Oqimlarning hisoblash parametrlari. Noritmik oqimlarni masalalarini ishlash. Umumiy qoidalar
Oqimlar uzil-kesil mahsulot tuzilmasi va uning turiga bog’liq holda tasniflanadi
Download 0.76 Mb.
|
5.1-mashg\'ulot (1)
Oqimlar uzil-kesil mahsulot tuzilmasi va uning turiga bog’liq holda tasniflanadi.
Xususiy oqim – elementar qurilish oqimi bo’lib, bir jamoa (brigada, bo’g’in) tomonidan bajariladigan bir yoki bir necha jarayondan iboratdir. Xususiy oqim mahsuloti yer qazish ishlari, poydevorlarni tiklash, devor ko’tarish, uyni montaj qilish, suvoq ishlari kabilar bo’lishi mumkin. xususiy oqim, asosan, turli zaxvatkalarda ishlar oqimli-ajratilgan usulda bajarilishi mumkin bo’lgan joylarda tashkil etiladi. Ixtisoslashtirilgan oqim parametrlarning yagona tizimi va oqim sxemasi yordamida birlashtirilgan xususiy oqimlar qatoridan tashkil topgan. Ixtisoslashtirilgan oqimlar oqimning asosiy tuzilmaviy elementlari hisoblanadi. Ularning mahsuloti – ishlarning tugallangan turlari, binolarning konstruktiv elementlari va qismlari (binoning yer usti qismi, tom, bezak berish ishlari) hisoblanadi. Obyekt xarakteri, turi va bitta zaxvatka(lar)da ishlarning birga qo’shib bajarilish darajasiga ko’ra, ishlar qo’lda bajarilganida bir vaqtning o’zida turli ixtisoslashtirilgan oqimlar, masalan, turar joy binosi qurilishida elektriklar va santexniklar brigadalari ishlashi mumkin. Xususiy va ixtisoslashtirilgan oqimlar turli taraqqiyot yo’nalishlariga ega bo’lib, ular binolarning hajmiy-rejalashtirish yechimi, bajarilayotgan ishlar turlari va ular bosqichlari, ishlatilayotgan mashina va mexanizmlarga bog’liq. Ular gorizontal, vertikal, yotiq (qiya) va aralash bo’lishlari mumkin. Oqimning gorizontal yo’nalishi poydevorlar tiklash, bir qavat konstruksiyalari montajida, tom ishlarida amalga oshiriladi. Oqimning vertikal yo’nalishi vertikal-ko’tariluvchan, vertikal-tushuvchan yoki ana shu ikki yo’nalish uyg’unligi bo’lishi mumkin. vertikal sxemani ko’p qavatli sanoat binolarini montaj qilishda, montaj alohida uchastkalar holida binoning butun balandligini “kranga” uslubi bilan amalga oshirishda, trubalarni g’ishtdan tiklashda qo’llaydilar. Yotiq (qiya) sxema bo’yicha bir qavatni g’ishtdan terish, turli belgilardagi konstruksiyalar montaji kabilar amalga oshiriladi. Turli yo’nalishlar uyg’unligi oqimlar harakatining kombinasiyali sxemalarini beradi. Ko’p qavatli binolar qurilishida oqimlarning ustuvor sxemasi gorizontal-vertikal, bir qavatli binolarni qurishda esa – gorizontal sxema hisoblanadi. Obyektli oqim – ixtisoslashtirilgan oqimlar yig’indisi bo’lib, ularning tarkibi qurilishning tegishli obyektini tiklash bo’yicha ishlar majmuining bajarilishini ta’minlaydi. Bu oqimlar mahsuloti bo’lib to’liq tugallangan binolar (inshootlar) yoki bino (inshoot)lar hisoblanadi. Kompleksli oqim – bir vaqtning o’zida sanoat korxonasi, turar joy kvartali tarkibiga kirgan alohida bino va inshootlar qurilishi bilan mashg’ul obyekt oqimlaridan tashkil topadi. Kompleksli oqim mahsuloti foydalanishga topshirilgan sanoat obyektlari, tugallangan turar joy kvartallar kabilar hisoblanadi. Texnologiya tuzilmasi va oqimlarning ish turlari bo’yicha darajalarining umumiy sxemasi 5.1-jadvalda, turar joy kvartali qurilishi bo’yicha kompleksli oqim tuzilmasi esa 8.5-jadvalda ko’rsatilgan. Oqim tuzilmasiga ta’sir ko’rsatadigan o’ta muhim element ixtisoslashish xarakteri va brigada tomonidan bajariladigan ishlarni guruhlashtirish bo’lib keladi. Masalan, turli kasb egalari bo’lgan, shu bilan birga yondosh kasblarni ham egallagan ishchilarni tarkibiga olgan kompleks umumqurilish brigadasida xususiy oqimlar faqat brigadaning o’z ishi doirasidagina yuz beradi. Umuman brigadaning o’zi esa ixtisoslashtirilgan oqimdan iborat deyiladi. Montaj oqimi, ya’ni oqim tarkibiga montajchilar brigadasi bilan birga shuningdek duradgorlar, santexniklar, elektriklar, bezakchilar brigadasi o’rin olgan sharoitda resurslarni bu kabi guruhlashtirish obyektli oqimning asosi bo’lib, u faqat kam sonli ixtisoslashtirilgan oqimlar bilan to’ldirilishi mumkin, xolos. Shunday qilib, oqimning navbatdagi darajasini hosil qilgan quyi daraja oqimlar soni, masalan, bir obyektli oqimni hosil qilgan ixtisoslashtirilgan oqimlar soni, birinchi navbatda, tiklanayotgan obyektlar turi va qurilish tashkilotlari hamda ular tarkibidagi ishchi brigadalarining ixtisoslashish darajasiga bog’liq bo’ladi. Vaqtga doir rivojlanish xarakteriga ko’ra oqimlarning quyidagi turlari farqlanadi: teng maromli, uni tashkil qilgan barcha oqimlar yagona marom, ya’ni barcha zaxvatkalarda bir xildagi ish davomliligiga ega; karrali maromli, uni tashkil qilgan barcha oqimlar turli, ammo karrali maromga ega; turli maromli, uni tashkil qilgan barcha oqimlar bino va inshootlar bir xil emasligi va hosil qilgan oqim maromlari notengligi oqibatida doimiy maromga ega emas. Oqim grafiklarda chiziqli kalendar grafik yoki siklogramma ko’rinishida taqdim etilishi mumkin. Chiziqli grafikda oqimning har bir ixtisoslashgan brigadasi uchun gorizontal polosa ajratilgan bo’lib, bunday brigadaning turli zaxvatkalardagi ishlash davri esa bir-biriga nisbatan siljigan kesmalar sifatida ko’rsatiladi. Agar har bir brigadaning zaxvatkalar bo’yicha ishlay boshlagan momentini ko’rsatgan nuqtalar uzuq chiziq bilan birlashtirilsa, u holda har bir jufti muayyan zaxvatkani cheklab turgan yotiq (qiya) chiziqlarga ega bo’lamiz. Siklogrammada chiziqli grafikning kalendar shkalasi saqlanib, ammo gorizontal polosa zaxvatkalar uchun ularning quyidan yuqoriga tomon raqamlanish tartibida ajratib beriladi. Shuning uchun har bir brigada ishi yotiq (qiya) chiziq bilan belgilanib, u xuddi har bir brigadaning bir zaxvatka ish fronti bo’yicha harakatini, brigadalarning bir zaxvatkadan boshqasiga o’tishini ko’rsatadi. Real qurilish sharoitlarida reng va karrali maromga ega bo’lgan oqimlar kamdan-kam, asosan UQK (DSK) kuchlari bilan turar joy uylari qurilishida uchrab turadi. Obyektli oqimlarning bir ko’rinishi va kompleks oqimning yagona turi deb turli maromli oqimlarni ko’rsatish mumkin. Ishlab turish davomliligiga ko’ra quyidagi oqimlar farqlanadi: qisqa muddatli, bir necha bino (inshoot)larni tiklash va bir martalik ko’rinishga ega; uzoq muddatli, uzoq vaqtga mo’ljallangan va qurilish tashkilotining butun dasturi yoki uning bir qismini qamrab oladigan; uzluksiz, qurilish tashkilotining bir mahsulot turiga doimiy ravishda ixtisoslashgan sharoitida tashkil etiladi. Amalda bu kabi imkoniyat uy-qurilish kombinatlari va boshqa, shu kabi tashkilotlarda yaratiladi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling