O`qish fanidan nazorat ishini o`tkazish yuzasidan tavsiyalar
I-chorak uchun nazorat ishlari
Download 198.5 Kb.
|
nazorat ishi tuplami 3-sinf
I-chorak uchun nazorat ishlari 1-NI Mavzu: Tovushlar va harflar. Bo`g`in. So`z. Gap. Maqsad: Ikkinchi sinfda o’tilgan mavzular bo’yicha bilim, ko’nikma, malaka va kompentensiyalarni aniqlash Nazorat shakli: Diktant Yordamchilar Yozgi ta’til kunlari edi. Ravshan bilan Oydin dala shiyponiga kelishdi. Dalada ish qizg’in, hamma g’o’za parvarishi bilan band edi. Oydin shiyponni supurdi, Ravshan suv sepdi. Ular ovqat tayyorlashda oshpazga yordam berdilar.Tushlik boshlandi. Hamma ulardan hursand bo’ldi.(38 so’z) 2-NI Mavzu: Undosh tovush va harflarni, tutuq belgisi Maqsad: O’quvchilarning undosh tovush va harflar, tutuq belgisi, tutuq belgili so`zlarning imlosi yuzasidan bilim, ko’nikma, malaka va kompentensiyalarini aniqlash Nazorat shakli: Diktant Ra’no Miraziz A`zamning “Saylanma“ nomli to`plamini sotib oldi. Kitobdagi she’r va rivoyatlarni o`qidi. Ra’no yong`oq haqidagi she’rlarni yodlab oldi. Yodlagan she’rlarini baland ovozda Ma`mura va Jur`atga aytib berdi. Ular ham kitobni o`qish o`qishga qiziqib qolishdi. Ra’no kitobni keltirib berishga va`da berdi. 3-NI Mavzu: Undosh tovushlar va harflar Maqsad: O’quvchilarning undosh tovush va harflar yuzasidan bilim, ko`nikma, malaka va kompentensiyalarini aniqlash Nazorat shakli: Lug’at diktant Tilla, to’qqiz, muddat, avval, diqqat, zarra, izzat, achchiq, tonna, assalom, tashakkur, Abbos. Topshiriq: Berilgan so`zlar asosida 4 ta gap tuzish va bosh bo`laklarini aniqlash. 4-NI Mavzu: Gap. Darak gap.So`roq gap. Undov gap. Maqsad: O’quvchilarning gap, darak gap, so`roq gap, undov gap haqidagi bilim, ko’nikma, malaka va kompentensiyalarini aniqlash Nazorat shakli: Ijodiy diktant Topshiriq: Savollarga o`z fikringizni yozing. Nonni e’zozlang Halima ozgina suvi qochgan nonni yemay, surib qo’ydi. Buvisi uning ishidan ranjidi. Nonlarni to’g’rab, sho’rvaga soldi va mazza qilib yedi. Halima esa yumshoq nonni yeb o’tirdi. Bolalar ayting-chi, Halima to’g’ri ish qildimi? Siz uning o’rnida bo’lganingizda nima qilgan bo’lardingiz? (41 so’z) Download 198.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling