Oq so‘yloq qissa g ‘afurG‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
'fut — uzunlik o‘lchovi, 30,48 santimetr
Download 40.05 Kb. Pdf ko'rish
|
Jek London. Oq so\'yloq (qissa)
'fut — uzunlik o‘lchovi, 30,48 santimetr.
2 funt — og'irlik oMchovi, 490,5 gramm. jo ‘nadi. Oq So'yloqning dovrug'i olamga ketgan edi. U «jangovor bo'ri» degan nom bilan shuhrat qozongan, shu bois palubada uning qafasi oldidan ishqivozlar arimasdi. U irillab tom oshabinlarga sapchir yoki ularga ochiqdan-ochiq nafrat bilan qarab yotardi. N ahotki, bu odam lar uning nafratiga sazovor bo'lm asa? Oq So'yloq o'zidan hech qachon bunday deb so'rolmas edi. U yolg'iz shu tuyg'uni bilar va o'zini butunlay shu tuyg'u izmiga lopshirgan edi. Hayot uning uchun turgan-bitgani azobga aylandi. Inson qo'liga tushgan barcha yirtqich hayvon singari u ham qafasda yashay olmasdi. Afsuski, u tutqunlik azobiga ko'nikishdan o'zga iloji qolmagandi. Bekorchi erm aktalablar Oq So'yloqni tom osha qilishar, panjara orasidan tayoq suqib jig'iga tegishardi, Oq So'yloq irillaganda masxara qilib kulishardi. M ana shu odam lar shunchalik g'azabini qo'zg'ashar ediki, it qanday chidayotganiga ajablanardi odam. Lekin tabiat unga moslashish qobiliyatini ham ato etgandi. O 'zga hayvonlar nobud bo'ladigan yoki itoat etishdan boshqa iloj topolmaydigan vaziyatlarda Oq So'yloq sharoitga moslashar va o'jarligini tashlamay yashayverar edi. Ehtimol, bir zam onlar kelib iblis qiyofasidagi X ushro'y Smit oxir- oqibat Oq So'yloqni egib olar ham , ammo hozircha uning barcha urinishlari zoye ketmoqda edi. Xushro’y Smit o'z tabiatiga ko'ra iblisdan farq qilmas, vaholanki, Oq So'yloq ham undan qolishmas edi. U lar o'rtasida adoqsiz jang borar, biri egib olmoqchi, ikkinchisi itoat etishni istamasdi. Ilgari tayoq bilan qurollangan insonga bo'ysunish kerakligini Oq So'yloq yaxshi tushunardi, endi bo'lsa aksini qilardi. Xushro'y Smitni ko'rdi deguncha g'azabdan o'zini qo'yarga joy topolmay qolardi. U lar yuzma-yuz kelib, kaltakdan qafas burchagiga qochib borganda ham Oq So'yloq irillab, tishlarini taqillatishini qo'ym asdi. Unga bas kelib bo'lm asdi. X ushro'y Smit xohlagancha ursin, qiynasin — ammo u taslim bo'lmasdi. Xo'jayin urishdan to'xtab nari ketishi bilanoq Oq So'yloq qafas simlariga o'zini urar va butun vujudini larzaga solayotgan nafratga chidayolmay uv solardi. Dousonga kelgach, Oq So'yloqni qirg'oqqa olib tushishdi. Afsuski, bu yerga kelib ham uning hayotida zarracha o'zgarish sodir bo'lm adi — u hamon hammaning ko'z o'ngida qafasda yashar, atrofidan bekorchilar arimasdi. Xushro'y Smit «jangovor bo'ri»ni namoyish etish uchun qafasni ochiq yerga qo'ygan, odam lar ellik sent badaliga oltin qum to'lab uni tom osha qilishardi. Oq So'yloq butunlay halovatini yo'qotdi. Agar u uxlayotgan bo'lsa tayoq bilan turtib uyg'otishar edi. Tom oshabinlar pullariga yarasha tom osha ko'rishni istar edilar. Tom osha qiziqarliroq bo'lishi uchun esa Oq So'yloqni holi-joniga qo'yishmasdi. Ham m adan ham u yashayotgan sharoit nihoyatda chatoq edi. Unga yirtqich hayvonga qaragandek qarashar, odamlarning m ana shu muno- sabati Oq So'yloq hayotini zaharlar edi. Ularning har bir so'zi, xatti- harakatlaridan o'zining qahr-g'azabi ularga qanchalar dahshatli ta ’sir qilayotganini uqib olardi. Bu olovga yog' quygan bilan barobar edi, oqibat Oq So'yloqning yovuzligi kunm a-kun kuchayardi. Bu ham uning o'zi yashayotgan muhitga nechog'lik tez moslasha olish qobiliyatidan darak berardi. Xushro'y Smit Oq So'yloqni tomosha qildiribgina qo'ymay, chinakam urishqoq it qilib ham tarbiyaladi. Urishtirish imkoni tug'ildi deguncha, Oq So'yloqni qafasdan chiqarib shahardan bir necha m il1 naridagi o'rm onga olib borishardi. Bu odatda, mahalliy politsiya sezib qolmasligi uchun kechasi uyushtirilardi. Oradan bir necha soat o'tgach, tongga yaqin, tomoshabinlar bilan raqibi hozir bo'lardi. Oq So'yloq zoti va katta-kichikligi turlicha itlar bilan olishishiga to'g'ri keldi. U vahshiyona odatlar hukm surgan mamlakatda yashar, bu yerning odamlari ham vahshiy edi, itlar jangi esa odatda raqiblardan birining o'lim i bilan tugardi. Ammo, Oq So'yloq omonsiz olishuvlarda qatnashar, binobarin raqiblari jangdan omon chiqmasdi. U mag'lubiyat nimaligini bilmasdi. Bolaligida Lip-Lip va gala-gala kuchukchalar bilan olishaverib pishib ketgan Oq So'yloqning tajribasi hozir unga qo'l kelardi. Uning oyoqlari baquw at edi va shu narsa joniga oro kirardi: raqiblaridan birontasiga uni yiqitish nasib etmagandi. H am on tomirlarida ajdodlari — bo'rilar qoni gupirib oqayotgan itlar o'zlari yoqtirgan jangovor usullarni ishga solar edilar, raqibni gavda bilan urib yiqitish niyatida tikka yoki tuyqus yonboshdan tashlanib qolishardi. Tozilar, ovchi itlar, ovcharkalar, nyufaundlendlar Oq So'yloqni shu yo'l bilan yiqitishga besamar urinib ko'rishardi. Shu choqqacha Oq So'yloqning kalovlanib qolganini kimsa ko'rmagan edi. Odamlar bu haqda bir-birlariga so'zlab berishar va har safar, endi albatta yiqitishadi deb kutishar, ammo Oq So'yloq umidlarini puchga chiqarardi. Oq So'yloq favqulodda chapdast va shiddatli edi, shu bilan birga yashindek tezkorligi bilan raqibini dog'da qoldirardi. H atto eng tajriba- lilari ham bunaqa chapdast itni uchratmagandilar. Uning kutilmagan hamlalarini aytmaysizmi?! Odatda jang boshlanishidan oldin itlar tish larini taqillatish, hurpayib olish, irillashlardan so'ng jang boshlanardi. Oq So'yloq bilan olishgan aksari itlar esa hali jang boshlanmayoq kutil magan hamladan o'nglanm ay oyog'i osm ondan kelar va kuni bitar edi. Hadeb shunday bo'laverganidan, raqibining belgilangan qoidani baja- rishiga va hatto birinchi bo'lib tashlanishga imkon yaratish uchun Oq So'yloqni ushlab turadigan bo'lishdi. Download 40.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling