Operatsion tizim qurish tamoillari reja: Operatsion tizim


Download 11.24 Kb.
bet1/3
Sana26.03.2023
Hajmi11.24 Kb.
#1297700
  1   2   3
Bog'liq
Operatsion tizim qurish tamoillari reja Operatsion tizimli ishc-hozir.org


Operatsion tizim qurish tamoillari reja: Operatsion tizimli ishchi guruhlar

Operatsion tizim qurish tamoillari.

reja:

  • Operatsion tizim

  • Operatsion tizimli ishchi guruhlar

  • Korxona masshtabdagi va korporativ tarmoqlar

Operatsion tizim – kompyuter yoqilganida yuklanadigan dasturdir. U foydalanuvchi bilan muloqotga kirishadi, kompyuterning resurslari (tezkor xotira, disklardagi joylar va hokazolar)ni boshqarishni amalga oshiradi, boshqa dasturlarni bajarish uchun ishga tushiradi. Operatsion tizimi foydalanuvchiga va amaliy dasturlarga kompyuterning uskunalari bilan aloqa qilishning qulay usuli (interfeys)ni ta’minlaydi.


Operatsion tizimining zarurligining asosiy sabablari, kompyuter vositalari bilan ishlash va resurslarini boshqarish uchun eng sodda amallar - bu eng quyi darajadagi amallardir, shuning uchun foydalanuvchiga va amaliy dasturlarga zarur bo‘lgan harakatlar bir necha yuzlab yoki minglab shunday amallardan iborat bo‘ladi.
Operatsion tizimlar bajaradigan vazifasiga, masalalarga ishlov berish rejimiga, tizim bilan bog‘lanish usuliga, qurish usullari bo‘yicha sinflarga ajratiladi. Vazifasiga qarab sinflarga ajratishda operatsion tizimlarning turlari ko‘pligi yaqqol tashlanadi. Chunki hisoblash texnikasi turlari qancha bo‘lsa, operatsion tizim turlari ham shunchadir: meynfreym operatsion tizimlar, server operatsion tizimlar, ko‘pprotsessorli, shaxsiy kompyuterlar uchun uchun, real vaqt operatsion tizimlar, mobil va boshqalar operatsion tizimlariga bo‘linadi.
Serverlar bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli foydalanuvchilarga xizmat qiladi va ularga o‘zaro dasturiy va apparat resurslarni bo‘lib olish imkonini beradi. Serverlar bosmadan chiqarish qurilmalari, internet va fayllar bilan ishlash imkonini yaratadi. Serverda Web-sahifalar saqlanadi va talablarga ishlov beradi, UNIX, Windows, Linux server operatsion tizimlariga misol bo‘la oladi.
Bir nechta protsessorlar birlashtirilgan tizimlarda ishlash uchun, maxsus operatsion tizimlar talab qilinadi. Ko‘p protsessorli operatsion tizimlarlar maxsus aloqa imkoniyatiga ega bo‘lgan server operatsion tizimlar laridan iboratdir.
Real vaqt operatsion tizimlaridan, hisoblash tizimi boshqaradigan jarayonlar qat'iy vaqt chegaralarini qoniqtirishi kerak bo‘lgan hollarda foydalaniladi. Agar hodisalar ko‘rsatilgan qat'iy vaqt diapazonida ro‘y berishi kerak bo‘lsa - bu qat'iy real vaqtdir. Agar vaqti-vaqti bilan amallar bajarilishi muddatini o‘tkazib yuborish mumkin bo‘lsa, mumkin, raqamli audio va multimedia tizimlari, bu moslashuvchan real vaqtdir. Misol qilib VxWorks va QNX operatsion tizimlarini keltirish mumkin.
Monolit operatsion tizimlarda tizim hamma qismlari o‘zaro mustahkam bog‘langan. Shuning uchun ham uning u yoki bu qismini o‘zgartirish va olib tashlash Operatsion tizimlar ning butun arxitekturasini mukammal bilishni talab qiladi va boshqa modullarni o‘zgartirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu hollarda, mikroyadro funksiyalari yagona adres makonida bajarilgani uchunqator muammolar kelib chiqishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida nizolar kelib chiqishi xavfini va yangi drayverlarni ishga tushirish muammolarini keltirib chiqaradi. Bunday tizimlar bo‘laklarga bo‘linmagan, ya'ni srukturaga ega emas. operatsion tizimlar protseduralar fig‘indisidan iborat bo‘lib, ularning har biri zaruriyat tug‘ilganda ixtiyoriy boshqa protsedurani chaqirishi mumkin. Bunday tizimni tuzish uchun hamma alohida protseduralar kompelyatsiya qilinib, kompanovщik yordamida yagona ob'yekt fayliga birlashtiriladi. Monolit tizimlar, uzilishlar mexanizmini quvvatlashi mumkin.

Download 11.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling