porti orqali ulanadigan tashqi qattiq disk kerak bo‘lsa, 2.5 dyumli qattiq diskni sotib olasiz. Diskning aylanish vaqti. Bu parametr, minutiga silindr diskning necha marotaba aylanishini ko‘rsatadi. Bu parametr qanchalik katta bo‘lsa, diskdan ma’lumotlarning o‘qish tezligi ham shuncha katta bo‘ladi. Hozirda bu aylanish mintiga 7200, 10000 marotabadir. Buffer xotirasi. Operativ xotiradan kelayotgan ma’lumotlarni qattiq diskka yozishdan oldin buffer xotiraga tashlanadi va navbat kelganida qattiq diskga yoziladi. Buffer xotira qanchalik katta bo‘lsa, axborotlarni saqlash tezligi shunchalik katta bo‘ladi. Odatda bu xotira 8, 16 megabayt atrofida bo‘ladi. Har bir kompyuteri mavjud inson, qattiq diskga oid quyidagilarni bilish zarur: — HDD – axborotlarni saqlash uchun juda murakkab jihoz; — qattiq disk doimiy ishlashiga hech kim kafolat bermaydi, istalgan payt ishdan chiqib qolishi mumkin, shuning uchun har doim ma’lumotlaringizni nusxasini olib qo‘ying; — vinchesterni kompyuterdan olib, qo‘lda biror joyga olib borish tavsiya; qilinmaydi. Bu jihoz vibratsiyaga va nurlanishlarga sezgir hisoblanadi; — vinchesterni ekspluatatsiya qilish hammaga ham emas, agar siz radiodetallar bilan ishlagan bo‘lsangiz ham. Bu juda murakkab jarayon va tavsiya qilinmaydi; — xavfsizlik jihatidan, axborotlarni vinchesterda saqlash ketma-ketligida oxirgi o‘rinlardan birida turadi: miya, qog‘oz, vinchester; Download 138.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling