Optik aloqa tizimlari haqida umumiy ma’lumotlar
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
optik aloqa 051-19
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL- XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Optik aloqa tizimlari Mustaqil ish Mavzu: Abonent ulanuvchi optik aloqa tarmoqlari Bajardi: 051-19 guruh talabasi Qodirova Laylo Toshkent 2023 Mavzu: Abonent ulanuvchi optik aloqa tarmoqlari Reja: I. Kirish 1. Optik aloqa tizimlari haqida umumiy ma’lumotlar. 2. Optik aloqa tizimlarining tuzilishi va uni tashkil etish usullari. 3. Optik aloqa tizimlarida liniyalarni zichlashtirish usullari. II. Xulosa III. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Insoniyat taraqqiyotida aloqa, xususan, optik aloqa (OA)ning roli katta boigan, bunga sabab yorugiik nurining tarqalish tezligining juda yuqoriligi (3 *10 8 m/s), to‘g‘ri chiziqli tarqahshi va boshqa xususiyatlaridir. Axborotlarni uzatish uchun yorugiik nurining qo’llanilishi uzoq tarixga ega. Dengizchilar axborotlarni uzatish uchun signal lampalarini qoilaganlar, mayoqlar esa ko‘p asrlar davomida dengizchilami xavf-xatardan ogohlantirgan. XVIII asrning 90-yiharida I.P. Kulibin (Rossiya) va K. Shapp (Fransiya) bir-biridan bexabar optik telegraf ixtiro qilishgan. Bu optik telegraf quyosh nurini ko‘zguIar yordamida qaytarish asosida ishlagan.Axborotlarni masofaga uzatishda yorug'lik nurining qulayligini sezgan amerikalik ixtirochi Aleksandr Grexem Bell 1882-yilda fokuslantirilgan quyosh nurini qo‘llab, Vashingtonda ikki bino tomi o‘rtasida optik telefon (fotofon) aloqasini o‘matgan. U o‘zining qurilmasi yordamida ovozni nur orqali 200 metr masofaga uzatgan. Bu tizimlar atmosfera orqali to ‘g‘ri uzatishni ta’minlangan. Axborotlami ochiq atmosferada uzatish yaxshi natija bermadi. Bunga sabab atmosferadagi harorat, havo oqimi, changlar, tuman va hakozolar tinimsiz o‘zgarib turganhgi sababli ochiq havo yorug‘lik uzatuvchi muhit sifatida ishlashga yaroqsizligi va bu muammoning yechimi - axborotlami yorug‘lik uzatkich bo'ylab uzatish g‘oyasi olimlar tomonidan XX asming 60-yillarida aniqlandi. Bu g‘oya yaratilgunuga qadar olimlar bu borada tinimsiz ilmiy izlanishlar olib bordilar. Birinchi yorug‘lik uzatkichlar — XIX asming 70-yillarida (1874— 1876-yillar) Rossiyada yaratilgan. 1905-yilda R. Vud «fizik optikada shisha yoki eng yaxshisi kvars tayoqcha devorlaridan «ichki qaytishni» qo'llab, yorug'lik energiyasini katta yo‘qotishlarsiz bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga o‘tkazish mumkin, deb yozgan. 1920 — 1930-yillari Germaniyada elektromagnit to'lqinlarni shaffof yorug‘lik o‘tkazgichlar orqali uzatish bo‘yicha ishlar olib borildi (O. Shriver, U. Bregg). 1927-yili Bayrd (Angliyada) va Xanzell (AQSHda) televideniyeda tasvirlarni uzatish uchun juda ko‘p tolalar ishlatish kerak, degan g‘oyaga keldilar.Shu tarzda, o‘tgan asrning 50- yillarigacha tasvirlarni ingichka yorug'lik uzatkich orqali uzatish g‘oyasi, ya’ni tolali optika g‘oyasi rivojlanib bordi. 1951-yilda tolali optik aloqa rivojlanishining yangi bosqichi boshlandi: Van Xiil (Gollandiyada), Kapani va Xopkins (Angliyada) bir-biridan bexabar tasvirlarni uzatish uchun shisha tolalarning mustahkam sozlanuvchan jgutlarini yaratish va ular yordamida tasvirlarni uzatish qonuniyatlarini tadqiq etish bo‘yicha ish boshladilar. 2.Istalgan aloqa tizimining asosiy vazifasi axborotlarni bir punktdan boshqasiga uzatishdan iborat. Optik to‘lqin va signallar yordamida axborotlarni m a’lum m asofalarga uzatishga m o‘ljallangan, boshqacha aytganda, optik signallarni shakllantirish, qayta ishlash va uzatishni ta'minlovchi optik qurilmalar va optik uzatish liniyasi yig‘indisiga optik aloqa tizimi (OAT) deb ataladi. Optik aloqaning afzalliklari.O‘tkazish oralig‘ining kengligi. Bu tashuvchi chastotasining juda yuqoriligi 1014 — 1015 Hz bilan tushuntiriladi. Bitta optik tola bo‘ylab sekundiga bir necha terabit axborotlar oqim ini uzatish imkoniyati mavjud. 0 ‘tkazish oralig‘ining kengligi optik tolaning mis va boshqa axborot uzatish muhitlaridan ustun turuvchi eng muhim afzalligidir. Optik tolada yorug‘lik signallarining kam so‘nishi.Hozirgi kunda ko'plab kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan optik tolalar kanal kilometr hisobida 1,55 mkm to‘lqin uzunligida 0,2 — 0,3 dB/km so‘nishga ega. So‘nish va dispersiya qiymatlarining kichikligi optik signallarni liniya trakti bo‘ylab retranslyatsiyasiz 100 km va undan uzoq masofalarga uzatish imkonini beradi. Optik kabellarning yengilligi, hajmi va o‘lchamlarining kichikligi. Optik kabellar mis kabellar bilan solishtirilganda ancha yengil va hajmi kichik. Masalan, 900 juftli 7,5 sm diametrli mis telefon kabeli 0,1 sm diametrli bitta optik tola bilan almashtirilishi mumkin. Agar optik tola bir necha himoya qobiqlaridan iborat va bron po‘lat tasma bilan qoplangan bo‘lsa, bunday tola diametri 1,5 sm ga teng bo‘ladi, bu esa ko‘rilayotgan mis kabel diametridan bir necha marta kichik. Shovqindan yuqori darajada himoyalanganligi. Optik tola dielektrik materiallar — kvars, ko‘p tarkibli shisha, polimerlardan tayyorlanganligi uchun u elektromagnit nurlanishni induksiyalash xususiyatiga ega, atrofidagi mis kabelli tizim va elektr qurilmalarning (elektr uzatish liniyalari, elektrodvigatelli uskuna va boshqalar) tashqi elektromagnit shovqinlariga ta’sirchan emas. Aloqaning maxfiyligi. Tolali optik kabellar radioto‘lcfin diapazonida umuman nur uzatmasligi sababli, undan uzatilayotgan axborotni uzatib-qabul qilishni buzmasdan ruxsatsiz tashqi ulanishlarda eshitish juda qiyin. 3.Optik aloqa tizimlarining tasnifi. Optik signallar tarqaladigan uzatish muhitiga bogliq holda OAT ochiq optik aloqa tizimi va tolaii optik aloqa tizimlariga boiinadi. Axborotlar ochiq optik uzatish muhiti orqali uzatilsa, ochiq optik aloqa tizimi (OOAT), tolali optik uzatish muhiti orqali uzatilsa, tolali optik aloqa tizimi (TOAT) deyiladi. OOATda nurlanish manbalari elektromagnit toiqinlarni ochiq fazoga nurlantiradi. OOATining uzatuvchi muhiti o‘z navbatida uch turga boiinadi: atmosfera, kosmik va suvosti aloqa muhitlari. OATning asosiy yo‘nalishi TOAT hisoblanadi. TOATda elektromagnit nurlanishlarning tarqalish yoiini tashkil etish uchun maxsus optik yom giik uzatkich — optik tolalar qoilaniladi. Hozirgi vaqtda uzatish xarakteristikalari yuqori darajada boigan yom giik uzatkichlar, optik tolalar ishlab chiqilgan. Ammo axborotlarni ochiq fazo va atmosferada uzatishga asoslangan OOAT ham, radioaloqa uchun ajratilgan chastotalarni toidim vchi vosita sifatida qiziqishlarni namoyon etadi. Optik aloqa tarmog‘i bu tugunlar orasi optik uzatish muhiti orqali bogiangan aloqa tarm ogidir. Tugunlar orasi tolali optik uzatish muhiti orqali bogiansa, tolali optik aloqa tarm ogi, ochiq optik uzatish muhiti orqali bogiansa, ochiq optik aloqa tarm ogi deb ataladi. Qoilaniladigan modulyatsiya turiga ko‘ra analog va raqamli OAT ga bo‘linadi. Analog OAT da modulyatsiyaning analog usullari: amplituda, chastota va faza modulyatsiyasi turlari qoilaniladi. Optik nurlanish manbalarining yuqori nochiziqliligi va analog uzatish uchun talab etiladigan shovqin bardoshlilikni ta'minlash texnik murakkabligi sababli analog OAT dan foydalanish chegaralangan. Shunga qaramay bir qator sohalar (optik kabelli televideniye, telemetriya, operativ va xizmat aloqa tizimlari)da qo‘llaniladi. Vazifasi va signallarning uzatish masofasiga ko‘ra, OAT magistral, mintaqaviy, mahalliy-shahar va qishloq aloqa tizimlariga bo'linadi. Magistral OAT signallarni 1000 km ga, mintaqaviy OAT signallarni 600 km ga uzatish, shahar OAT shahar telefon tarmog'ining bog‘lovchi liniyalarini zichlashtirish uchun xizmat qiladi. 3.1. Ikki tomonlama tolali optik aloqa tizimini tashkil etish usullari. Ikki tomonlama tolali optik aloqa tizimini tashkil etishning quyidagi usullari mavjud: — ikki tolali, bir polosali, bir kabelli (to'rt o'tkazgichli, bir polosali, bir kabelli); — bir tolali, bir polosali, bir kabelli (ikki o‘tkazgichli, bir polosali, bir kabelli); — bir tolali ko‘p polosali bir kabelli yoki to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan tizimlar.TOAT ning tuzilish sxemasida faqat uzatishning bir yo‘nalishi ko'rsatilgan. Bunday tuzilishda optik signallarni uzatish va qabul qilish ikki tola bo‘ylab (2-rasm), bitta to‘lqin uzunligida amalga oshiriladi. Har bir optik tola ikki simli fizik zanjirga o‘xshaydi, chunki kabelning optik tolalari orasida o‘zaro o‘tishlar bo‘lmaydi. Shuning uchun, TOAT ning uzatish va qabul qilish traktlari bir kabelning ikki tolasi bo'ylab tashkil etiladi, ya’ni TOAT bir kabelli hisoblanadi. 2-rasm. Ikki tolali bir polosali bir kabelli TOAT sxemasi. Shu tarzda, keltirilgan tolali optik aloqa tizimini tashkil etish sxemasi ikki tolali, bir polosali, bir kabelli hisoblanadi. Ushbu aloqani tashkil etish sxemasining afzalligi — bu oxirgi va oraliq stansiyalarning uzatish va qabul qilish qurilmalarining bir turdaligidir. Kamchiligi esa optik tolaning o‘tkazish qobiliyatidan samarali foydalanish koeffitsiyenti juda kichik. Kabel qurilmalariga ketadigan xarajatlar optik aloqa tizimlari narxining katta qismini tashkil etishini, optik kabel narxi yetarli darajada qimmatliligini hisobga olsak, optik toladan bir vaqtda katta hajmdagi inform atsiyalarni uzatish hisobiga uning o'tkazish qobiliyatidan foydalanish samaradorligini oshirish masalasi yuzaga keladi. Bunga masalan, bitta optik tola bo'ylab qarama-qarshi yo‘nalishdagi signallarni uzatish hisobiga erishish mumkin.2- rasmda bir tolali, bir polosali, bir kabelli tolali optik aloqa tizimining tuzilish sxemasi ko‘rsatilgan. OT ni bir to ‘lqin uzunligida ikkala yo‘nalish signallari uchun qoMlanilishi, bu sxemaning xususiyati hisoblanadi. OAQ - optik ajratuvchi qurilma, yorug'lik toMqinlarining qutblanishini yoki optik nurlanishning yo'naltirilgan toMqinlari turini ajratishni amalga oshiradi. Qarama-qarshi ikki tomonlama signallarni uzatganda oqimlar orasida o'zaro o‘tish shovqinlari hosil bo’ladi. O‘tish shovqinlari OT va tarmoqlagichlardagi teskari sochilish, yorugMikni ulangan joylar va liniya oxiridagi ajraladigan ulagichlardan qaytishi natijasida vujudga keladi. Shovqin sathi va uning spektr tarkibi uzatilayotgan signalning uzatish tezligi, impuls formasi va liniya trakti parametrlari (optik tolaning so'nishi, toMqin uzunligi, sonli apertura, sindirish ko‘rsatkichlari)ga bog’liq. Xalqaro Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 1 200 Gbit/s.ni tashkil etib, kommutatsiya markazi orqali 750 Gbit/s tezlikda Internet tarmog‘iga chiqish imkoniyati yaratildi va tarmoqning yuklanish darajasi 76,6 foizni tashkil etdi. 2020 yilning 1 yanvaridan operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarif o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34 foizga arzonlashtirilib, 1 Mbit/s uchun 56,0 ming so‘mni tashkil etdi. Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 22 mln.dan ortdi, shundan mobil Internet foydalanuvchilari soni 19 mln.ni tashkil etdi. Respublika bo‘yicha 237 ta ob’ektda magistral telekommunikatsiya tarmoqlari kengaytirilib, telekommunikatsiya uskunalari modernizatsiya qilinib, magistral telekommunikatsiya tarmoqlari o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyatlararo darajada 200 Gbit/s.ga, tumanlararo darajada esa 40 Gbit/s.ga yetkazildi. Shuningdek, “Optik tolali aloqa liniyalarini qurish” loyihasi doirasida respublika bo‘yicha 10,0 ming km. optik tolali aloqa liniyalari qurilib, umumiy uzunligi 36,6 ming km. ga yetkazildi. Mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida 2 017 ta mobil aloqa baza stansiyasi o‘rnatilib, ularning umumiy soni 26 mingtadan ortdi va respublika aholi maskanlarini mobil aloqa bilan qamrovi darajasi 96 foizga va mobil Internet tarmog‘iga keng polosali ulanish qamrovi darajasi 70 foizga yetkazildi. Internet tarmog‘iga keng polosali simli ulanishni kengaytirishni amalga oshirish doirasida operatorlar va provayderlar tomonidan 786 mingta port montaj qilindi va umumiy keng polosali tarmoqqa ulanish portlari soni 1,9 mln.ga yaqin yetkazildi. Servis, turizm, savdo va umumiy ovqatlanish ob’ektlarining jozibadorligini oshirish maqsadida barcha diqqatga sazovor joylar, ziyoratgohlar, temir yo‘l vokzallari, aeroport, turistik ob’ektlar hamda Toshkent metropolitenining barcha ob’ektlarida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, telekommunikatsiya operator va provayderlari tomonidan 685 dan ortiq Wi-Fi tarmog‘i orqali Internetga ulanish nuqtalari ishga tushirildi. 2020-yil axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi uchun, shubhasiz, sermahsul bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘tgan yilda telekommunikatsiya infratuzilmani rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar va qator yirik loyihalar amalga oshirildi. Optik tolali aloqa liniyalarini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda. 2018-yilda optik tolali tarmoqlarning umumiy uzunligi 26,6 ming kilometrni tashkil etgan bo‘lsa, 2020-yilda esa 68,6 ming kilometrgacha yetkazildi. Joriy yil oxiriga qadar esa ushbu ko‘rsatqichni 118,6 ming kilomertgacha yetkazilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda 1 millionta Internet tarmog‘iga keng polosali ulanish portlari o‘rnatilib, ularning umumiy soni 3 millionga yetkazildi. 2021-yil oxiriga qadar portlarning soni 3,9 milliongacha yetkaziladi. Majvud bo‘lgan ishlab chiqarish quvvatlarni modernizatsiya qilish ishlari natijasida Xalqaro Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 10 baravar o‘sib, 1 200 Gbit/s. gacha yetkazildi. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyat markazlari darajasida 2 barobarga, tuman markazlari darajasida esa 4 barobar oshdi. Mobil aloqa tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha ham jadal ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda Respublika bo‘yicha 31,7 mingdan ortiq mobil aloqa baza stantsiyalari mavjud bo‘lib, aholi punktlarni mobil aloqa bilan qamrash darajasi 98 foizgacha yetkazildi. Joriy yilda mobil aloqa baza stantsiyalari sonini 33,7 minggacha yetkazilishi va mobil aloqa bilan qamrov darajasini 99 foizgacha ko‘tarilishi rejalashtirilgan. Ijtimoiy soha obyektlarini yuqori tezlikdagi Internet bilan ta’minlash doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Respublikada 10 154 ta umumta’lim maktablari, 5 781 ta maktabgacha ta’lim muassasalari va 3 527 ta sog‘liqni saqlash ob’ektlari mavjud bo‘lib, joriy yil 1 dekabr holatiga 7 150 ta (70 foiz) xalq ta’limi, 4 581 ta (80 foiz) maktabgacha ta’lim muassasalari va 2 747 ta (78 foiz) sog‘liqni saqlash ob’ektlariga jami 12 867 kilometr optik tolali aloqa liniyalari tashkil etilgan va yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati yaratilgan. Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishi, o‘z navbatida, munosib ravishda ma’lumotlarni saqlash quvvatlarni talab etadi. Shu maqsadda 2020-yilda 5 Petabaytga sig‘imli Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi ushga tushirildi. Mazkur choralar, birinchi navbatda, asosiy vazifani amalga oshirishga qaratilgan, ya’ni keng ko‘lamli raqamli islohotlarni amalga oshirishga imkon beradigan barqaror va zamonaviy texnologik platformani yaratish. Xulosa: Men bu mustaqil ishda telekomunikatsiya tarmoqlarida qo’llaniladigan eng asosiy tarmoq bo’lgan optik tolali aloqa tarmoq haqida malumotga ega bo’ldim. Optik aloqa tarmog’ining rivojlanish tarixi,uning avfzalliklari,tehnalogiyalari kabi hususiyatlarini o’rgandim.O’zbekistonda ham optic aloqa tarmo’gi bosqichma-bosqich rivojlanmoqda.dastlabki yillarda viloyatlar o’rtasida optic tarmoq hosil qilingan bulsa bugungi kunga kelib har bir xonadonga optic tarmoq tortilmoqda.Bu esa aloqa sohasini yanada rivojlanishiga va insonlarni bu sohaga qiziqishi ortmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: Enternet sayti www.ziyouz.com sayti. OPTIK ALOQA ASOSLARI N. Yunusov, R. Isayev, G.X. Mirazimova Toshkent 2014 Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling