Operatsion tizimlarnig jarayonlari boshqaruvi
Rasm 7.2. Jarayon xolatining yanada to`liq diagrammasi
Download 55.07 Kb.
|
Operatsion tizimlarnig jarayonlari boshqaruvi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir martalik amallar (operatsiyalar)
Rasm 7.2. Jarayon xolatining yanada to`liq diagrammasi
Tizimda paydo bo`layotgan xar qanday yangi jarayon tayyorlik xolatiga tushadi. Operatsion tizim rejalashtirishning biror bir algoritmidan foydalanib, tayyor jarayonlardan birini tanlab, uni bajarilish xolatiga o`tkazadi. Bajarilish xolatida jarayon dasturiy kodini bevosita bajarilishi ro`y beradi. Jarayonning bu xolatidan uchta sabab bo`yicha chiqish mumkin: OT bu jarayonning faoliyatini to`xtatadi; U o`z faoliyatini ma’lum xodisa ro`y bermaguncha davom ettira olmaydi va OT uni “kutish” xolatiga o`tkazadi; Xisoblash tizimida uzilish ro`y berishi bilan (masalan, bajarilishga ajratilgan vaqt tugashi bilan taymerdan uzilish) uni tayyorlik xolatiga o`tkaziladi. Kutish vaqtlari tayyorgarlik xolatiga jarayon, kutilayatgan xodisa ro`y berishi bilan o`tadi va u yana bajarilish uchun tanlanishi mumkin. Keyinchalik rejalashtirish algoritmi xaqida so`z borsa, bizning modelda yana bir operatsiya qo`yiladi: bu jarayon prioritetini o`zgarishidir. Jarayonni yaratish va tugallash operatsiyalari bir marttalik operatsiyalardir, chunki ortiq qo`llanilmaydi ba’zi tizimli jarayonlar, xisoblash tizimi ishi vaqtida xech qachon tugallanmaydi. Jarayon xolatini o`zgarishi bilan bog`liq bo`lgan, ho u ishga tushirish yoki blokirovka bo`lsin, qoida bo`yicha Ko`p martalik xisoblanadi. Bir martalik amallar (operatsiyalar) Jarayonning kompyuterdagi murakkab xayot yo`li uni tug`ilishidan boshlanadi. Jarayonlar kontseptsiyasini qo`llovchi ixtiyoriy OT, jarayon yaratish vositasiga ega bo`lishi kerak. Eng oddiy tizimlarda (masalan, faqat bitta aniq ilova ishi uchun loyixalashtirilgan tizimlarda) xamma jarayonlar tizim satrida tug`ilishi mumkin. Murakkabroq operatsion tizimlar, jarayonlarni zaruriyat bo`yicha dinamik xolda yaratadilar. Operatsion tizim startidan so`ng, yangi jarayon tug`ilishi sababchisi bo`lib maxsus tizimli chaqiriq bajargan foydalanuvchi jarayoni yoki operatsion tizim bo`lishi mumkin, ya’ni natijada yana jarayon bo`lishi mumkin. Yangi jarayon tug`ilishiga sabab bo`lgan jarayon ota jarayon(parent process) deyiladi, qaytadan yangi yaratilgan jarayon–farzand jarayon deyiladi(child process). Farzand jarayon o`z navbatida yana yangi farzand jarayonni yaratishi mumkin va tizim ichida jarayonning geneologik daraxtini to`plamini xosil qiladilar, ya’ni geneologik o`rmon xosil bo`ladi. Download 55.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling