Iqtisodiy bilim asoslari fanidan o‘quv dasturi
Uqtirish xati
1999 yili Iqtisodiy bilim asoslari fanidan umumta’lim maktablari uchun Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari kabul qilin. O‘tgan davr ichida ta’limning keyingi akademik litsey, kasb –hunar kolleji va oliy o‘quv yurtlarida ham iqtisodiy yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari yaratildi.
Iqtisodiy bilim asoslari fani o‘quv dasturi bu fanning oldiga qo‘yilagan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchilarining ta’lim tayyorgarlik darajasi va o‘qitish mazmuniga qo‘yilgan, davlat ta’lim standartlari sharhlarida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni e’tiborga olgan holda tuzilgan. Iqtisodiy bilim asoslari fanining o‘ziga xos hususyatalaridan biri shuki, tushunchalar oddiydan - murakkablikka qarab uzviylik va uzluksizlik tamoyili asosida takrorlanib boradi hamda o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlaydi.
Dastur quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan boblardan tashkil topgan:
Zamonaviy iqtisodiyot, uning rivojlanish qonuniyatlari va tamoyillari.
Iqtisodiy qonunlar va tamoyillarni amaliyotda qo‘llay olish.
VIII-sinf: “Iqtisodiyotga kirish”, “Bozor”, “Oila va uy xo‘jaliklari iqtisodiyoti”, “Talab va taklif”, “Raqobat va bozor iqtisodiyoti”, “Soliq tizimi”.
IX-sinf: “Tadbirkorlik”, “Davlat va iqtisodiyot”, “Iqtisodiy o‘sish”, “Soliq turlari”, “Inflyatsiya va ishsizlik”, “Jahon iqtisodiyoti”.
Dastur 68 soatga mo‘ljallab tuzilgan bo‘lib, 8-9-sinflarda haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi.
Mashg‘ulotlarni olib borishda an’anaviy dars, amaliy mashg‘ulotlar, noan’anaviy dars shakllaridan foydalanish, bahslar o‘tkazish, O‘zbekiston qonunlari, Prezident asarlarini o‘rganish va ular ustida ishlash, o‘qitishning texnik sirlarini, kompyuter, informatsion texnologiyalarni qo‘llash, korxona, bank, birja, bozor, ko‘rgazma markazlari kabi qator muassasalarga ekskursiya tashkil qilish usullaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |