Ko‘nikmalar:
O‘rta Osiyo xonliklarining rivojlanish xususiyatlari, o‘zaro bog‘liqligi, tarixiy jarayonlarning umumiy tomonlarini tahlil qilish;
ko‘rgazmali qurollar, rasmlar va xaritalar orqali shu davrning xarakterli xususiyatlarini ochib berish;
jamiyatda va dunyoda kechayotgan jarayonlarga o‘zining mustaqil munosabatini bildira olish;
darslik va berilgan hujjatlar asosida ayrim tarixiy voqealarga, tarixiy shaxslarga baho berish, qiyoslash;
tarixiy voqealarning kelib chiqish sabablari va oqibatlarini tahlil qilish, umumlashtirish, baholash, tarixiy hodisalar o‘rtasidagi aloqalarni bog‘lay olish;
Sharq va G‘arb mamlakatlari tarixining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlay olish;
insoniyat tarixidagi turli g‘oyalarning tutgan o‘rnini va ularning tarixiy jarayonlarga ta’sirini bilish.
Malakalar:
o‘rganilayotgan davrning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlab, boshqa davrlarning rivojlanish xususiyatlari bilan qiyoslay olish;
Vatanimizda sodir bo‘lgan tarixiy voqea, hodisalarni jahon tarixining muayyan davri bilan taqqoslash, bog‘lay olish;
berilgan savollar va jadvallarni to‘ldirish uchun mustaqil ravishda ma’lumot to‘plash;
xarita, ko‘rgazmali qurollar bilan mustaqil ishlay olish, tarixiy voqealar yuzasidan mustaqil mulohaza yurita olish, bayon qila olish, munozara va bahslarda faol ishtirok
eta olish;
tarixiy manbalarni mustaqil o‘rganish asosida xulosalar chiqara olish;
darslik matni yoki tarixiy hujjatlarni mustaqil o‘rganib, javoblar topa olish;
tarixiy voqealarning o‘zaro sabab-natijali bog‘lanishlarini tahlil qilish va xulosalar chiqara olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |