Operatsion tizim qurish tamoillari reja: Operatsion tizim
Bir xil mavqiviy va ajratilgan serverli tarmoq operatsion tizimli ishchi guruhi
Download 11.24 Kb.
|
Operatsion tizim qurish tamoillari reja Operatsion tizimli ishc-hozir.org
Bir xil mavqiviy va ajratilgan serverli tarmoq operatsion tizimli ishchi guruhi
Tarmoq kompterlari o‘rtasida funksiyalarni qanday bo‘linganligiga qarab, tarmoq operatsion tizim va shu bilan tarmoqlarning o‘zi ham ikkita sinfga bo‘linadi: bir rangli va ikki rangli. Oxirgisini ko‘proq ajratilgan serverli tarmoqlar deb atashadi. Agar kompyuter o‘zining reserslarini tarmoqdagi boshqa foydalanuvchilarga taqdim qilsa, unda u server rolini o‘ynaydi. Bunda boshqa mashina resurslariga murojaat qiluvchi kompyuter kliyent hisoblanadi. Yuqorida aytilganidek tarmoqda ishlaydigan kompyuter yo kliyent funksiyasini, yo server funksiyasini, yoki ikkalasining ham funksiyasini bajarishi mumkin. Agar biror bir server funksiyalarining bajarilishi kompyuterning asosiy vazifasi bo‘lsa(masalan, fayllarni tarmoqdagi foydalanuvchilarga umumiy foydalanishga taqdim etish, faksdan umumiy foydalanshni tashkil qilish yoki tarmoqdagi foydalanuvchilarni o‘zining dasturlaridan foydalanishga ruxsat berish), unda bu kompyuter ajratilgan server deb ataladi. Serverning qaysi resursi ajratuvchi ekanligiga qarab, u fayl - server, faks - server, print - server, ilova server deb ataladi. Shubxasiz, ajratilgan serverlarda shunaqa operatsion tizim operatsion tizim- ni o‘rnatish maqsadga mufoqki, ular u yoki bu server funksiyalarini optimal bajarishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun ajratilgan serverli tarmoqlarda tarkibiga server qismlari imkoniyatlari bilan farq qiluvchi bir nechta variantli operatsion tizimlari kiruvchi tarmoq operatsion tizimlari ishlatiladi. Masalan, Novell NetWare tarmoq operatsion tizimi fayl - server sifatida ishlaydigan serverli variantiga ega, yana har xil lokal operatsion tizimlar bilan ishlaydigan ishchi stansiyalar uchun qobig‘inga ega. Operatsion tizimlarning boshqa misoli sifatida, tarmoqni ajtatilgan serverli qurishga mo‘ljallangan. Operatsion tizim Windows NT hisoblanadi. NetWare dan farqli o‘laroq Windows NT ning ikkala varianti , Windows NT Server(ajratilgan server uchun) va WindowsNT Workstation(ishchi stansiyalar uchun) ham kliyet ham server funksiyalarini qo‘llab quvvatlaydi. Ajratilgan serverni uning asosiy vazifasi bilan bog‘liq bo‘lmagan oddiy masalarni yechish uchun ishlatiladigan kompyuter sifatida ishlatish mumkin emas, bu uning server sifatida ishlash unumdorligini kamaytiradi. Shularni hisobga olgan holda Novell NetWare operatsion tizim operatsion tizimining server qismida oddiy dasturlarni bajarish imkoniyatlari umuman ko‘zda tutilmagan, ya'ni kliyent qismi yo‘q, ishchi stansiyalarda esa server komponentlari mavjud emas. Biroq boshqa tarmoq operatsion tizimlarda ajratilgan server kliyent qismining ishlashi bemalol mumkin. Masalan, Windows NT Server boshqaruvi ostida lokal foydalanuvchining tarmoqdagi boshqa kompyuterning resurslariga so‘rov tushishi bilan operatsion tizim kliyent qismining funksiyalarini bajaradigan oddiy dasturlari yuklanishi mumkin. Bunda Windows NT Workstation operatsion tizimi o‘rnatilgan ishchi stansiyalar ajratilmagan server funksiyalarini bajarishi mumkin. Download 11.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling