Optik tola turlari va standartlari, optik tolaning geometrik parametrlarini aniqlash
Download 423.5 Kb.
|
1-Optik tola turlari va standartlari, optik tolaning geometrik par
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
1-Аmaliy mashg‘ulot OPTIK TOLA TURLARI VA STANDARTLARI, OPTIK TOLANING GEOMETRIK PARAMETRLARINI ANIQLASH 2.1. Mashg‘ulotning maqsadi Optik tolaning turlari, standartlari, ularning geometrik parametrlarini o‘rganish va hisoblash ko‘nikmalariga ega bo‘lish. Nazorat savollari 1 Optik tolaning optik aloqa tizimidagi o‘rniga tafsiv bering. TОА tizimidа орtik tеbrаnishlаrni tаrqаlishini chеgаrаlоvchi vа yorug’lik enеrgiyasi оqimini bеrilgаn yo’nаlishdа yo’nаltiruvchi, uzаtish vа qаbul qilish qismlаrini bоg’lаb turuvchi muhit орtik tolalаr dеyilаdi. 2 Optik tolaning tuzilishini tavsiflang. Oрtik tоlа o’zаk vа qоbiqdаn ibоrаt bo’lаdi. Ulаr qiymаt bo’yichа bir-birigа yaqin turli sindirish ko’rsаtkichlаrigа egа. O’zаk uzаtuvchi muhit, qоbiq esа o’zi vа o’zаk оrаsidа chеgаrа хоsil qilаdi. Bu chеgаrа yorug’likni yo’nаltiruvchi fizik kаnаlni shаkllаntirib, u оrqаli signаl uzаtilаdi. qoplama Yorug’lik nuri O’zak 3. Optik tola qanday materiallardan tayyorlanadi? OT uchun asosiy material juda toza va tiniq kvars shishasi, kremniy ikki oksidi (S i02) hisoblanadi. Agar dengiz suvi shunchalik tiniq bo’lsa, u holda Tinch okeanida joylashgan 33,177 futli Mariana cho‘kmasining eng chuqur joyini ko‘rish mumkin bo’lardi . O‘zak va qobiqning kerakli sindirish ko‘rsatkichlarini olish uchun kvars shishasiga qo‘shimchalar qo‘shiladi. Masalan; germaniy va fosfor sindirish ko‘rsatkichini oshiradi, bor va ftor esa aksincha uni kamaytiradi. 4. Optik aloqa tizimida qo‘llaniladigan optik tolalarning qanday turlari mavjud? Ularga tafsiv bering. To‘lqin uzunligiga nisbatan o‘zak diametriga bog‘liq ravishda optik tolalar bir modali va ko‘p modaliga bo‘linadi. Bir modali optik tolalarda ko‘pincha o‘zak diametri 7 —10 mkm, ko‘p modali optik tolalarda esa 50 — 62,5 mkm bo‘ladi. Ikkala turda qobiq diametri 125 mkm ni tashkil etadi. Amaliyotda ko‘p modali va bir modali optik tola diametrlarining boshqa qiymatlari ham mavjud. Bir modali optik toladan faqat bir moda (yorug‘lik tashuvchi) uzatiladi. Download 423.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling