Operatsion Tizimlar Mustaqil ish tt 11-20 s ravshanov Javohir Mavzu
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Opertasion tizimlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zarur ko‘nikmalar
Dastur tasnifi Mazkur dasturda mustaqil ravishda dasturchilar
tomonidan teztez ishlatiladigan, «Ikki yo‘nalishli ro‘yxat» konstruksiyasini tuzishga to‘g‘ri keladi. Bu konstruksiya nomer bo‘yicha tartiblangan strukturalar majmuini bildiradi. Unda har bir struktura o‘z tarkibida to‘plamning yaqin o‘zgaruvchilariga ikkitadan ko‘rsatkichga ega bo‘ladi. Tabiiyki, struktura bu ko‘rsatkichlardan tashqari dastur uchun ba’zi foydali ma’lumotlarga ham ega bo‘ladi.Bu misol uchun masala quyidagicha qo‘yiladi: Foydali ma’lumotlar sifatida belgilar qatorini qamrab oluvchi, ikki yo‘nalishli ro‘yxat hosil qilish imkoniga ega struktura, hamda ro‘yxatga elementlar qo‘shuvchi va ro‘yxatdan elementlarni o‘chiruvchi protseduralar tuzilsin. Bu protseduralar tugmachalar bilan biriktirilsin va ro‘yxatda saqlanuvchi ma’lumotlarni chiqarish ta’minlansin. Muammolar Dinamik xotira bilan ishlashda zaxiralangan ma’lumotlar blokining o‘z vaqtida bo‘shatilishini nazorat qilib borish, ya’ni bunday protsedurani nazarda tutish, zarur. Bundan tashqari, dasturni tugatishdan oldin xotiraning barcha zaxiralangan bloklari bo‘shatilishi kerak. Buning uchun «Shakllarni yopish» - «Закрытие формы» (FormClose) xodisalarni qayta ishlash protsedurasidan xotirani bo‘shatish protsedurasini chaqirish zarur. Zarur ko‘nikmalar Ikki yo‘nalishli ro‘yxat bilan ishlash uchun ko‘rsatkichlar va strukturalar bilan ishlash ko‘nikmalari zarur. Dasturda ko‘rsatkichga ko‘rsatkich bilan bog‘liq murakkab kostruksiyalar ishlatiladi (masalan, manzilini o‘z navbatida boshqa ko‘rsatkich saqlovchi ko‘rsatkich saqlanadigan manzilni o‘z ichiga oluvchi o‘zgaruvchiga biror qiymat o‘zlashtirishda). Bu dasturda “->” buyrug‘i ishlatiladi. Bu buyruq strukturaning bir qismi bo‘lgan, manzili shu buyruq tadbiq etilayotgan ko‘rsatkich bo‘lgan o‘zgaruvchini aniqlaydi (qaytaradi). Agar buyruq aniqlagan o‘zgaruvchi strukturaga ko‘rsatkich bo‘lsa, u holda unga shu buyruqning o‘zi yana tadbiq qilinishi mumkin. Buning oqibatida ko‘p o‘tishlardan iborat uzun konstruksiyalar paydo bo‘ladi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling