Operatsion tizimlari


Kommutasiyalanadigan mahalliy tarmoqlarni qurish


Download 383.92 Kb.
bet8/9
Sana20.01.2023
Hajmi383.92 Kb.
#1104989
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
umid

Kommutasiyalanadigan mahalliy tarmoqlarni qurish
Ajratiladigan muhit ish tartibida kommunikasion kanaldan foydalanishga yondashish bir necha afzalliklarga ega, ulardan biri mahalliy tarmoq kommunikasion qurilmalarining oddiyligi hisoblanadi. Lekin, ajratiladigan muhitning mavjudligi ma’lum kamchilik - yomon masshtablanishga ham bog’liq, chunki tarmoqning unumdorliligi bog’lamalar sonining ortishiga proporsional kamayadi. Mahalliy tarmoqni masshtablanish muammosining yechimi segmentlarga bo’lish hisoblanadi, ulardan har biri alohida ajratiladigan muhit bo’ladi. Bunday mantiqiy segmentlashtirish mahalliy tarmoqlarni ko’priklar yoki kommutatorlar yordamida bajariladi. Mantiqiy strukturalash prinsipi oldingi boblarda ko’rib chiqilgan, bu paragrafda mahalliy tarmoqlarni ko’priklar va kommutatorlar asosida qurish va mantiqiy strukturalashning afzalliklari masalalari o’rganiladi.
Mantiqiy segmentlarga ajratilgan mahalliy tarmoqlar kommutasiyalanadigan mahalliy tarmoqlar deyiladi. Kommutasiyalanadigan mahalliy tarmoqlarning imkoniyatlarini to’g’ri tushunish va baholash uchun ajratiladigan ruxsat etish muhiti asosidagi tarmoqlarning afzalliklari va kamchiliklarini ko’rib chiqamiz.
Uncha katta bo’lmagan tarmoqlarni qurishda (ikkita-uchta o’nlab bog’lamalar) ajratilgan muhitdagi standart texnologiyalardan foydalanish tejamkor va samarador yechimlarga olib keladi, bu birinchi navbatda quyidagi xususiyatlarda namoyon bo’ladi:
tarmoqning oddiy topologiyasi bog’lamalar sonini nisbatan oddiy oshirishga imkoniyat beradi;
kommunikasion qurilmalar buferlarining to’lishi tufayli kadrlarning yo’qotilishi bo’lmaydi, chunki ajratilgan muhitga ruxsat etish uslubining o’zi kadrlar oqimini rostlaydi va kadrlarni o’ta tez hosil qiladigan stansiyalarini to’xtatib turadi;
protokollarning oddiyligi tarmoqdagi kommunikasion bog’lamalarning (tarmoq adapterlari, takrorlagichlar, konsentratorlar va boshqalar) va umuman tarmoqning past tannarxini ta’minlaydi.
Biroq, yuzlab va minglab bog’lamalardan tashkil topgan yirik tarmoqlarni bitta ajratiladigan muhit asosida, hatto Gigabit Ehernet kabi tezkor texnologiyada qurib bo’lmaydi. Birinchidan, Ehernet ga ruxsat etish uslubida o’ziga xos xususiyatlari bilan shartlanadigan tarmoqning maksimal uzunligiga cheklashlar mavjud. Ikkinchidan, ajratiladigan muhitdagi bog’lamalar soniga cheklashlar mavjud, ya’ni Ehernet oilasidagi barcha texnologiyalarda 1024 ta, Token Ringda 260 ta, FDDI da esa 500 ta bog’lama bo’lishi mumkin. Ajratiladigan muhitli mahalliy tarmoqlarning asosiy muammosi o’tkazish xususiyati bo’yicha cheklashdir.
Ajratiladigan muhitli barcha mahalliy tarmoqlar texnologiyalariga (Ehernet, Token Ring va FDDI) tarmoqdan foydalanish koeffisiyenti ortganida ruxsat etishning ushlab turilishi (kechiktirilishi) qiymatining sifat jihatidan bir xil keskin ortish sur’ati xususiyatlidir. Tarmoqdan foydalanish koeffisiyenti keskin ortadigan bog’lamalar soni ularda ishlaydigan amaliy dasturlar turlariga bog’liq. Agar avval Ehernet tarmoqlar uchun 30 ta bog’lama bitta ajratiladigan segment uchun yetarlicha qabul qilinadigan son bo’lsa, unda bugun multimediali dasturlar katta ma’lumotlar fayllarini uzatayotgan vaqtda bog’lamalarning chegaraviy soni 5-10 tani tashkil etishi mumkin.
Konsentratorlaning tuzilmaviy qo`llanilishi
Konsentratorlarning tuzilmasiga qarab uning foydalanish sohasi farqlanadi va uni ko`rsatib beradi. Ishchi guruh konsentratorlarining barchasi ma`lum aniqlangan sondagi portlar bilan ishlab chiqiladi, korporativ konsentratorlar esa modulli ko`rinishda bo`ladi, bo`lim konsentratorlar esa oqim tuzilmali bo`ldi. Bunday bo`linish muhim hisoblanmaydi, va korporativ konsentratorlar sifatida modulli konsentratorlani ham qo`llash mumkin.
Konsentrator portlarini ko`pyatirish usullari
Bu juda sodda tuzilmaviy qo`llanish bo`lib, bu qurilma doimo keraksiz elementlar (masalan portlar, indikatsiya bo`limi va ta`minlash manbai) uchun alohida korpusni hosil qiladi. Chunki bu elementlarni band qilish foydasiz hisoblanadi. Odatda bu turdagi konsentratorlar faqat bir axborot almashnish muhitini hosil qilishi mumkin, va umumiy portlar soni 4-8 dan 24 tagacha o`zgartirish mumkin. Bitta port albatta tarmoq magistaraliga ulanish uchun ajratilgan bo`lishi shart (bu port AUI interfeysi bilan ishlaydi). Bu usl bilan ixtiyoriy fizik muhitdagi konsentrator portiga amaliy jihatdan murojaat qilish mumkin.
Ulanish usullari
1. modulli konsentratorlar;
2. oqimli konsentrator;
3. modul- oqimli konsentratorlar;
lokal tarmoqqa xizmat ko`rsatish
Xulosa

Download 383.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling