Operatsion tizimlar xavfsizligi” mavzusida Mustaqil ishi


Korporativ operatsion tizimlarni belgilariga quyidagi xususiyatlarni kiritish mumkin


Download 97.75 Kb.
bet8/9
Sana26.07.2023
Hajmi97.75 Kb.
#1662735
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Operatsion tizimlar xavfsizligi” mavzusida Mustaqil ishi

Korporativ operatsion tizimlarni belgilariga quyidagi xususiyatlarni kiritish mumkin.
Ilovalar yordami. Korporativ tarmoqlarda murakkab ilovalar bajariladi, ular bajarilishi uchun katta hisoblash quvvatini talab qiladi. Bunday ilovalar bir nechta qismlarga bo‘linadi, masalan, bitta kompyuterda ma'lumotlar bazasiga bo‘lgan so‘rovlarni bajarilishi bilan bog‘liq ilovalarning bir qismi bajariladi, boshqasida fayl - servisga bo‘lgan so‘rovlar, kliyent mashinalarida esa ilova ma'lumotlarini qayta ishlash mantig‘ini amalga oshiruvchi va foydalanuvchi bilan interfeysni amalga oshiruvchi qismi bajariladi. Korporatsiya dasturiy tizimlari uchun umumiy hisoblash qismi kliyentlarning ishchi stansiyalari uchun juda katta hajmli va ko‘tara olmaydigan bo‘lishi mumkin, shuning uchun agarda ularning murakkab va hisoblash munosabatidagi qismlarini maxsus shunga mo‘ljallangan kompyuter - ilova serveriga ko‘chirilsa ilovalar effektliroq bajariladi. Ilovalar serveri kuchli apparat platformasida joylashishi kerak. Ilova serveri operatsion tizimlari hisoblashlarni yuqori ishlab chiqarishini ta'minlashi kerak, demak ko‘p yo‘lli qayta ishlashni, siqib chiqaruvchi ko‘p masalalikni, multiprotsesslashni, virtual xotirani va eng ko‘p tanilgan amaliy muhitlar(UNIX, Windows, MS-DOS, OS/2) ni ta'minlashi kerak. Bunday munosabatda NetWare tarmoq operatsion tizimni korporativ mahsulotlarga kiritish qiyin, chunki unda ilovalar serveriga qo‘yiladigan deyarli hamma talablar mavjud emas. Shu bilan birga Windows NTdagi universal ilovalarni yaxshi qo‘llashi unga korporativ mahsulotlar dunyosida o‘rin egallashiga kurashishga yordam beradi.
Ideal holatda ma'lumotnomali informatsiya yagona ma'lumotlar bazasi ko‘rinishida amalga oshirilishi kerak. Masalan, Windows NT da kamida beshta har xil turli ma'lumotnomali ma'lumotlar bazasi mavjud. Domen(NT Domain Directory Service)ning asosiy ma'lumotnomasi foydalanuvchilar haqida ularni tarmoqqa logik kirishni tashkil qilishda ishlatadingan ma'lumotlarni saqlaydi. Shu foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlar Microsoft Mail elektron pochtasi tomonidan ishlatiladigan boshqa ma'lumotnoma tarkibida ham bo‘ladi. Yana uchta ma'lumotlar bazasi past darajali adreslar ruxsatini qo‘llaydi: WINS - Netbios - ismlarining IP - adreslarga mosligini o‘rnatadi, DNS ma'lumotnomasi - domen ismlari serveri - NT tarmoqlarini internetga ulanishida foyda keltirarkan, va nihoyat, DHCP protokoli ma'lumotnomasi tarmoq kompyuterlariga IP - adreslarni avtomatik tarzda tayinlashida ishlatiladi. Idealga yaqin ma'lumotlarnomalar hizmati Banyan(Streettalk III mahsuloti) firmasi va Novell (NetWare Directory Services) firmasi tomonidan keltirilganlarda joylashgan, ular hamma tarmoq ilovalari uchun yagona ma'lumotnomani taklif qiladi. Tarmoq operatsion tizimlari uchun yagona ma'lumotnomalar hizmati borligi korporativlikning eng muhim belgilaridan biridir.
Havfsizlik. Korporativ tarmoq operatsion tizimlari uchun asosiy muhimligini ma'lumotlarni havfsizligi masalalari tashkil qiladi. Bir tarafdan, yirik masshtabli tarmoqlarda ob'yektiv ravishda sanksiyalanmagan ruxsat(kirish) uchun ko‘p imkoniyatlar mavjud, sabablariga quyidagilar kiradi: ma'lumotlarni demarkazlashtirish va “qonuniy” nuqtalarni katta taqsimlanganligi, foydalanuvchilar sonining ko‘pligi, shuningdek, tarmoqqa ulanishda sanksiyalanmagan nuqtalar sonining ko‘pligi kabilardir. Boshqa tarafdan, korporativ biznes - ilovalar korporatsiyaning butunligicha samarali ishlashi uchun muhim qiymatga ega bo‘lgan ma'lumotlar bilan ishlaydi. Shunday ma'lumotlarni himoyasi uchun har xil apparat vositalari qatorida korporativ tarmoqlarda himoya vositalarining operatsion tizimi tomonidan taqdim etilgan hamma spektrlari(saylangan yoki mandat ruxsat huquqlari, foydalanuvchilar autentifikatsiyasining murakkab protseduralari, dasturiy shifratsiya) ishlatiladi.
Windows NT operatsion tizimi xarkteristikasi - “Qaysi tarmoq operatsion tizimlari yaxshiroq” degan savol har doim, kompyuterga tegishli gazeta va jurnallarda juda ko‘p muhokama qilinadi.
Kimdir Windows NT - eng ideal ilovalar serveri deydi, m-n, Bill Geyts “Windows NT - UNIX” ning, UNIX ga qaraganda eng yaxshi varianti degan. (uni albatta tushunsa bo‘ladi).
Har bir o‘z fikrini bildirayotgan mualliflar, o‘quvchilarning hammasida narxi qimmat qurilmalar bir degan ishonch bilan gapiradilar.
Biz esa amaliy tajribalardan kelib chiqqan holda, asosiy tarmoq operatsion tizimlarini ya'ni Novell Netware 4.1, Microsoft Windows NT Server 4.0 va UNIX operatsion tizimlarni, ularni adminstrlash va real ko‘p platformali geterogen platformada ishlatish xususiyatlariga asoslanib, ularning asosiy siyosiy xarakteristikasini beramiz. Albatta, bu operatsion tizimlardan boshqa operatsion tizimlar ham ko‘p, ammo biz o‘zimizda, SNG davlatlari va Rossiyada ko‘proq foydalanilgan shu operatsion tizimlarni misol qilib oldik. Albatta, bu operatsion tizimlarning ham turli versiyalari mavjud, ba'zi hollarda ularni ma'lum ilovalar bilan ishlatish mumkin va x.k.lardir, ammo biz ularning umumiy xarakteristikasi bo‘yicha taqqoslaymiz. Va eng umumiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ularni ko‘rib chiqamiz.
Operatsion tizimlar asos xarakteristikalari. Bu uchala operatsion tizimlar ko‘p masalalidir. Ammo Netware da ko‘p masalalik-kooperativdir, shu bilan bir qatorda, jarayonlar serverda tizim yadro rejimida bajariladi (ya'ni jarayonlar xotirasi ximoyasi yo‘qdir).
XULOSA
Ushbu kurs ishida operatsion tizimlar bajaradigan vazifasiga, masalalarga ishlov berish rejimiga, tizim bilan bog‘lanish usuliga, qurish usullari bo‘yicha sinflarga ajratiladi. Vazifasiga qarab sinflarga ajratishda operatsion tizimlarning turlari ko‘pligi yaqqol tashlanadi. Chunki hisoblash texnikasi turlari qancha bo‘lsa, operatsion tizim turlari ham shunchadir: meynfreym operatsion tizimlar, server operatsion tizimlar, ko‘pprotsessorli, shaxsiy kompyuterlar uchun uchun, real vaqt operatsion tizimlar, mobil va boshqalar operatsion tizimlariga bo‘linadi.
Serverlar bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli foydalanuvchilarga xizmat qiladi va ularga o‘zaro dasturiy va apparat resurslarni bo‘lib olish imkonini beradi. Serverlar bosmadan chiqarish qurilmalari, internet va fayllar bilan ishlash imkonini yaratadi. Serverda Web-sahifalar saqlanadi va talablarga ishlov beradi, UNIX, Windows, Linux server operatsion tizimlariga misol bo‘la oladi.


Download 97.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling