Optik dalnomerlarda masofani aniqlash teng yonli mfn 42
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
NewPDF 2020.06.13 14 47 59
Optik dalnomerlarda masofani aniqlash teng yonli MFN (42- a rasm) uchburchaklarni yechishga asoslangan. D masofa parallaktik — kichik b burchak va uning qarshisida yotadigan baza b tomon orqali aniqlanadi. Masofa aniqlashda b yoki b qiymatlardan biri doimiy bo‘ladi, ikkinchisi esa o‘lchanadi. Shunga qarab: a) doimiy burchakli va o‘zgaruvchan bazali dalnomerlar; b) o‘zgaruvchan burchakli va doimiy bazali dalnomerlar bo‘ladi.
Optik dalnomerlardan eng ko‘p tarqalgani doimiy parallaktik burchakli ipli dalnomerdir. Bunday dalnomer hamma geodezik asboblarning ko‘rish trubalarida bo‘lib, ikkita dalnomer iplari deb ataladigan shtrixlardan iborat (42- b rasm). Ular dalnomer reykalari bilan birgalikda masofa o‘lchash imkonini beradi. A nuqtaga asbob o‘rnatilganda uning trubasi dalnomer iplarining m va n nuqtalaridan chiqqan nurlar obyektivda sinib, oldingi fokus F1 dan b burchak ostida o‘tadi va B nuqtaga o‘rnatilgan reykaning M va N nuqtalarini ko‘rsatadi. Bu nuqtalar oralig‘iga to‘g‘ri keladigan kesma l dalnomer sanog‘i bo‘ladi. Ipli dalnomerda b burchak doimiy bo‘lganligi uchun dalnomer sanog‘i D masofa o‘zgarishiga bog‘liq. 42- b rasmga ko‘ra: Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling