Operatsion tizimlarda (Microsoft Windows) ishlash ko‘nikmalari
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Super kompyuterlar
- Katta kompyuterlar
Kompyuter
1 Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi , ma’lumotlarning razryad to`rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab besh guruhga bo`lish mumkin: ✓ super kompyuterlar (Super Computer); ✓ katta kompyuterlar (Manframe Computer); ✓ mini kompyuterlar (Minicomputer); ✓ shaxsiy kompyuterlar (PC - Personal Computer); ✓ bloknot kompyuterlar (Notebook). 1 Zamonaviy kompyuterlarning asosiy tavsiflari Super kompyuterlar – juda katta tezlikni talab qiladigan va kattahajmdagi masalalarni yechish uchun mo`ljallangan bo`ladi. Bunday masalalar sifatida ob – havoning global prognoziga oid masalalarni, uch o`lchovli fazoda turli oqimlarning kechishini o`rganish masalalari, global informatsion tizimlar va h.z. keltirish mumkin. Bu kompyuterlar bir sekundda 10 trilliardlab amal bajaradi. Super kompyuterlarning ma’lum yo`nalish masalalarini yechishga qaratilgan turlari ham mavjud. Katta kompyuterlar – fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga mo`ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi super kompyuterlarnikiga qaraganda bir – ikki pog`ona past. Zamonaviy kompyuterlarning asosiy tavsiflari 1 Mini kompyuterlar hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan katta kompyuterlardan kamida bir pog`ona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning o`lchamlari tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bu kompyuterlar avvallari asosan harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan va maxfiy hisoblangan. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling