Optik aloqa, uning afzalliklari va qo‘llanish sohalari
Texnik ekspluatatsiya va boshqarish tizimini tashkil etish
Download 218.41 Kb.
|
Optik Aloqa tizimlari 3-Mus Shukurullayev D tayyori
Texnik ekspluatatsiya va boshqarish tizimini tashkil etishTexnik ekspluatatsiya tizimi (TET), dasturiy – texnik vositalar, texnik xodimlar va TEOga texnik xizmat ko'rsatish usullari va algoritmlari majmuasi sifatida, TEOni talab darajasida sifatli va samarador ishlashini ta'minlashi kerak. Operativ - texnik hujjatlarda ko'zda tutilgan, boshqarish bo'yicha ishlar majmuasi operativ – texnik boshqarish tizimi (OTBT)ni tashkil etadi. XTXK strategiyasi jarayonlari quyidagilar hisoblanadi: - TEO texnik holatini uni funksional ishlatish joyida nazorat qilish; TXK bo'yicha ishlarning mazmunini va xajmini aniqlash; - qayta tiklanishdan so'ng TEO holatini NTXga mosligini nazorat qilish; ishlatishdan oldin montaj qilish va tekshirish. Ikkala TXK strategiyalarini taqqosiy tahlil qilish, texnik ishlatish koeffitsientlarining qiymatlarini hisoblash va taqqoslash yo'li orqali amalga oshirilishi mumkin. TEO ning quyidagi ko'rsatkichlari ma'lum: Т0 – rad etgunga qadar ishlash; Тtxk – TXK davri; tтхк– TXK vaqti; tт – rad etish yuzaga kelganda qayta tiklash vaqti. TEO ning rad etmasdan ishlash ehtimolligi eksponensial qonunga bo'ysunadi U holda XTXK strategiyasida texnik ishlatish koeffitsienti Kти1 Т01 expTтхк /Т0 . Т0 т 1 expTтхк /Т0тхкTтхк /Т0 TEO qurilmalariga TXK bo'yicha tadbirlar davriyligi uning murakkabligi, TXK usullari va strategiyalarining turi bo'yicha aniqlanadi va quyidagi uch prinsipda belgilanadi: Kalendar prinsipi, TXK bo'yicha tadbirlar, rad etgunga qadar ishlashga bog'liq bo'lmagan holda, ma'lum bir vaqt (kun, hafta, oy, kvartal, yarim yil, yil) davomida belgilanadi. Bu prinsipda o'tkaziladigan tadbirlar profilaktik texnik xizmat ko'rsatish (PTXK) deyiladi va TXK ning profilaktik usuliga mos keladi. Vaqt prinsipi, vaqtga bog'liq bo'lmagan holda TEOni NTXda belgilangan vaqtgacha rad etmasdan ishlashiga erishilgandan so'ng, TXK bo'yicha ishlar amalga oshiriladi. Bu prinsipda o'tkaziladigan TXK ishlari reglamentli deyiladi va odatda rad etish eskirishlar (lazer diodlari, ko'chkili fotodiod, optik kuchaytirgichlar va boshqalar) sababli hosil bo'ladigan TEO uchun qo'llaniladi. Aralash prinsip, ishlarning ma'lum bir qismi belgilangan kalendar muddatlarda, qolgan qismi esa rad etguncha ishlashiga bog'liq holda bajariladi. Bunday TXK ba'zan reglament – profilaktik ishlar deyiladi. Umumiy foydalanish tarmoqlarida, bu tarmoqlarning mos keluvchi operatorlari tomonidan shaharlararo tarmoqlarning (ShT) va xududiy, regional tarmoqlarning (RT) TE tizimi tashkil etiladi. Aloqa operatorining birlamchi tarmog'ini boshqaruv tizimi birlamchi tarmoq holatining turli o'zgarishlarida, uning normal ishlashini, ikkilamchi tarmoq va boshqa foydalanuvchilar qiziqishlarida uning hamma imkoniyatlarini samarali ishlatish, uzatish kanali va traktlarini qayta tiklash vaqtini qisqartirish va texnik xodim mehnatini samaradorligini oshirishni ta'minlaydi. Aloqani boshqarish tizimining asosi telekommunikasiyalarni boshqarish tarmog'i – TBT (Telesommunisation Management Network - TMN) hisoblanadi. Tarmoqni boshqarish (menejement) tarmoq administratori tomonidan tarmoqni ma'muriy boshqarish vazifasini bajarishdan iborat, masalan, tarmoq konfiguratsiyasini shakllantirish, tarmoq resurslari bilan ishlash, tarmoqqa ulanish huquqlarini boshqarish va boshqa vazifalar. Telekommunikatsiyalarni boshqarish tarmog'i va aloqa tarmog'i o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik Tarmoqni boshqarish tizimi: 1-konfiguratsiyani boshqarish; 2-nosozliklarni bartaraf etishni boshqarish; 3-uzatish sifatini boshqarish; 4-hisob-kitoblarni boshqarish; 5-axborotlarni himoyalashni boshqarish Eng quyi sath – tarmoq elementlari sathi (Network Elements Layer) tarmoq ob'ektlari bo'ylab taqsimlangan komponentlar orqali hosil qilinadi. Ikkinchi sath – tarmoq elementlarini boshqarish sathi (Elements Management Layer - EML) tarmoq elementlari holatini nazorat qilish, ularni ish parametrlarini tasvirlash, texnik xizmat ko'rsatish, testlash va tarmoq elementlarining konfigurasiyalash vazifalarini bajaradi. Uchinchi sath – tarmoqni boshqarish sathi (Network Management Layer - NML), turli tarmoq elementlari va ularning resurslarini umumiy moslashgan boshqaruvini amalga oshiradi. To'rtinchi sath - xizmatlarni boshqarish sathi (Service Management Layer-SML), foydalanuvchilar bilan o'zaro bog'lanish (munosabatda bo'lish) uchun mo'ljallangan, masalan, foydalanuvchilarga talab etiladigan xizmat turini belgilash, uning sifatini, xizmat narxini va vaqtini aniqlash. Beshinchi sath – biznes - boshqaruv sathi (Busines Management Layer-BML), aloqa xususiyatiga ega bo'lmagan korxonalar uchun. Asosiy funksiya va ularni amalga oshiruvchi bloklarga to'xtalamiz: OSF (Operations System Function) operasion tizim funksiyasi (OTF) yoki o'zaro munosabatda bo'lish funksiyasi (O'MF) – TBTning logik ob'ekti; MF ( Mediation Function) – o'zaro munosabatda bo'lish qurilmasining funksiyasi (logik ob'ekt) yoki o'zaro munosabatda bo'lish funksiyasi tuguniga mos keladi; NEF – tarmoq elementi funksiyasi – raqamli tarmoqning logik elementi doirasidagi funksiya bo'lib, RUT bazasida tarmoqning transport xizmatlarini qo'llab-quvvatlaydi, masalan: multipleksorlash, almashlab ulash, regeneratsiyalash NEF blokida amalga oshiriladi; QAF – Q adapterining QA funksiyasi bo'lib, QAF blokida amalga oshiriladi, u logik elementlarni TBTga ulaydi; WSF – ishchi stansiya funksiyasi, WS bloki yordamida amalga oshiriladi. Ulanish joylarining turlari TBTning informasion arxitekturasi o'zida quyidagi asosiy tushunchalarni mujassam etgan: Ob'ektlar – boshqariladigan kommutatsion stansiyalar, uzatish tizimlari va boshqalarni ta'riflash vositasi. Menedjer (M) - dasturli logika (boshqaruvchi dastur) yoki tarmoqni boshqarish funsiyasini bera oladigan va avavriya va ishchi xarakteristikalar xaqidagi axborotlarni qabul qila oladigan, ABFning bir qismi. Agent (A) – dasturiy logika ABFning bir qismini namoyon etadi, u menedjer tomonidan beriladigan, tarmoqni boshqarish operasiyalariga chaqiriqni amalga oshirish imkoniyatiga ega va boshqariluvchi ob'ektlar nomidan xabarlarni berib, boshqariluvchi ob'ektlar bilan operasiyalarni bajaradi Agent va Menedjer o'rtasidagi barcha axborot almashinuvlari o'zaro munosabat protokoli, CMIP (Common Management Information Protocol) vositasida ro'y beradi. Download 218.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling