“Operatsion tizimlar” fanidan tayyorlagan


Download 480.7 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi480.7 Kb.
#1579072
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mustaqil ish

II. Asosiy qismi
1. Jarayon tushunchasi
Jarayon (process) – bu foydalanuvchining bajarilayotgan (ishlayotgan) dasturi. Operatsion tizimlar ishlash vaqtida dasturlar sinfining ko’p sondagisini bajaradi: paketli topshiriqlar; vaqtni bo’lib olish rejimida foydalanuvchi dasturi, tizimli dasturlar va jarayonlar. Bir qancha o’xshash tushunchalar mavjud: foydalanuvchi dasturlarni xarakterlovchi dasturlar: jarayon (process), topshiriqlar (job), masalalar (task). Biroq, bu yerda ularning orasidagi farqni ajratib ko’rsatmaymiz: jarayonlarning o'ziga xos xususiyatlarini va ularni OTda boshqarishni yaxshiroq o’rganish uchun, ushbu atamalarni sinonim sifatida ko'rib chiqishimiz mumkin, chunki ko'plab OT haqidagi adabiyotlarda shunday shaklda ta’riflangan.
Jarayonning muhim jihati – bu ketma-ket bajarilishi shart bo’lgan hisoblash birligi hisoblanadi, ya’ni, har bir jarayon o’zining boshqaruv oqimlari (control flow) ketma-ketligiga ega – jarayon tomonidan bajariladigan buyruqlar ketma-ketligi. Jarayonlarning parallel bajarilishi bilan ko'plab katta vazifalar muvaffaqiyatli hal qilinmoqda, ammo bular haqida biroz keyingi mavzularda muhokama qilinadi.Operatsion tizim tomonidan yaratilgan va boshqariladigan jarayon quyidagi asosiy ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
Operatsion tizim ustida aniq amallar bajaradigan asosiy dinamik ob’ektlar jarayonlar xisoblanadi.
Jarayon OT boshqaruvi ostida xisoblanadi. Bunday qabul qilishda xisoblash tizimlarida bajariladigan xamma narsa(faqat foydalanuvchi dasturlarigina emas, balki OTning xam ma’lum isimlari xam) jarayonlar to`plami sifatida tashkil qilingandir. Bir prtsessorli kompyuter tizimida vaqtning xar bir momntida faqat bitta jarayon bajarilishi mumkin. Multidasturli xisoblash tizimlarida bir nechta jarayonni parallel qayta ishlash protsessorni bir jarayondan ikkinchisiga o`tkazish yordamida amalga oshiriladi. Bir jarayon bajarilguncha, qolganlari o`z navbvtini kutadi.
Jarayon tashkilot uchun qo'shimcha qiymat yaratishga hissa qo'shadigan o'zaro bog'liq yoki o'zaro ta'sir qiluvchi harakatlar to'plamini anglatadi. U tashkiliy maqsadlarga erishish uchun zarur bo'lgan bosqichlarni ifodalovchi turli tartiblarga tuzilishi mumkin. Jarayonlar axborot va resurslar oqimini ifodalaydi. Bugungi kunda biznes olamida muhim ahamiyatga ega bo'lgan jarayon menejmenti ko'plab afzalliklarni taklif etadi: Tashkilotni boshqarishda ko'maklashish, kompaniya bo'limlari amaliyoti va uslublari bilan tanishish, mijozlarga xizmat ko'rsatishni yaxshilash, kamaytirish xarajatlar yoki hatto xavflarni kamaytirish.

1-rasm.( Jarayon holat diagrammasi)

Diagrammadan (1-rasm) ko'rinib turibdiki, tizimda yaratilgan yangi jarayon ruxsat berish (qabul qilingan, admitted) bosqichdan o'tadi - uni operatsion tizim tizimdagi barcha jarayonlarning navbatiga kiritadi, shundan so'ng OT uni bajarilishga tayyor holatga keltiradi. E’tiborga olish kerakki, ishlashga tayyor jarayonlar navbati – jarayonlarni boshqarish uchun eng ko’p qo’llaniladigan tizim strukturalardan biri hisoblanadi. Jarayon tayyorlik holatidan bajarilish holatiga OT rejalashtiruvchisi tomonidan o’tkaziladi, boshqarishni rejalashtirish natijasida protsessorning kvant vaqti ajratiladi. Jarayon bajarilish vaqtida uzilish (taymer bo’yicha, xatolik natijasida va boshq.) mumkin, OT uzilishlarni qayta ishlab bo’lganidan keyin qaytadan bajarilishga tayyorlik holatiga o’tkaziladi. Agar jarayon sinxron kiritish-chiqarishni bajarayotgan bo’lsa, yoki biror bir hodisa ro’y berishini kutishi (masalan, aniq vaqt lahzasida) kerak bo’lsa, jarayon kutish holatiga o’tkaziladi. Kiritish-chiqarish yakunlanishi bilan yoki kutilayotgan hodisaning ro’y berishi bilan, jarayon uchun darhol protsessorning kvant vaqtini olmaydi, balki bajarilishga tayyorlik holatiga o’tkaziladi. Jarayon yakunlanish holatiga dastur jarayonlari ishining yakunlanishida o’tkaziladi, masalan, exit(c) (bu yerda c yakunlash kodi) tizimli chaqiruv natijasida. Agar c = 0 bo’lsa, jarayon muvaffaqiyatli yakunlangan hisoblanadi.



Download 480.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling