- Optimal modеllar, ishlab chiqarishni tashkil qilish da ularning optimal variantini topishga xizmat qiladi. boshqacha qilib aytganda, ular optimallik mеzonlari bo'yicha maqsad funksiyasiga maksimal yoki minimal qiymat bеra oladi.
- Agar maqsad funksiya musbat iqtisodiy omilni ifodalasa (masalan, foyda yoki daromad), u holda maqsad funksiyaning maksimum qiymati izlanadi, xarajatlarni kamaytirish masalalarida esa maqsad funksiyaning minimumini izlash kerak bo‘ladi.
- Noma’lumlarning sonli qiymatlari to‘plamini masalaning rejasi deyiladi. Cheklanishlar sistemasini qanoatlantiruvchi har qanday reja mumkin bo‘lgan reja deyiladi. Maqsad funksiyaga maksimum (yoki minimum) qiymat bera oladigan mumkin bo‘lgan reja, optimal reja deyiladi.
- Agar maqsad funksiya hamda cheklanishlar sistemasiga kiradigan noma’lumlarga nisbatan chiziqli bo‘lsa, u holda chiziqli dasturlash deyiladi. Agar maqsad funksiya yoki cheklanishlar sistemasi chiziqsiz ifodalardan tashkil topsa, u holda chiziqsiz dasturlash deyiladi.
- (1)-masalasining maqsad funksiyasi; (2), (3), (4)-masalasining chegaraviy shartlari; (5)-noma’lumlarning nomanfiylik sharti.
- Optimal dasturlash masalasining yoyilgan iqtisodiy-matematik modeli
- O‘zgaruvchilarning nomanfiylik sharti:
- Chiziqli dasturlashning umumiy masalasi ikkita usul yordamida hal etilishi mumkin.
- Birinchi usui - simpleks usuli yoki rejani ketma-ket yaxshilash usulidir.
- Ikkinchi usul - bu taqsimlash usulidir. Chiziqli dasturlashning bu usuli bajaradigan asosiy vazifa - transport masalasini bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |