O‘qish kitobi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfi uchun darslik
Download 3.39 Kb. Pdf ko'rish
|
O‘QISH KITOBI Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfi uchun darslik O‘n uchinchi nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan «SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI TOSHKENT — 2017 T. G‘AFFOROVA, E. SHODMONOV, G.ESHTURDIYEVA M a s ’ u l m u h a r r i r : Safo Matchonov, pedagogika fanlari doktori, professor. T a q r i z c h i l a r : Dilorom Fattoxova, O‘zbekiston Milliy universiteti katta o‘qituvchisi, p.f.n.; Nazira Ahmedova, RTM Boshlang‘ich ta’lim bo‘limi boshlig‘i; Mazmuna Jalilova, Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi 18-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi. O‘qish kitobi: 1-sinf uchun darslik / Muallif-tuzuv- chilar: T. G‘afforova, E. Shodmonov, G. Eshturdi- yeva; Mas’ul muharrir: S. Mat chonov. — T.: «Sharq», 2017. — 128 b. 1. G‘afforova T., muallif-tuzuvchi. UO‘K 372.416.2 KBK 81.2.O‘z.—922. UO‘Ê 372.416.2 KBK 81.2.O‘z.—922. O‘ — 30 O‘ — 30 ISBN 978-9943-26- Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi. © G‘afforova T., Shodmonov E., Eshturdiyeva G., 2003, 2017. © «Sharq» NMAK Bosh tahririyati, 2003, 2017. Shartli belgilar: – multimedia ilovasi – dars tugadi Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuch li, bi limli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart. ISLOM KARIMOV 3 4 Vatan — bu... Po‘lat Mo‘min Vatan deganim bu — Yurak deganim, Yurakka Vatanim Kerak deganim. Vatan deganim bu — Yurak deganim, Birov-biroviga Kerak deganim. Aslida Vatan bu — Tug‘ilgan joyim, Birinchi qadamim Yetgan qo‘rg‘onim. u She’rning mazmunini tushunib oling. Savol: Vatan deganda nimani tushundingiz? Maqol: œ Vatani borning baxti bor. 5 6 Buyuklar vatani Qutlibeka Rahimboyeva O‘zbekiston ulug‘ odamlari — shoir-u olimlari, atoqli davlat arbob - lari bilan dunyoga mashhur. Amir Temur bobomiz yurtimizda ko‘plab obo don chilik ishlarini amalga oshirgan. Madra salar, saroylar, yo‘llar qur dir gan, bog‘lar barpo qildirgan. Te mur bobo miz har qarich yerni asrash ni ham o‘rgatgan. Mirzo Ulug‘bek bobomiz osmon- dagi yulduz larni sanagan. Ko‘plab yulduzlarning joyini aniqlagan. Biz tilimizning boyligini Alisher Navoiy bo bomizdan o‘rganamiz. Savollar: 1. Buyuk bobolarimiz haqida nima - larni bilib oldingiz? 2. Buyuk ajdodlarimizdan yana kim- larni bilasiz? Maqol: œ Ona yurting — oltin beshiging. 7 8 Yurt qalqonlari Dilshod Rajab O‘zbekiston – hur Vatan, Baxtimiz ayvonidir. Armiyamiz mustahkam, Ona yurt qalqonidir. Harbiy xizmat faxrimiz – Bu mardlar maydonidir. Jasur askar akalar Ona yurt qalqonidir. u She’rni ifodali o‘qing. Savol: 14-yanvar qanday kun? Maqol: œ Ona yurting omon bo‘lsa, Rangi ro‘ying somon bo‘lmas. Tez aytish: œ Bahodir bayroqni Botirga berdimi, Botir Bahodirga bayroqni berdimi? 9 Ota rozi — Vatan rozi Eson Rahimov Yaxshi farzand ona yerning Jonfidosi, deydilar. Yaxshi farzand dono elning Ko‘z ziyosi, deydilar. Ota rozi — Vatan rozi, O‘g‘lonlarim, qizlarim. Vatan rozi — ota rozi, Yashang, o‘chmas izlarim. u She’rning mazmunini tushunib oling. Savol: Kimlar yaxshi farzand deyiladi? Suv — shifo Erkin Malik Ravshan shifokor ko‘rigidan o‘ta - yot gan da kurak suyaklari qiyshiq o‘sayotganligi ma’lum bo‘lib qoldi. — Endi nima qilamiz, do‘xtir? — xa votirga tushdi dadasi. — Oldini olsa bo‘ladi. Buning uchun suzish bilan shug‘ullanish ke rak. — Suv sovuq-ku, — deb yubordi Ravshan shoshib. — Sen xavotir olma, — dedi shi- fokor kulib. — Shahrimizda shunday suv havzalari borki, qishda ham suvi yozdagidek iliq bo‘ladi. Ota-bola xursand bo‘lib, shifokor tavsiya etgan sport majmuasini izlab ketishdi. Savollar: 1. Shifokor nega Ravshanga su - zishga qatnashishni maslahat berdi? 2. Siz sportning qanday turi bilan shug‘ullanasiz? 10 11 Qish Tursunboy Adashboyev Shudgor uzra uvullar Ayoz bobo bo‘roni. Mehmon bo‘ldi qish fasli Oq choyshabga o‘ranib. Bundan buyon ko‘cha-ko‘yda Piyma, etik g‘archillar. Tinim bermas chanalarga Shokir, Ra’no, Barchinlar. Savol: Qish fasli sizga nimasi bilan yo- qadi? ( Pechka ) (Do‘l ) ( Qorparcha ) Maqol: œ Qish g‘amini yozda ye. Topishmoqlar: œ Qishda terlab ishlaydi, Boshqa mahal qishlaydi. œ Tunukani chertadi, Kesaklarni kertadi. Biroz «sho‘xlik» qilgach u, Yerga singib ketadi. œ Qish chog‘i kapalaklar Uchib yurar osmonda. Qiziq, yo‘qolib qolar Kaftimga qo‘ngan onda. Tez aytish: œ Qishda kishmish pishmasmish, Kishmish pishsa, qishmasmish. 12 Oy allasi Odil Abdurahmon Oy — ona emish, Bolasi — yulduz. Alla aytarmish: — Oppog‘im qunduz, Ko‘zim nurini Senga tutdim-o, Otangday bo‘l, deb Yo‘ling kutdim-o. Otam qayda, deb So‘rama, bolam. Otang — Quyoshdan Bahramand olam. u She’rni ifodali o‘qing. Savollar: 1. Oy-ona bolasi yulduzga nimalar haqida so‘zladi? 2. Quyosh, oy, yulduzlar kimlarga o‘x sha tilgan? 13 Shamol va quyosh Ezop Bir kuni shamol va quyosh bahs- lashib qolibdi. Ular bu tortishuvni yo‘lda keta yotgan yo‘lovchi yorda- mida hal qilishga kelishishibdi. Kim birinchi bo‘lib yo‘lda ketayotgan yo‘lovchining egnidagi po‘s tinini yecha olsa, o‘sha kuchli hisoblana- digan bo‘libdi. Shamol o‘z navbatidan foydalanib qattiq esa boshlabdi. Yo‘ldagi odam yurishga qiynalib, zo‘rg‘a qadam tashlabdi. Shamol kuchaygani sayin yo‘lovchi ham po‘sti niga mahkamroq o‘ranib olave- ribdi. Qancha harakat qilmasin, yo‘lov chining po‘stinini shamol yecha olmabdi. Nav bat quyoshga 14 kelibdi. Quyosh o‘zining iliq nurlarini sochibdi. Keyin esa taftini zo‘rayti- rib, yo‘lovchini qizdira boshlabdi. Shunda yo‘lovchi isib ketganini his qilibdi va ustidagi po‘stinini yechibdi. Qissadan hissa shuki, ko‘p narsaga zo‘ravonlik bilan emas, oliyjanoblik bilan erishsa bo‘ladi. Savollar: 1. Shamol va quyosh nima uchun bahslashib qolishdi? 2. Shamol bahsda nima uchun quyoshdan yengildi? 3. Oliyjanoblik qanday xislat? Tez aytish: œ Qo‘ng‘iroq qo‘g‘irchoqnikimi, qo‘zi choq nikimi? Topishmoq: œ Yungi igna, Burni tugma, Ko‘zi munchoq, Bag‘ri yumshoq. 15 Vatan Miraziz A’zam Vatan — bizning uyimiz, Vatan — bizning ko‘chamiz, Soylardagi suvimiz Mazza qilib ichamiz. Vatan — bizning tog‘imiz, Olma-anor bog‘imiz, Bug‘doy, arpa dalamiz, O‘ynab mazza qilamiz. Oltin to‘la konimiz, Tandir to‘la nonimiz. Vatan — maktab-onamiz, O‘qishni o‘rganamiz. u She’rni ifodali o‘qing. Savollar: 1. Sizning vataningiz qayer? 2. O‘zingiz yashaydigan shahar, qishloq, mahalla, ko‘cha nomlarini ay ting. 16 Yagonadir Vataning sening Xurshid Davron Vatan nima o‘zi? Donishmandlarning biri: «Vatan — bu sening kindik qoning tomgan tuproq», — desa, ikkinchisi: «Sen suygan odamlar manzili!» — deydi. 17 Inson uchun havo, quyosh, suv, non, ota-ona qanchalik aziz bo‘lsa, Vatan ham shunchalik mo‘tabardir. Vatan — ona tuproqdan boshlanadi. Vatanga muhabbat shu tuproqqa — ona diyorimizga, uning bepoyon dalalariga, qir-adirlariga, moviy tog‘ - la riga, dasht-u sahrolariga bo‘lgan muhabbatdir. Savollar: 1. Vatan deganda nimani tushundi- ngiz? 2. Inson uchun eng aziz narsa nima? 3. Vatanga muhabbatni nima bilan izohlaysiz? Maqol: œ Bulbul chamanni sevar, Odam — Vatanni. Tez aytish: œ Komil kecha ko‘chat ko‘chirdi. 18 BO‘LIM YUZASIDAN TAKRORLASH Boshqotirma Qator katakchalarini unli harflar qo‘yib to‘ldirsangiz, kitobingizning shu bo‘limiga oid gap kelib chiqadi. 1. Munajjim bobomiz. 2. Dunyoga ke lishni bildiruvchi so‘z. 3. Vatanimiz nomi. 4 va 5. Ikkinchi dars mavzusi. l g‘ b k t g‘ l g n z b k s t n b y k l r V t n 1 2 3 4 5 Rebus «Oy allasi» she’ri asosida rebusni yeching. y m sh, t k + si — . 19 Savol va topshiriqlar: 1. Buyuk ajdodlarimiz haqida nima - larni bilib oldingiz? 2. «Vatan — bu...» she’rini yoddan aytib be ring. 3. Shoir «Ota rozi — Vatan rozi» de - ganda nimani nazarda tutgan? 4. Qishda diyorimiz tabiatida qanday o‘zga rishlar bo‘ladi? 5. Shamol va quyosh bahsidan qan- day xulosa chiqardingiz? ch sh q p n b r n q r l r y a Boshqotirma «Qish» she’ridagi so‘zlardan foy- dalanib, katakchalarni to‘ldiring. 20 BIZ — BUYUKLAR AVLODI Amir Temur Muhammad Ali Amir Temur bobomiz bu yuk davlat- ga asos solgan. Ona yurtimiz Tur- kiston diyorini butun dunyoga tanit- gan. «Kuch — adolatda» so‘zlari uning uzugida hamisha yar qirab turgan. Bobomiz millat, Vatan sharafini ham ma narsadan baland qo‘ygan. «Olamni adl va ehson bilan obod etibmen», — de gan. U bunyodkor, ilm-fan homiysi va kuchli sarkarda bo‘lgan. Zukko va donishmand Amir Temur betakror siymodir. 21 Amir Temur o‘gitlari 1. Do‘stlik haqida: œ Yaxshini yomon kunda sina. œ Sodiq va vafodor do‘st o‘z do‘sti- ni ranjitmaydi. œ Birliksiz kuch bo‘lmas. 2. Aql va adolat haqida: œ Kuch — adolatda. œ Oq bo‘lsang, ont ichma. œ Qo‘rqmasang, yov qochar. œ Boshga qilich kelsa-da, rost so‘zla. Savollar: 1. Amir Temur bobomiz ona yurtimiz uchun qanday xizmatlar qilgan? 2. Amir Temur bobomiz nimani ham - ma narsadan baland qo‘ygan? 3. Siz kimni do‘st deb hisoblaysiz? 4. To‘g‘riso‘zlik deganda nimani tu - shunasiz? 22 G‘azal mulkining sultoni Bobomiz Alisher Navoiy buyuk shoir, olim va davlat arbobi bo‘lgan. Besh-olti yoshida yoq ko‘p she’rlarni yod olgan. Bobomiz bizga juda ko‘p asarlar yozib qoldirgan. Bu ulug‘ zot shoir- larning sultoni bo‘lgan. Alisher Navoiyning hikmatli so‘zlari œ Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim, orlanib so‘ra magan o‘ziga zolim. œ Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur, qat ra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur. 23 œ Yaxshi kishi yomonlardan ham yaxshi ligini ayamas. œ Yaxshilikni bilmasang, yaxshilarga qo‘shil. Savol va topshiriqlar: 1. Alisher Navoiy haqida nimalarni bilib oldingiz? 2. Alisher Navoiy aytgan hikmatli so‘z larni yod oling. 3. O‘zingiz bilgan hikmatli so‘zlarni ay ting. Boshqotirma Quyida berilgan mevalar rasmidan foydalanib boshqo tirmani yechsangiz, maqolning davomini o‘qiysiz. 1 1 2 2 3 3 4 4 5 5 Aql yoshda emas — ... 24 24 Alisherning yoshligi Oybek Kiyik Alisherni hidladi. Erkalanib sur kaldi. — Seni tanir ekan, qurmagur, xo‘b o‘rga tibsan o‘zingga, — dedi bolalar- dan biri. — Rost, qoyilman! — deya ma’ - qulladi ikkinchi bola. — Tog‘am, ermak bo‘lsin, deb dashtdan olib kel gan edilar. Mo‘- mo‘, birpasgina jim tur, — dedi ki- yik ni erkalab Alisher. 25 — Suluvligini qaranglar! Go‘shti ham lazzat lidur-a? Katta bo‘lsam ovchi bo‘l gumdir. — Ov qilmoq, merganlik — ermak narsa, lekin eng zo‘r zaruriyat mak- tabdir. Tur mushning ko‘p sirlarini maktab o‘rga tadi, — dedi Alisher. Savollar: 1. Alisherning do‘sti kim bo‘lishni orzu qildi? 2. Alisher hayotda nimani zaruriyat deb bildi? 3. Alisher va uning do‘sti fikrlarini solishtiring. Siz nima deb o‘ylay- siz? Topishmoqlar: œ O‘rkach-o‘rkach tuyalar Bir-biriga suyalar. Qimir etmas yil, asr, Bag‘rida xazina, sir. œ Oyna emas, jimirlar, Tek turolmas, qimirlar. 26 Non isi (Rivoyat) Bir kuni Husayn Boyqaro: — Dunyodagi eng xush bo‘y nar- sani kelti ring, — deb qo libdi. Unga dunyodagi jamiki xushbo‘y nar- salarni keltirishibdi. Sulton: — Yo‘q, — debdi. Vazirlar nima qi lishni bilmay, bosh- lari qotibdi. Axiyri topol mas dan Alisher Na voiyga murojaat qi lishibdi. Navoiy saroyga bir savat non olib borishni maslahat beribdi. — Rahmat, do‘stim, — debdi Hu - sayn Boyqaro, — yangi yopilgan non isini istayot gan edim, topib aytibsiz. Savollar: 1. Husayn Boyqaro nima keltirishni buyurdi? 2. Navoiy vazirlarga qanday maslahat berdi? 3. Non haqida qanday maqol va hik- matli so‘zlarni bilasiz? 27 Abu Ali ibn Sino Ibn Sino dunyoga mashhur hakim va olimdir. Asli ismi Husayn bo‘lgan. Yoshligidan ilmga, tabobatga juda qiziq qan. Bobomiz o‘z kitoblari bilan dun yo tibbi yot ilmi ga asos solgan. Abu Ali ibn Sino davolayotgan bemorla riga shunday degan: «Biz uch tarafmiz — men, sen va kasal- lik. Agar sen men tarafga o‘tib olsang, u yengiladi. Agar u tomonga o‘tib olsang, ikkalangni yengi shim qiyin». Savollar: 1. Abu Ali ibn Sino haqida nima - larni bildingiz? 2. U kishi bemorlarga nima degan? 28 Kitobga mehr Mirkarim Osim Husayn ertalab bo zor ni aylanib yurgan edi. Ko‘zi kitob ushlab tur- gan bir kampirga tushdi. — Onajon, kitobin g iz ni soturmisiz? — Ha, juda yaxshi kitob. Yigitcha bor puliga ki tobni sotib oldi. Uni varaqlay boshladi. Bu ki- tobda Hu saynni qi ziqtirgan savollar- ga javob bor edi. Husayn bu kitobni kechasi bilan uxlamay o‘qib chiqdi. Savollar: 1. Husaynning kitobni yaxshi ko‘ri- shini ni madan bilib oldingiz? 2. Siz qanday kitoblarni o‘qishga qizi qasiz? Topishmoq: œ Qat-qat qatlama, Aqling bo‘lsa tashlama. 29 Buyuk munajjim Mirzo Ulug‘bek ham podshoh, ham olim edi. U kishi Amir Temur- ning neva rasi bo‘lgan. Mirzo Ulug‘bek o‘n besh yoshidan boshlab podshohlik qilgan. Qirq yillik podshohlik davrida ko‘p savob ish- larni amalga oshirgan. Samar qandda rasad xona qurdirgan. Rasad xo nada osmon, oy, yul duz lar kuzatilgan. Shu ning uchun u kishini buyuk mu - naj jim, olim va shoh deyishadi. Savollar: 1. Mirzo Ulug‘bek kim bo‘lgan? 2. Ulug‘bek bobomiz qanday ish- larni amalga oshirgan? 30 30 Shoh va shoir Bobur Mirzo Andijonda tug‘ilgan. Uzoq yillar Hindistonda shohlik qil- gan. Bizga ko‘p kitoblar yozib qol - dirgan. Shuning uchun ham uni shoh va shoir deyishadi. «Boburnoma» kitobida bobomiz o‘z boshidan o‘tkazgan voqealarni yoz- gan. Shuningdek, unda tog‘lar, gul - lar, qushlar, hayvonlar haqida ham o‘z fikrlarini yozib qoldirgan. Savollar: 1. Bobur Mirzo haqida nimalarni bilib oldingiz? 2. «Boburnoma» kitobida nimalar haqida yozilgan ekan? 31 Ona sabog‘i G‘iyos Komilov Yoz oxirlab borayotgan damlar. Os mon ko‘z guday tiniq, mu saffo. Yetti yashar mitti Zahi rid din onajo- nisi ning yon gina si da. Ona-bola o‘z- aro suhbat lasha dilar. Ho zir farzandi de razadan ko‘k ka boqib qolgan edi. U osmondagi uyum-uyum pax tani eslatuvchi bulutlarga javdirab qarardi. — Onajon, — dedi jajji Bobur, — bulutlarni qo‘l bilan ushlab bo‘la - dimi? — Bolajonim! — jilmaydi onasi. — Momiq emaski, qo‘l bilan tutib bo‘lsa. Ular suv zarralari-ku. Faqat bug‘ holatida. Bug‘lardan esa bulut- lar paydo bo‘ladi. Ular yomg‘ir yoki qorga aylanib yog‘a yotgan da gina qo‘lingizni tutsangiz... — Ha-a-a, angladim, angladim. 32 32 Savollar: 1. Bobur onajonisiga qanday savol berdi? 2. Onasi nima deb javob qildi? Onaning javo bini kitobdan o‘qib bering. 3. Bulutlar qanday paydo bo‘lar ekan? Topishmoqlar: œ Tikuvchiga o‘rtoq o‘zi, Bittagina jajji ko‘zi. œ Yoz, kuz bo‘yi chirqillab, Don tashiydi pirillab. Tez aytish: œ Eshik oldida buloq, Buloqdan suv ichar uloq, Uloqcha — uzun quloq. 2# O4qish kitobi, 1- sinf 33 BO‘LIM YUZASIDAN TAKRORLASH Boshqotirma Katakchalarni to‘g‘ri to‘ldirsa- ngiz, Amir Temur amal qilgan hik- matli gap kelib chiqadi. Darslikdagi qaysi matnda yuqorida- gi hikmatli gap aytilgan? 8 3 2 9 4 5 6 1 7 10 11 Savol: — 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 34 Boshqotirma Katakchalarni to‘g‘ri to‘ldirsangiz, «alloma» so‘zi kelib chiqadi. 2 3 6 5 4 Savol va topshiriqlar: 1. Bu bo‘limda kimlar haqida o‘qidik? 2. Amir Temur o‘gitlarini ayting. 3. Amir Temur bobomizning uzugida qanday so‘zlar yozilgan ekan? 4. Alisher Navoiy haqida nimalarni bilib oldi ngiz? 5. Ibn Sino nima larga qi ziqqan ekan? 6. Ulug‘bek bobomiz kim bo‘lgan? 7.Bobur onasidan qanday saboq oldi? 1 2 3 4 5 6 1 35 KO‘KLAM — YASHNAYDI OLAM u She’rni ifodali o‘qing. Savol: Bahorda tabiatda qanday o‘z ga - rishlar bo‘ladi? Bahor kelgach Tursunboy Adashboyev Qish qorini supurdi, Quyosh nurin ufurdi, Yalpiz hidi gupurdi Bahor kelgach. Chaqmoq ko‘kda yong‘oq chaqdi, Qizg‘aldoqlar selda oqdi, Mayin shamol Bizga yoqdi Bahor kelgach. 36 36 Lola Hamid Olimjon Lola bog‘chaga chiqib Kechga qadar gul terdi. Etak-etak to‘pladi, Har kungidan mo‘l terdi. Sochiga gul bog‘ladi, Chakkasiga taqdi gul. Yelkalaridan tashlab Gulga ko‘mildi butkul. So‘ngra uyga keldi-yu, Birpas yotib dam oldi. Kiprigi yumildi-yu, Gul kabi uxlab qoldi. u Download 3.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling