Optoelektron datchiklarning xarakteristikalarini o’rganish


Download 318.66 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.03.2023
Hajmi318.66 Kb.
#1279037
Bog'liq
Tranzistorli optojuftliklar



 
Optoelektron datchiklarning xarakteristikalarini
o’rganish. 
Optoelektron asboblar Optoelektron asbob deb elektr signalini optik signalga 
(nur energiyasi) o‘zgartiruvchi, bu energiyani indekatorlarga yoki fotoelektrik 
o‘zgartkichlarga uzatuvchi asboblarga aytiladi. 
1-rasm. Optronni tuzilishi. 
1- Chiqishlar; .2 - Fotoqabul qilgich; 3-Korpus; 4-Optik muhit; 5-
Svetodiod 
Ko‘p tarqalgan optoelektron asboblardan biri optrondir. Optron nurlanish 
manbasi va qabul qilgichdan tuzilgan bo‘ladi. Bu ikkalasi bir korpusga 
joylashtirilgan va bir biri bilan optik va elektr bog‘liklikka ega bo‘ladi. Elektron 
qurilmalarni optronlar aloqa elementi funksiyasini bajaradi, bunda ma‘lumot optik 
nurlar orqali uzatiladi. Buning hisobiga galvanik bog‘lanish bo‘lmaydi, va elektron 
uskunalarga salbiy ta‘sir etuvchi qayta bog‘lanishlar bo‘lmaydi.
Optronlar ma‘lumot to‘plash va saqlash qurilmalarida, registorlarda va 
hisoblash texnikasi qurilmalarida qo‘llaniladi.
Zamonaviy optoelektrnonlarda nur chiqaruvchi sifatida svetodiodlar, foto 
qabul qilgich sifatida esa fotorezistorlar, fototiristorlar qo‘llaniladi.
Qo‘llanilgan foto qabul qilgich turiga qarab optronlar – fotorezistorli, 
fotodiodli, fototranzistorli va fototiristorlilarga bo‘linadi. 


2- rasm. Optronlarning shartli grafik belgilanishi 
a) rezistorli; b) diodli; v) fototranzistorli g) fototiristorli 
Fotoelektrik asboblarni belgilash tizimi: Fotoelektron asboblar harf-sonli 
kod bilan belgilanadi: - birinchi element xarflar; asbob guruxini bildiradi; fr–
fotorezistorlar, fd–fotodiodlar; - ikkinchi element harflar –asbobni tayyorlangan 
materialini ko‘rsatadi; GO – germaniy, GB – germaniy, legirlangan brom; GZ – 
germaniy legirlangan oltingugurt bilan; GK – germaniy kremniyli birikma; K-
kremniy; KG – kremniy legirlangan geliyli; RG- arsenidli galliy va x.k.
- uchinchi element –001 dan 999 gacha sonlar ishlab chiqarish nomeri
- to‘rtinchi element – harf, yarim o‘tkazgich fotoasboblar podgruppasini 
belgilaydi; u-Unipolyar fotorezistor, B – bipolyar fotorezistorlar, L – kuchkili 
fotodiodlar. Svsvlvn, FDGZ-001K – fotodiod, germaniyli, legirlangan 
oltingugurtli, ishlab chiqarilgan nomeri 001. 
3-rasm. Tranzistorli optoparalar 


4-rasm. Yerga ishlov berish agregatini avtomatik boshqarish tizimida 
o‘simliklar qatorini fotodatchik yordamida nazorat qilish sxemasi: 1,2-yorug‘lik 
manbai, 3,4-fotoqarshilik, 5,6-kuchaytirgichlar, 7,8-ijro mexanizmlari. 
Optoelektronik datchiklar qishloq va suv xo‘jaligida va sanoatda keng 
qo‘llanilib kelinmoqda. 2.30-rasmda yerga ishlov berish agregatini avtomatik 
bajarishda o‘simliklar qatorini nazorat qilish fatodatchikning sxemasi keltirilgan.
Ushbu datchik ishlov berish agregatining ikki tomonidan joylashtiriladi va 
ular yoruglik manbasidan (1, 2), fatoqarshilikdan (3, 4), kuchaytirgichdan (5, 6), va 
ijro mexanizmidan (7, 8) tashkil topgan. Qurilmaning ishlash prinsipi quyidagicha: 
agregatning chetga chiqishi sodir bo‘lsa, yorug‘lik manbasi bilan (1 yoki 2) 
fatoqarshilik (3 yoki 4) oralig‘ini o‘simlik to‘sib qoladi va bunda yorug‘lik nuri 
fotorezistorga tushmay qoladi. Natijada kuchaytirgich chiqishida (5yoki6) signal 
xolati o‘zgaradi va ijro mexanizmini (7 yoki 8) ishlab ketishga sabab bo‘ladi, yani 
ishlov berish agregati avtomatik ravishda xarakat qilishini tashkil etadi.
Bugungi kunda fotodatchiklar dalalardagi xashoratlar xarakatini va sonini 
aniqlashda, metroda xarakatlarni nazorat qilishda, ko‘cha yorugligini boshqarish 
kabi jarayonlarda qo‘llanilib kelinmoqda. 
 

Download 318.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling