Optik liniya terminali ma’lumot uzatish trafigi parametrlari analitik ifodalari va modeli annotatsiya
Download 18.34 Kb.
|
Hujjat (3)
Asosiy qism
Trafik oqimi Navbat tizimini tavsiflashda muhim vazifa kiruvchi va hizmat ko‘rsatuvchi so‘rovlar oqimini tavsiflashdir. OLT dagi kirish so‘rovlari sifatida biz Ethernet kadrlarining tizimga kelishi boshlanishini ko‘rib chiqishimiz kerak. Kiruvchi so‘rovlar orasidagi intervallar tasodifiy kirish oqimlarini yaratadi, ularni qo‘shni so‘rovlarning kelishi o‘rtasidagi vaqt taqsimoti bilan tavsiflash mumkin. Trafikning matematik ifodasi, o‘rtacha hizmat ko‘rsatish vaqti bo‘yicha tasodifiy sonli so‘rovlarning ehtimolini taqsimlash funktsiyasidir. Keng ko‘lamli tadqiqotlarshuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda multiservis tarmoqlarida ko‘pchilik tarmoq trafik oqimlari o‘ziga o‘xshshlik Hurst parametrini masofaning uzoqliligiga bog‘liqligi bilan tavsiflanishi mumkin. Hurst parametri o‘ziga o‘xshashlik o‘lchovini ifodalaydi. Stoxastik jarayonlarda o‘ziga o‘xshash jarayonlarning Hurst parametrini (H) baholashning bir necha usullari mavjud. Biroq, qaysi usul eng yaxshi natija berishi haqida hech qanday mezon yo‘q. Hurst parametrinibaholashning bir necha xil usullari mavjud bo‘lib, ular turli natijalarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun H parametrini hisoblash mumkin emas, lekin uni taxmin qilish mumkin. Bunda H parametr qisqa masofaga bog‘liqlikda 0< H < H PON tizimlari Passiv optik aloqa tarmoqlari ovozli signal hizmatlari, standart va yuqori aniqlikdagi video (STV va HDTV) signal hizmtlari, videokonferensaloqa (interaktiv video) hizmatlari va ma’lumotlar trafigini almashish kabi turli hizmatlarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan. Passiv optik tarmog‘ida manbadan manzilgacha signal almashish liniyasida faol elementlar mavjud emas. Passiv optiktarmog‘i optik tolalar, ulagichlar va splitterlar kabi passiv optik komponentlaridan tashkil topgan. Passiv optik tarmog‘idagi barcha uzatishlar optik liniya terminali (OLT) va optik tarmoq qurilmalari (ONU) o‘rtasida amalga oshiriladi (1-rasm). OLT markaziy aloqa offisida (CO) joylashadi va optik kirish tarmog‘ini magitral tarmog‘iga (MAN) yoki butun jahon internet tarmog‘iga (WAN) ulaydi. ONU uy qurilmasi 𝑀 = - uygacha optik tola (FTTH) arxitekturasiga asoslanib optik tola yotqizilgan uyda joylashadi va quyi bo‘g‘inga trafik oqimini qabul qiluvchi qurilma hisoblandi. OLT orqali uzatiladigan Ethernet paketlari passiv 1:N splitterdan o‘tadi va har bir ONUga yetib boradi. OLT MAC (Media AccessControl) protokoli yordamida hizmatlar o‘rtasida dinamik polasa kengligi taqsimoti va ustuvorlikni ta’minlaydi. Paketlar OLT tomonidan uzatiladi va ONU tomonidan ularning Media kirishni boshqarish (MAC) manzili asosida olinadi. PON OLT uskunasining asosiy funktsiyalarini to‘rt darajaga bo‘lish mumkin, bularfizik daraja,MAC daraja, paketlarni qayta ishlash va trafikni boshqarish darajalarga bo‘linadi. MAC darajasining funktsiyalari asosan signallarni kadrlarga ajratish, mediaga kirishni boshqarish, operatsiyalar, ma’muriyat va texnik hizmat ko‘rsatish (OAM), dinamik polasa kengligi ajratish (DBA), oldinga xatoliklarni tuzatish (FEC) va xavfsizlikni o‘z ichiga oladi. Hulosa Ushbu maqolada OLT qurilmasining passiv optik aloqa tarmog‘ining bir qismida trafik oqimi jarayonlarini tavsiflovchi analitik ifodalarini yaratishga qaratilgan. Tarmoq trafigini stoxastik jarayonlarni modellashtirish uchun cheklangan Pareto taqsimoti tanlandi va asoslandi. Natijalar turli trafik oqimlari uchun Pareto taqsimotining yuqori chegarasi funksiyasi sifatida chiqish oqimlaridaintervallar o‘zgarishi koeffitsientini taqdim etadi. Trafik intensivligi parametri internet protokoli asosida optik aloqa tarmog‘idan video trafik oqimi parametrlari va turli shakl parametrlari uchun kiruvchi so‘rovlar orasidagi interval vaqtining maksimal qiymati funksiyasi sifatida qabul qilindi. Olingan dastlabki natijalar transport oqimi parametrlariga qarab OLT jarayonlarini bashorat qilish uchun ishlatilishi mumkin. Download 18.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling