Operatsion tahlil xo‘jalik yurituvchi subyektning daromad


Download 22.05 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi22.05 Kb.
#1031780
Bog'liq
tahlil


Operatsiya – (lotincha “Operatsion” – so‘zidan olingan bo‘lib) muayyan maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan harakatlarni anglatadi.Faoliyat – maqsadga erishish yo‘lida muayyan vositalardan foydalanishning rag‘batlantiruvchi jarayoni.Operatsion faoliyat – xo‘jalik yurituvchi subyektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek‚ subyektning investitsiya va moliyaviy faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyatidir.Operatsion faoliyat-mahsulotlar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishga xarajatlarni amalga oshirish va ularni sotishdan daromadlar olishga qaratilgan.
Faoliyat turlariga mos ravishda tahlil ham operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat tahlili turlariga tarkiblanadi.
Operatsion tahlil – xo‘jalik yurituvchi subyektning daromad
keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek‚ subyektning investitsiya va moliya
faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyati tahlilidir.
Operatsion tahlil – xo‘jalik subyektining moliyaviy natijalarining
ishlab chiqarish xarajatlari va tushum hajmiga bog‘liqligidan iborat tahlil turidir Investitsion tahlil – uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiya
obyektlarini sotib olish va sotishni tahlilidir.
Investitsion tahlil – investitsion faoliyat, uning samaradorligi va
natijaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan tahlil turidir.
Moliyaviy faoliyat tahlili – xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z
mablag‘i va qarz mablag‘lari miqdori va ular tarkibidagi o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lgan tahlilidir.
Moliyaviy faoliyat tahlili –xo‘jalik subyektining moliyaviy
harakatlari, ularning samaradorligi va natijaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan tahlilidir.

Korxonlarning asosiy qismi ishlab chiqarish va savdo faoliyati bilan shug‘ullanadilar. Agar korxonalar qo‘shimcha faoliyatni amalga oshirsalar, ular ikkinchi darajali faoliyat hisoblanadi. Bunday faoliyat turlariga investitsion va moliyaviy faoliyatlar kirishi mumkin. Bunday faoliyat turlari korxonani qo‘llabquvvatlashning qo‘shimcha qatorlariga kiradi. Opreratsion faoliyatning ustuvorligi shundaki‚ bunday faoliyat to‘liq mijozga yo‘naltirilgan bo‘ladi.Operatsion faoliyat asosiy faoliyat yoki biznesga nisbatan, pul tushumlariga nisbatan eng ko‘p ishlatiladigan tushuncha hisoblanadi. Operatsion faoliyat bo‘yicha pul oqimlari asosan tadbirkorlik subyektining asosiy daromad keltiruvchi faoliyatidan keladi. Binobarin, ular asosan foyda yoki zararni aniqlashda ishtirok etadigan operatsiyalar yoki boshqa hodisalar natijasida kelib chiqadi.



Operatsion faoliyat tahlili yuzasidan quyidagi axborotlarga tayaniladi:
Aylanma mablag‘lar miqdori;
resurslarni safarbar qilish yo‘llari;
moliyaviy mablag‘lardan samaralifoydalanish usullari; - sarf-xarajatlarni optimallashtirish;
asbob-uskunalarni ijaraga olish yoki sotibolish;
tovarlarni ishlab chiqarish uchunsarflangan qiymat bilan sotish qiymati o‘rtasidagi ijobiy farqlanish;
sotish hajmi va rentabellikning o‘sishihaqidagi ma’lumotlar.
Korxona operatsion faoliyati samaradorligini (mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning innovatsion mahsulot, eksport hajmi
Tahlil etishda eng murakkab jarayon bu operatsion faoliyat samarali baholash masalasidir. Operatsion faoliyat samaradorligidako‘rsatkichlarini) baholash.
resurslardan darajada foydalanish darajasiga baho beriladi.Opreatsion faoliyat samaradorligi xomashyo va materiallarni ishlab chiqarishga yetkazib berish, raqobatchilarning sarfidan kam bo‘lgan chiqimlar hisobiga mahsulotlarni ishlab chiqarish, ularni sotish afzalliklariga egaligi bilan tavsiflanadi.Operatsion faoliyat samaradorlikning umumiy ko‘rsatkichi sotishdan tushumni sotilgan mahsulotlar ishlab chiqarish tannarxiga bo‘lish asosida topiladi:
Ko=St/Mt
St–sotishdan sof tushum;Mt –sotilgan mahsulot ishlab chiqarish tannarxi.
Operatsion faoliyat samaradorligi baholashda birlik ko‘rsatkichlar sifatida mahsulot ishlab chiqarishda qatnashuvchi, kelgusida iqtisodiy naf keltiruvchi aktivlar (moddiy, nomoddiy, intellektual mulk)ning, mehnatning samaradorlik ko‘rsatkichlari olinadi. Operatsion faoliyat samaradorligini baholashda:
moddiy resurslar sarfi (samarasi)ga
mehnat sarfi (unumdorligi)ga;
mehnat vositalari, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishi (samarasi)ga;
innovatsion mahsulotga (raqobatdoshligi);
eksport qilingan mahsulot hajmiga alohida ahamiyat qaratiladi(eksport salohiyatiga)
Xulosa: korxonada mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2017-yilda
2016-yilga nisbatan 360117 ming so‘mga, 2015-yilga nisbatan 476520
ming so‘mga ortgan. O‘z navbatida 2017-yildagi moddiy resurslar qiymati 2016-yilga nisbatan 10299
ming so‘mga, 2015-yilga nisbatan
5487 ming so‘mga ortgan.Moddiy resurslar sig‘imining eng quyi natijasi 2017-yilda kuzatilgan.Moddiy resurslar rentabelligi bo‘yicha natijaviylik esa aksincha bo‘lgan. Eng yuqori natijaga 2015-yilda erishilgan.
Download 22.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling