O’pkaning o’tkir yiringli kasalliklari o’pkaning stafilokokk destruktsiyas
Download 25.09 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv-elektrolit buzilishlarni bartaraf etish. Umumiy quvvatni oshiruvchi muolaja
- Qonning ivish xususiyatlarini va mikrotsirkulyatsiyani normallashtirish qonning reologik xususiyatlarini yaxshilaydigan preparatlar, antiagregantlar
- Oʻpka saratoni
Detoksikatsion muolaja. Siydik haydovchi preparatlar (laziks, gipotiazid va b.) orqali diurez stimulyatsiyasi yordamida vena qon tomiriga o’tkaziladigan infuzion (tuzli eritmalar) muolajani o’z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda detoksikatsiyaning birmuncha ta’sirchan, ekstrakorporal usullari – gemosorbtsiya, limfosorbtsiya, plazmoferez va qonni ultrabinafsha nurlatishdan foydalanilyapti.
Suv-elektrolit buzilishlarni bartaraf etish. Umumiy quvvatni oshiruvchi muolaja – gemotransfuziya, plazma, qonning oqsilli o’rinbosarlari, glyukozaning kontsentrlangan eritmalari ni quyish, anabolik preparatlar, temir preparatlarini va vitaminlarni qo’llashdan iborat. 7. Immunitetni oshiruvchi muolaja. Stafilokokk anatoksini quyidagi sxemaga ko’ra yuboriladi: 3 kunlik tanaffus bilan 10 in’ektsiya – 0,1, 0,2, 0,3 ml va h. k. Antistafilokokk giperimmun zardob 100-150 ml 3-5 marta. Antistafilokokk gammaglobulin (mushak orasiga) 5 ml 8-10 marta kun ora. T-aktivin. Dekaris 50 mg kunora 3-5 kun ichida. Prodigiozan in’ektsiyasi 30 kungacha: 0,2, 0,5, 0,6, 0,7, 1,0 mg. Metiluratsil 0,5 mg kuniga 2 marta 10-15 kun mobaynida. Qonning ivish xususiyatlarini va mikrotsirkulyatsiyani normallashtirish qonning reologik xususiyatlarini yaxshilaydigan preparatlar, antiagregantlar (reopoliglyukin, aspirin, kurantil, trental) qo’llash. O’pkadagi og’ir destruktiv jarayonlarda DVS sindromining dastlabki ko’rinishlari borligini hisobga olib, antiferment-krioplazma bilan kompleks muolaja tadbirini o’tkazish tavsiya etiladi (100 ming birlik kontrikal venaga, 5 ming birlik geparin teri ostiga sutkasiga 4 marta, yangi muzlatilgan zardob). Oʻpka saratoni — oʻpka toʻqimalarida xavfli va xavfsiz hujayralar oʻsishi bilan tavsiflanadigan oʻpka kasalligi hisoblanadi. Oʻpka saratoni bronx epiteliysining metaplaziyaga uchrab, yassi shaklga aylangan xujayralardan paydo boʻladi. Oʻsma koʻprok, oʻng oʻpka va uning yuqori boʻlaklarida uchratish mumkin. Bosh va segmentar bronxlardan chiqadigan xavfli oʻsmalar markaziy saraton, mayda segmentar bronxlar va bronxiolalardan chiqadigan oʻsma lar sirtqi periferik saraton deb ataladi. Oʻpka saratonining 60%ini markaziy, 40%i sirtqi shakllaridagi uchraydi. Vaqt oʻtishi bu xavfli hujayralar oʻzidan koʻpayishi kengayishi, gematogen yoʻl bilan qon orqali — yaqin atrofdagi toʻqimalarga yoki tananing boshqa, uzoqroq qismlariga metastaz berishi mumkin. Birlamchi oʻpka saratoni deb nomlanuvchi oʻpka ichidan kelib chiqadigan saratonlarning aksariyati karsinomalar hisoblanadi. Ikki asosiy tur — kichik hujayrali o'pka karsinomasi (NSCLC) va katta hujayrali oʻpka karsinomalari (KHDAK) farqlanadi. Eng koʻp uchraydigan saraton alomatlari bu — yoʻtal (qonli yoʻtal), ozib ketish, nafas qisilishi va koʻkrak qafasidagi ogʻriqlar hisobalanadi. Oʻpka saratoni holatlari kelib chiqishining katta qismi (85%) uzoq muddatli tamaki chekish bilan bogʻliq. Saratonning 10-15% holatlari hech qachon chekmagan odamlarda uchragani kuzatilgan. Bunday holatlar koʻpincha genetik omillar kombinatsiyasi yoki havo ifloslanishining shakllari taʼsirida yuzaga keladi. Oʻpka saratoni koʻkrak qafasi rentgenogrammasida va kompyuter tomografiyasida (KT) aniqlanishi mumkin. Tashxis odatda bronxoskopiya yoki KT xulosasi bilan amalga oshiriladigan biopsiyada tasdiqlanadi. Kasallikni oldini olishning asosiy usuli xavf omillaridan biri hisoblanmish chekishdan voz kechish[. Saratonni davolash natijalari: saraton turiga, bosqichiga (tarqalish darajasi) va insonning umumiy holatiga bogʻliq. Aksariyat hollarda kasallikni davolash imkonsiz[14]. Umumiy davolash usullariga jarrohlik yoʻli bilan davolash, kimyoterapiya va radioterapiyani kiradi.2020-yilda butun dunyo boʻylab oʻpka saratoni 2,2 million kishida aniqlangan boʻlsa ulardan 1,8 million kishi bu kasallik tufayli vafot etgan. Bu erkaklar va ayollarda saraton bilan bogʻliq oʻlimning eng keng tarqalgan turi hisoblanadi. Oʻpka saratoni tashxisi qoʻyilganlarning oʻrtacha yoshi 71 yoshni tashkil qiladi. Koʻpgina mamlakatlarda saraton tashxisi qoʻyilgandan keyin taxminan 10-20% odamlargina 5 yildan ortiq umr koʻrishgan Download 25.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling