O’qish darslarida qayta hikoyalash turlaridan foydalanish


Hikoya qilishni o’rgatish. Hikoyalar turlari va ularning izchilligi. Hikoya to’kishni o’rgatish


Download 96 Kb.
bet5/6
Sana26.06.2023
Hajmi96 Kb.
#1655512
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’QISH DARSLARIDA QAYTA HIKOYALASH TURLARIDAN FOYDALANISH

Hikoya qilishni o’rgatish. Hikoyalar turlari va ularning izchilligi. Hikoya to’kishni o’rgatish
Hikoya – biron-bir fakt, vokeaning mustaqil tuzilgan keng kamrovli bayonidir.
Hikoya tuzish – hikoya qilib berishga nisbatan ancha murakkab faoliyatdir, chunki bolalarning o’zi ushbu mavzu bo’yicha hikoya mazmuni, uning nutqiy shaklini tanlashlari, uni ketma-ket (tarbiyachi yoki o’z rejasi asosida) bayon qilishlari zarur.
Hikoyalar shakliga ko’ra tavsifiy va syujetli bo’lishi mumkin.
Tavsiflash – narsa yoki hodisaning o’ziga xos belgilarini bayon qilishdir. Tavsiflash kiska bo’lishi va muayyan tuzilma asosida tuzilishi lozim: dastlab narsaning nomi aytiladi, so’ngra uning o’ziga xos belgilari, uning kismlarining nimaga mo’ljallanganligi va ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik hamda narsaning vazifasi bayon kilinadi. Tavsifiy hikoyalar kiyosiy (karama-karshi belgili hamda hajmi, rangi, materiali, kismlari, shakliga karab bosqichma-bosqich takkoslanadigan ikki narsani tavsiflash) va izohlovchi (mulohaza yuritish, isbotlash bilan birgalikda hikoya qilish va aytilayotgan harakatlarni bajarib ko’rsatish) bo’lishi mumkin.
Syujetli (bayoniy) hikoya – vokealarni biron-bir kahramon bilan birgalikda vakt bo’yicha ketma-ketlikda aytishdir. Bolalarga uni odatdagi tuzilma asosida tuzishga o’rgatish zarur – dastlab kahramonning nomi aytiladi, ba’zan uning tashki ko’rinishi tavsiflanadi, birinchi vokea bayon kilinadi, u kachon va kaerda yuz berganligi tushuntiriladi, so’ngra ikki-uch lavha keltiriladi va hikoya yakunlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun hikoyalarning uchta turini ko’rsatish mumkin:
-kabul kilinishiga karab aytiladigan hikoyalar (bolaning hikoya paytida nimani ko’rayotganligi haqida hikoya);
-xotira asosida hikoya qilish (bola hikoya aytish paytida nimalarni kabul kilganligi haqida hikoya);
-tasavvur asosida hikoya qilish (o’ylab topilgan hikoya).
Kabul qilish va xotira asosidagi hikoyalar faktli materiallarga asoslangan bo’lib, bolalar faktlarni bayon kiladilar.
Tasavvurga asoslangan hikoyalar ijod mahsuli bo’lib, unda hikoyachi bola mavzuga karab o’z tajribasining shaklini o’zgartiradi hamda yangi vaziyat va obrazlar yaratadi.
Bitta mashђulotda bitta fikrda hikoyalar turlarining aralashib ketishiga yo’l ko’yish mumkin: bola o’yinchokni tavsiflab (kabul qilish asosidagi hikoya) bo’lganidan so’ng uni kaerda sotib olganligi yoki uni kanday qilib tuzatganini (xotira asosidagi hikoya) aytib berishi mumkin.
Yuqorida sanab o’tilgan barcha hikoyalar turlari ta’lim maksadlaridan kelib chiqqan holda tavsiflash, bayon qilish yoki shunchaki mulohaza yuritish sifatida bajarilishi mumkin.
Bolalarni hikoya qilishga xuddi suhbatga tayyorlagandek tayyorlash lozim: bolalar hikoya predmetini butun hayotiy to’liklikda, sezgilari bilan birgalikda (hajmi, shakli, rangi, hidi, ta’mi, ovozi, harakat tusi va boshk.) o’ziga tasavvur qilishi zarur; narsaning barcha belgilarini, harakatlarini va ularning munosabatlarini aytish uchun bolalarda zahirada so’zlar, grammatik shakllar bo’lishi lozim. Hikoya qilishni mashk qilishdan oldin leksik, grammatik (zarur hollarda - fonetik) mashklar bajarilishi, shuningdek, suhbatlashishni mashk qilish zarur.
Hikoyaning maxsus vazifasi (qayta hikoya qilish vazifasi kabi) – monologik nutqni rivojlantirishdan iborat.
Tarbiyachi hikoya qilishni o’rgatishni savollar zanjiri yordamida, ya’ni bolaning bayon qilish, tavsiflash yoki mulohaza yuritishda mantikka amal qilishini ko’zda tutuvchi reja yordamida amalga oshiradi.
Hikoya rejasi oddiy bo’lishi, ya’ni bir chizikdagi savollar zanjiri shaklida yoki murakkab, ya’ni keng tarmoklangan ko’shimcha (aytib turuvchi yoki fakat yo’naltiruvchi) savollar zanjiri shaklida bo’lishi mumkin.
Turli yosh guruhlaridagi bolalar bilan Mashg’ulotlar turlicha o’tkaziladi va ushbu Mashg’ulotlarda bolalarga ko’yiladigan talablar ham turlicha bo’ladi.
Hikoyaga oid Mashg’ulotlarda doimo tanikli she’rlar, ertaklar, makollar, topishmoklarni esga olish maksadga muvofikdir: bu bolalarning emotsional kayfiyatini ko’taradi va ularning hikoyalarini yanada ifodali kiladi.
Monologik nutqka oid Mashg’ulotlarni real ob’ektlarga (kuyoncha) tayanish usullari yordamida va real narsalarni eslash (farrosh mehnati haqida hikoya) asosida o’tkazish maksadga muvofikdir.
Bolalar suratlarga karab hikoya qilishni tegishli suratlarni (harakatlanadigan yoki harakatlanmaydigan) ko’rib chikish jarayonida o’rganadilar.
Statik suratlar – bu tavsiflash uchun didaktik materiallardir: ularda tasvirlangan narsalar yoki harakatlar haqida hikoya qilish bir vakt rejimida olib boriladi.
Harakatlanadigan suratlar – (bosmaxonada chop etilgan turkum suratlar, diafilmlar, diapozitivlar va boshk.) – bayon qilish uchun didaktik materiallardir: ularda tasvirlangan narsalar yoki harakatlar bir-biridan keyin keladigan vaziyatlardan iboratdir.
Mulohaza yuritish uchun materialni har kanday surat berishi mumkin, fakat buning uchun «nima uchun?» ( u yoki bu vokea, harakat yuz berdi) yoki «kanday vaziyatda?» (narsa u yoki bu belgiga ega bo’ladimi-yo’kmi?) degan savol to’g’ri ko’yilsa bo’ldi.
Bolalar tarbiyasi mavzusiga oid statik suratlardan didaktik material sifatida foydalaniladi:
ular oson kompozitsiyaga ega bo’lib, ularda ayrim ob’ektlarni ajratib ko’rsatish, ularning o’zaro munosabatini aniklash ham osondir («Biz o’ynayapmiz», «Uy hayvonlari», «YOvvoyi hayvonlar», «Yil fasllari» va boshk.).
Harakatlanadigan suratlar bilan ishlash metodikasi kitobning o’z shakli bilan belgilanadi.
Bolalarga yaxshi tanish bo’lgan ertaklar va hikoyalarga ishlangan diafilmlar va diapozitivlar bolalarga monologik nutqni o’rgatish uchun ayniksa, juda kulaydir. Dastlab bolalar ularni ko’p marta tomosha kiladilar, uning titrlari o’qib chikiladi (pedagog yoki ota-ona tomonidan), so’ngra titrlarni o’kishdan bolalarning kadrlarda tasvirlangan lavhalarni hikoya qilib berishiga o’tiladi.
Monologni o’kitish jarayoni (bayon qilish, tavsiflash, mulohaza yuritish) shundan iboratki, tarbiyachi o’z rejasi (savollar zanjiri) asosida birinchidan, bolaga mavzudan chikib ketmaslikka, vokealarni mantikiy ketma-ketlikda bayon qilishga yordam beradi, ikkinchidan, hikoyachi nutqining emotsional ifodaliligi haqida kayђuradi va ushbu mavzu uchun mos keladigan she’rlar, ertaklar, topishmoklar, yozuvchilar hikoyalari parchalarini taklif kiladi.
Bolalarning tasavvur asosidagi og’zaki to’kima hikoyalari monologik nutq turlaridan biri hisoblanadi. Xayolparast bolalar suratlarning boshlanishi yoki nihoyasini ishtiyok bilan o’ylab topadilar, ya’ni suratlarda tasvirlangan vokealardan oldin yuz berishi mumkin bo’lgan vokealarni yoki suratda tasvirlangan vokealardan keyin yuz berishi mumkin bo’lgan vokealarni o’zlari to’kiydilar; tanish ertaklar yoki hikoyalar mavzusida kontaminatsiya tuzadilar, kahramon nomidan (1-shaxs nomidan hikoya qilish) hikoya kiladilar, unda yil faslini o’zgartiradilar va h.k.;
Xulosa
Xulosa qilib aytganda hikoya qilishni o‘rgatish mеtodikasi qayta hikoya qilib bеrish va hikoya to‘qish monologga o‘qitish mеtodi hisoblanadi. Bolalar monologik matnlarni qayta hikoya qilib bеradilar, rеal va xayoliy voqеalar haqida hikoya qiladilar, hikoyalar to‘qiydilar.
Monologik nutqni o‘qitish mеtodini o‘zlashtirib olish pеdagog uchun quyidagilarni anglatadi: bolalarni tinglashni o‘rganish; hikoya qilish va qayta hikoya qilish, shuningdеk, hikoya to‘qishda bolalarga yordamlashishni o‘rganish. Qayta hikoya qilish – eshitilgan badiiy asarni ravon, ifodali aytib bеrish. Qayta hikoya qilish nisbatan oson nutqiy faoliyatdir, chunki bola tayyor mazmunni qayta aytib bеradi, bunda u muallifning tayyor nutqiy shakllaridan (lug’at, so‘z oborotlari, tuzilish), uni o‘qiyotgan tarbiyachining nutq ifodaliligi usullaridan foydalanadi. Ammo bu mеxanik ravishdagi takrorlash emas, balki matnni tushungani holda erkin va emoцional aytib bеrishdir.
Qayta hikoya qilib bеrishni o‘rgatish vazifasi ilk yosh guruhlarida asta-sеkin qiyinlashtirilib boriladi – yaxshi tanish ertaklar, hikoyalarni aytib bеrish, yangi o‘qib chiqilgan asarlarni aytib bеrish, hikoyachi shaxsini o‘zgartirgan holda (birinchi shaxs nomidan emas, balki uchinchi shaxs nomidan va aksincha) aytib bеrish, tarbiyachi rеjasi asosida aytib bеrish, bolalar bilan birgalikda tuzilgan rеja asosida aytib bеrish, o‘xshashlik asosida (analogiya bo‘yicha) aytib bеrish (qahramonni, mavsumni o‘zgartirish va h.k.), sahnalashtirgan holda aytib bеrish (o‘yinchoqlar siluetlar), bolalar tanlovi bo‘yicha aytib bеrish.

Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling