Operatsion tizimlar 9-sinf 2-dars Foydalanuvchi interfeysi Operatsion tizim kompyuter ishlashi uchun zarur boʻlgan barcha amallarni bajaruvchi dasturlar toʻplamidir. Uningdasturlaridan biri foydalanuvchi ekranda koʻradigan tasvirlarni boshqarishga mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu qism interfeys yoki to‘liq aytganda inson-kompyuter interfeysi (HCI – HumanComputer Interface) deb ataladi Interfeysning bir necha turlari mavjud. Ularni tanlashda quyidagilar inobatga olinadi: 1)kompyuter bajarishi kerak boʻlgan vazifalar; 2)foydalanuvchi turi va uning imkoniyatlari; Grafik foydalanuvchi interfeysi. WIMP nima? Toʻrtta elementni (oynalar, ikonkalar, sichqoncha va kursor) birlashtirsangiz WIMP (windows,icons, mouse, pointer) hosil boʻladi. Foydalanuvchining grafik interfeysi baʼzan WIMP deb ham ataladi CLI nima? Kompyuter bilan muloqot qilishning yana bir interfeysi buyruqlar qatori interfeysi (CLI) hisoblanadi Bu qiyin jarayon bo‘lib, uning asosiy ikkita sababi mavjud: 1) foydalanuvchi ushbu interfeysdan foydalanish uchun uning barcha buyruqlarini bilishi kerak; 2)foydalanuvchi buyruqlar imlosida xato qilmasligi kerak, aks holda, kompyuter buyruqlarni tushuna olmaydi va bajarmaydi Operatsion tizimlar turlari va farqlari
Do'stlaringiz bilan baham: |