O’qitishning interfaol metodi akbarova Shahnoza Abdulahatovna
Download 34.91 Kb.
|
qo`shniga metod
O’QITISHNING INTERFAOL METODI Akbarova Shahnoza Abdulahatovna Namangan shahri «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da o’sib kelayotgan avlodni mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash vazifasi qo’yilgan. Ushbu masalaning hal etilishi ko’p jihatdan o’qitishning interfaol metodlarini qo’llashga ham bog’liq. Avvalo "interfaol (interaktiv)" tushunchani aniqlashtirib olaylik. "Interaktiv" degan so’z inglizcha "interact" so’zidan kelib chiqqan. "Inter" – o’zaro, "act" – ish ko’rmoq, ishlamoq degan ma’nolarni anglatadi. SHunday qilib, interfaol o’qitish – bu, avvalambor muloqotli o’qitish bo’lib, jarayonning borishida o’qituvchi va o’quvchi orasida o’zaro ta’sir amalga oshiriladi. Interfaol o’qitishning mohiyati o’quv jarayonini shunday tashkil etadiki, unda barcha o’quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Bilish jarayonida o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati deganda, ularni har birining o’ziga xos aloqada individual hissa qo’shishi, o’zaro bilimlar, g’oyalar va faoliyat usullari bilan almashinishlari tushuniladi. SHu bilan birga, bularning hammasi o’zaro xayrixohlik va qo’llab – quvvatlash muhitida amalga oshiriladi. Bu esa o’z navbatida yangi bilimlarni olishgagina imkoniyat bermasdan, balki bilish faoliyatining o’zini ham rivojlantiradi, uni yanada yuqoriroq koopertsiya va hamkorlik pog’onalariga olib chiqadi. Darslardagi interaktiv faoliyat o’zaro tushunishga, hamkorlikda faoliyat yuritishga, umumiy, lekin har bir ishtirokchi uchun ahamiyatli masalalarni birgalikda yechishga olib keladigan diologli aloqani tashkil etish va rivojlantirishni ko’zda tutadi. Interfaol metod bitta so’zga chiquvchining, shuningdek, bitta fikrning boshqa fikrlar ustidan dominantlik qilishligini chiqarib tashlaydi. Dialogli o’qitish jarayonida o’quvchilar tanqidiy fikrlashga, shart-sharoitlarni va tegishli axborotni tahlil qilish asosida murakkab muammolarni yechishga, alternativ fikrlarni chamalab ko’rishga, ulab va asosli ravishda qarorlar qabul qilishga, diskussiyalarda ishtirok etishga, boshqalar bilan muloqat qilishga o’rganadilar. Buning uchun darslarda individual, juftli va guruhli ishlar tashkil etiladi, izlanuvchi loyihalar, rolli o’yinlar qo’llaniladi, hujjatlar va axborotning turli manbalari bilan ish olib boriladi, ijodiy ishlar qo’llaniladi. Interfaol o’qitishni tashkil qiluvchilar uchun, sof o’quv maqsadlaridan tashqari quyidagi jihatlar ham muhimdir: guruhdagi o’quvchilarning o’zaro muloqotlari jarayonida boshqalarning qadriyatlarini tushunib yetish; boshqalar bilan o’zaro muloqotda bo’lish va ular yordamiga muhtojlik zaruratining shakllanishi; o’quvchilarda musobaqa, raqobatchilik kayfiyatlarini rivojlantirish. SHuning uchun interfaol o’qitish guruhlarida muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan ikkita asosiy funktsiyalar amalga oshirilishi lozim: o’qitishning pragmatik jihati qo’yilgan o’quv masalasini yechishlikning shartligi; tarbiyaviy masalalarni yechish (hamkorlikdagi ish jarayonida guruh a’zolariga yordam ko’rsatish, xulq-atvor normalarini shakllantirish). Ushbu faktni alohida qayd etish lozimki, o’qitishning barcha interfaol usullarini verbal (og’zaki) va noverbal usullarga ajratish mumkin. Og’zakilarga quyidagilar kiradi: vizual: yuz ifodasi, gavdaning holati, harakatlar, ko’zlar orqali aloqa; akustik: intonatsiya, ovoz balandligi, tembr, nutq tempi, tovush balandligi, nutqiy pauzalar va hokazo. Verbal usullar orasida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: "oxiri ochiq" bo’lgan savollar, ya’ni yagona "to’g’ri" javobga emas, balki muammo (savol) bo’yicha turli nuqtai nazarlarni bayon qila olishga yo’naltirilgan savollarni bera olish qobiliyati; o’quvchilar bilan muloqotda o’qituvchi tomonidan o’zining nuqtai nazarini hal qiluvchi nuqtai nazar deb emas, balki neytral deb aniqlanishi. Bu narsa mashg’ulot paytida o’quvchilarga qo’rqmasdan "to’g’ri " va "noto’g’ri" nuqtai nazarlarini bayon etish imkoniyatini beradi; mashg’ulotning tahlil va o’z-o’zini tahlil qilishga tayyorgarlik. Ushbu holat mashg’ulotlarda nima?, qanday? va nima uchun? sodir bo’lganini, o’zaro faoliyat qaerda "osilib" qolganini, u nima bilan bog’liq ekanligini, keyinchalik bunday holatlarning ro’y bermasligi uchun nimalar qilish kerakligi va boshqalarni tushunib olishga yordam beradi; mashg’ulotning borishini, uning kulminatsiyasini, natijaviyligini va boshqa kuzatish imkonini beruvchi yozma xotiralarni yozib borish. Birinchi bo’limga alohida e’tibor qaratishni istar edik. O’qituvchining savoli – bu o’quvchining tafakkurini bostirish yoki rivojlantirish uchun kuchli vositadir. Savolning ikki hil turi mavjud (interfaol o’qitish nuqtai nazaridan). o’quvchining fikr doirasini chegaralab, uni bilganlarni oddiy qayta tiklashga keltirib qo’yadigan savollar. Bunday savollar fikrlash jarayonini to’xtatib turishga xizmat qilib, o’quvchiga uning fikri hech kimni qiziqtirmasligini tushunib yetishiga olib keladi; fikr yuritish, o’ylash, tasavvur qilish, yaratish yoki sinchiklab tahlil etishga undovchi savollar. Bunday savollar fikrlash darajasini ko’tarish bilan birga, o’quvchilarda ularning ham fikri qimmatga ega ekanligiga ishonch uyg’otadi. Quyida savolni to’g’ri ifoda qilish bo’yicha bir qancha tavsiyalar keltiriladi. Savollarni aniq va qisqa qo’yish lozim. Bitta savol orqali faqat bir narsani so’rash. Savol mavzu bilan bevosita bog’liq bo’lishi kerak. Savoldagi barcha so’zlar o’quvchiga tushunarli bo’lishi kerak. Har bir savolga bir nechta javob bo’lishiga harakat qiling. Aniq narsalardan umumiyga borishga harakat qiling. Bu holat o’quvchilarni o’ylashi va savolga javob berishida yengillik tug’diradi. Faqatgina "ha" yoki "yo’q", "to’g’ri" yoki "noto’g’ri" degan javoblar beriladigan savollarni berishdan saqlaning. O’quvchilarga o’z tajribalariga tayangan holda javob beradigan savollarni bering. O’zining nuqtai nazarini bildiradigan savollarni bering. Qo’yilgan savolga javob berilganda, o’quvchilardan "Nima uchun shunday deb o’ylaysiz?" deb so’rab turing. Interfaol metodlar bo’yicha o’qish jarayonini tashkil etilganda e’tibor berilishi kerak bo’lgan yana bir holat, bu vazifaning mazmuni. Vazifaning mazmuni o’qitishning an’anaviy shakllariga qaraganda boshqacharoq bo’lishi lozim. Masalan, guruhga darslikdagi ma’lum bir paragraf konspektini olish vazifa sifatida berilishi maqsadiga muvofiq emas, chunki har bir o’quvchi bu ishni o’zi, mustaqil bajarishi mumkin. Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, muammoni nostandart qo’yilishigina, o’quvchilarni bir-biridan yordam olishga, boshqalarning ham fikrini bilishga, natijada esa, guruhning umumiy fikrini shakllantirishga undaydi. Masalan, dasturlashga oid masala yechilganda, uni kichik masalalarga bo’lish mumkin. O’quvchilarni ham kichik guruhlarga bo’lish va har biriga kichik masalani yechishni va dasturini tuzishni tavsiya etish mumkin. Dars oxirida guruhlarning kichik masalalarini yechimlari asosida berilgan masala yechishini tashkil qilish lozim. Buning natijasida bitta dars davomida murakkab masalani yechish va unga ko’proq o’quvchilarni jalb qilish mumkin bo’ladi. An’anaviy hamda interfaol dars orasidagi ayrim farqlar
Bu jadvalda hajm oshib ketmasligi uchun fikr juda qisqa bayon qilindi. Jadvalda keltirilgan farqlar shu ikki mashg’ulot turining bir-biriga nisbatan afzal va kamchilik tomonlarini yaqqol ko’rsatib turibdi. Interfaol mashg’ulotning ushbu jadvalda ko’rsatilgan ayrim jihatlarini tahlil qilish asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin: O’quv rejadagi fanlarni o’qitishda qaysi mavzular bo’yicha interfaol darslar tashkil qilish maqsadga muvofiqligini hisobga olish zarur. Bunda hap bir mavzu bo’yicha mashg’ulotning maqsadiga to’liq erishishni ta’minlaydigan interfaol yoki an’anaviy mashg’ulot turlaridan foydalanish ko’zda tutiladi. Interfaol mashg’ulotning samarali bo’lishi uchun o’quvchilar yangi mashg’ulotdan oldin uning mavzusi bo’yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki ma’lumotlarni bilishlarini ta’minlash zarur. Interfaol mashg’ulotda o’quvchilarning mustaqil ishlashlari uchun an’anaviy mashg’ulotga nisbatan ko’p vaqt sarflanishini hisobga olish zarur. Shularga o’xshash farqlarning ijtimoiy hayotdagi ta’siri to’g’risida bir necha asr muqaddam A.Navoiy o’zining mashhur "Mahbub ul-qulub" asari muqaddimasida shunday yozgan edi: "Umid ulkim, o’qig’uvchilar diqqat va e’tibor ko’zi bila nazar solg’aylar va har qaysisi o’z fahmu idroklariga ko’ra bahra olg’aylar...". Bunda shu asarni har kim turlicha, ya’ni o’z fahmi idroki darajasidagina tushunishi, o’zlashtirishi, foyda ola bilishi va amalda qo’llay bilishi ko’rsatib o’tilgan bo’lib, bundan biz interfaol ta’lim usullarining an’anaviy usullardan asosiy farqlari to’g’risida yuqorida aytgan xulosalarimizni yanada qisqa qilib, o’quvchilarning fahmu idroklarini o’stirishdan iborat, deb ifodalashimiz mumkin. Bunda ta’kidlash lozimki, interfaol ta’lim usullari O’zbekistonda qadim zamonlardan beri ta’lim-tarbiya jarayonida muallim bilan talabalar hamda talabalar bilan talabalar o’rtasidagi muloqotlarda muhokama, munozara, muzokara, mushohada, tahlil, mashvarat, mushoira, mutolaa kabi shakllarda qo’llab kelingan. Bu usullar talabalarning nutq, tafakkur, mulohaza, zehn, iste’dod, zakovatlarini o’stirish orqali ularning mustaqil fikrlaydigan, komil insonlar bo’lib etishishlariga xizmat qilgan. Hozir interfaol mashg’ulotlarni olib borishda ma’lumki, asosan interfaol usullar qo’llanilmoqda. Kelgusida esa bu usullar ma’lum darajada interfaol texnologiyaga o’sib o’tishi maqsadga muvofiq. Bu interfaol usul hamda texnologiya tushunchalarining o’zaro farqini bizningcha, shunday ta’riflash mumkin. Interfaol ta’lim usuli – har bir o’qituvchi tomonidan mavjud vositalar va o’z imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi. Bunda har bir o’quvchi o’z motivlari va intellektual darajasiga muvofiq ravishda turli darajada o’zlashtiradi. Interfaol ta’lim texnologiyasi - har bir o’qituvchi barcha o’quvchilar ko’zda tutilgandek o’zlashtiradigan mashg’ulot olib borishini ta’minlaydi. Bunda har bir o’quvchi o’z motivlari va intellektual darajasiga ega holda mashg’ulotni oldindan ko’zda tutilgan darajada o’zlashtiradi. Interfaol mashg’ulotlarni amalda qo’llash bo’yicha ayrim tajribalarni o’rganish asosida bu mashg’ulotlarning sifat va samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi ayrim omillarni ko’rsatishimiz mumkin. Ularni shartli ravishda tashkiliy-pedagogik, ilmiy–metodik hamda o’qituvchiga, o’quvchilarga, ta’lim vositalariga bog’liq omillar deb atash mumkin. Ular o’z mohiyatiga ko’ra ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishini nazarda tutishimiz lozim. Tashkiliy-pedagogik omillarga quyidagilar kiradi: -o’qituvchilardan interfaol mashg’ulotlar olib boruvchi trenerlar guruhini tayyorlash; -o’qituvchilarga interfaol usullarni o’rgatishni tashkil qilish; -o’quv xonasida interfaol mashg’ulot uchun zarur sharoitlarni yaratish; -ma’ruzachining hamda ishtirokchilarning ish joyi qulay bo’lishini ta’minlash; -sanitariya-gigiena me’yorlari buzilishining oldini olish; -xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni ta’minlash; -davomatni va intizomni saqlash; nazorat olib borishni tashkil qilish va boshqalar. Ilmiy-metodik omillarga quyidagilar kiradi: -DTS talablarining bajarilishini hamda darsdan ko’zda tutilgan maqsadga to’liq erishishni ta’minlash uchun maqsadga muvofiq bo’lgan interfaol usullarni to’g’ri tanlash; -interfaol mashg’ulot ishlanmasini sifatli tayyorlash; -interfaol mashg’ulotning har bir elementi o’rganilayotgan mavzu bilan bog’liq bo’lishini ta’minlash; -mashg’ulotlar mavzusi va mazmunini so’nggi ilmiy-nazariy ma’lumotlar asosida belgilash; -zamonaviy yuqori samarali metodlarni qo’llash; -o’quvchilarning tayyorgarlik darajasini oldindan aniqlash va shunga mos darajadagi interfaol mashg’ulotlarni o’tkazish; -interfaol mashg’ulot uchun yetarlicha vaqt ajrata bilish va boshqalar. O’qituvchiga tegishli omillar: -mavzuni sayoz bilishi; -nutqidagi kamchiliklar: talaffuz, adabiy til me’yorlari, grammatika qoidalari, notanish yoki xorijiy so’zlar, atamalarning ma’nosini tushuntirmasdan qo’llashi, shevaga xos so’zlarni ko’p qo’llashi, yozib namoyish qilishda xatoga yo’l qo’yishi va tushunarsiz yozishi; -o’zini tutishi va pedagogik xulqidagi nuqsonlar; -kiyinishi va tashqi ko’rinishiga e’tiborsizligi; -ta’lim vositalaridan unumli va to’g’ri foydalana olmasligi; -kuzatuvchanlik, vaqtning o’tishini his qilish, uni to’g’ri taqsimlash ko’nikmasi etishmasligi; -tinglash ko’nikmasi yetishmasligi; -o’quvchiga xayrixohlik, samimiylik, u bilan hamkorlikda ish olib borish ko’nikmasi yetishmasligi; -mantiqiy bog’liqlik va izchillikka rioya qilmaslik va boshqalar. o’quvchilarga tegishli omillar: -davomat pastligi, mashg’ulotga kechikib kelishi; -zarur tayyorgarliksiz kelishi; -ilmiy atamalarni bilmasligi; -diqqatni jamlay olmasligi; -eshitish qobiliyatidagi va tinglash ko’nikmasidagi kamchiliklar; -qiziqishning pastligi, fikr yuritishning sustligi; -dars mavzusi bo’yicha tayyorgarlik darajasining pastligi; -manfaatdorlikning kamligi va boshqalar. Mashg’ulotda foydalaniladigan vositalarga tegishli omillar: -ta’lim vositalarining etishmasligi, ta’mirtalab yoki yaroqsiz holda bo’lishi, sifatli va zamonaviy vositalarning kamligi; -mashg’ulot mavzusini o’zlashtirish uchun maqsadga muvofiq vositalar turlarini va sonini to’g’ri tanlamaslik; -vositalarni mashg’ulot boshlanmasidan oldin ishga tayyorlab qo’ymaslik; -vositalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik va boshqalar. Xulosa qilib aytganda, interfaol mashg’ulotlarni yuqorida qisqacha bayon qilingan omillarni hisobga olgan holda tashkil qilish va olib borish bu mashg’ulotlarning sifati va samaradorligini yanada oshirishga yordam beradi. O`quvchilarni faollik darajasiga ko`ra farqlanuvchi metodlar. Òquvchilarni faollik darajasiga kòra farqlovchi metoadlar deganda: 1) Izohli - illyustrativ mеtod.Bu mеtodning mohiyati shundaki, bunda o`qituvchi tayyor informatsiyani har xil vositalar yordamida bеradi, o`quvchilar esa bu informatsiyani qabul qiladi, tushunib oladi va eslab qoladi. Informatsiyani o`qituvchi og`zaki, yozma, ko`rsatmali ravishda amalga oshiradi. 2) Rеproduktiv mеtod.Bu mеtodning asosiy bеlgisi faoliyat usulini tiklash va o`qituvchining topshiriqlari bo`yicha takrorlashdan iborat. Bu mеtod yordamida malaka va ko`nikmalar tarkib topadi. 3) Bilimlarni muammoli bayon qilish. Bunda o`qituvchi biror qoidani aytibgina qolmay, balki «ovoz chiqarib mulohaza yuritib» muammoni qo`yadi va uni hal qilish jarayonini boshqaradi va o`quvchilarni fikrlashga o`rgatadi, bilish xaraktеridagi izlanishlarni olib borishga o`rgatadi. 4) Qisman izlanish yoki evristik mеtod.Bu holda o`qituvchi o`quvchilarga o`quv matеrialini bayon qiladi, bu bayon qilish davomida savollar qo`yib o`quvchilarni izlanishga va bilish xaraktеridagi biror masalani yеchishni talab qiladi. 5) O`qitishning tadqiqot mеtodlari. Bunda o`quvchilar qo`yilgan muammoni tushunib olgandan kеyin, o`zlari ishlash rеjasini tuzadi, faraz qilib, tеkshirish usulini aniqlab, kuzatishlar, tajribalari o`tkazishadi, faktlarni taqqoslaydi, umumlashtiradi va xulosalar chiqarishadi. Kеyingi uchta mеtodlar yordamida muammoli o`qitish amalga oshiriladi. Muammoli o`qitish dеganda nimani tushuniladi? Hozirgi vaqtda uning yagona ta'rifi yo`q. Ammo N.M. Skatkin, T.I. Shamova, L.Sh.Lеvеnberg kabilar muammoli o`qitish yagona ta'lim tizimsining muhim tarkibiy va muammoli vaziyatlar yaratish va ularni hal qilish usullarini kеng qo`llanish asosida o`quvchilarning rеproduktiv va ijodiy faoliyatlarining tarkibiy birlashtirilishini ko`zlaydi dеgan yagona nuqtai nazarni bildirishmoqdalar. Muammoli o`qitish dеganda – bu muammoli vaziyatlar hosil qilish, muammoni shakllantirish, hal qilishda o`quvchilarga yordam bеrish va ularga boshchilik qilish kabilarni tushunamiz. (Polyak – B. Okon). Muammoli o`qitish asosida o`quv muammosi yotadi, bu muammoning mohiyati o`quvchiga ma'lum bo`lgan bilimlar, ko`nikma va malakalar bilan tushuntirmoq va tushuntirish uchun yangi faktlar zaruratidan iborat. (didaktik M.I. Maxmutov). Dеmak, o`quv muammosi amaliy va nazariy qiyinchiliklarni tashkil qiladi, buni hal qilish uchun o`quvchilardan tadqiqotchilik faolligi talab qilinadi. Muammoli o`qitishning eng muhim xususiyati muammoli vaziyatlar yaratishdir. Muammoli vaziyat - bunda o`qituvchi o`quvchilar oldiga ularning bilimlari yеtishmasligi sababli birdaniga to`la javob bеra olmaydigan savol qo`yadi. Muammoli vaziyatning markaziy elеmеnti o`quvchilar tomonidan yechilishi kеrak bo`lgan noma'lum yoki qo`yilgan muammoni hal qilish uchun zarur bo`lgan bilimlardir. Boshlang`ich sinflarda muammoli o`qitishdan foydalanish mumkinmi? Buning bеgumonligini M.I. Moro, A.M. Pishkalo, A.S. Sharipova kabi olimlar o`z tadqiqotlarida isbotlaganlar. Psixolog A.M. Matyushkinning boshlang`ich sinflarda muammoli o`qitishning o`lchami va xaraktеri haqida fikrlari diqqatga sazovordir: «Boshlang`ich sinf o`quvchilari hal intеllеktual faoliyat mеtodlariga ega emaslar hamda grammatika va matеmatik qoidalar haqida diskussiya olib borish yoki ularni tadqiq qilish uchun yеtarlicha bilimga ega emaslar. Ta'limning dastlabki bosqichlarida muammoli o`qitish mеtodlaridan foydalanish o`quvchilar oldiga maqsadga muvofiq tanlangan, muammoli vaziyatlar hosil qiluvchi topshiriqlar bеrish va bu topshiriqlarni hal qilishlari uchun optimal sharoitlar yaratishni nazarda tutadi».
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish. Matematikadan sinfdan tashqari ishlar deyilganda o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog‘liq bo‘lgan material asosida ixtiyoriylik prinsipiga asoslangan mashg‘ulotlar tushuniladi. Matematika sinfdan tashqari ishlarning dolzarbligi 2- sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda bolalarning bilim saviyasiga qaraladi.Matematikani yaxshi o’zlashtirmagan o’quvchiga o’quvchilar bilan unchalik qiyin bo’lmagan misol va masalalar yechishni o’rgatamiz.Yaxshi o’zlashtirgan o’quvchilarga mukamallroq misol va masalalar yechish o’rgatiladi. Matematika sinfdan tashqari ishlar maqsadi o’quvchilarga matematik o’n minutlik,matematik to’garak,matematik devoriy gazeta va matematik ekskursiyalarni tashkil etish. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy vazifalari ushbulardan iborat: o‘quvchilarning bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini chuqurlashtirish va kengaytirish; o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, matematik ziyrakliklarini rivojlantirish; matematikaga qiziqishlarini orttirish; qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish; talabchanlik; irodani tarbiyalash; mehnatga muhabbatni ; mustaqillikni; uyushqoqlikni va jamoatchilikni tarbiyalash. Maktab amaliyotida matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning ushbu turlari uchraydi: matematik o‘n minutliklar, soatliklar va qiziqarli matematika kechalari, matematika to‘garaklari, ertaliklari, viktorinalar, konkurslar. Shuningdek, sinfdan tashqari ishga matematikadan gazeta chiqarish, matematika burchaklarini rasmiylashtirishlar ham kiradi. Oldin 2-sinfda sinfdan tashqari ishlar qanday tashkil qilinishi va o‘tkazilishini qarab chiqamiz.Bu sinfda sistemali ishning asosini matematik o‘n minutliklar tashkil qiladi. Odatda, o‘n minutliklar hafdasiga bir marta butun sinf bilan o‘tkaziladi. O‘n minutliklardagi mashg‘ulotlar sinf chegarasidan tashqariga chiqishi juda muhimdir. Topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matemetik topshiriqlarga o‘xshash bo‘lmasligi kerak: topshiriqlarning mazmunlari bolalarga tushunarli qiyinlik darajalari bolalarga mos bo‘lishi kerak: javoblar tez topilishi kerak, agar hisoblashlar zarur bo‘lsa , ular faqat og‘zaki bajarilishi kerak. Qiziqarli matematika soati darsdan keyin sinfning hamma o‘quvchilari bilan o‘tkaziladi. 2-sinfda bu mashg‘ulotlar epizodik ravishda o‘tkaziladi. 2-sinflarda sistemali ravishda (ammo oyiga 1-2 martadan ko‘pmas ) o‘tkaziladi, chunki ularni o‘tkazishga ko‘p vaqt talab qilinadi. Mashg‘ulotning davomiyligi 2-sinfda 25-35 minut . Mashg‘ulot o‘tkazish uchun har hil qiziqarli arifmetik va geometrik mazmunli masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, masalalar tuzishga doir masalalar, qiziqarli kvadratlar, rebuslar, topishmoqlar va boshqalar material bo‘lib hizmat qiladi. Matematik to‘garak matematikadan sistematik sinfdan tashqari ishlarning eng ko‘p tarqalganidan biri. Uning asosiy vazifasi – matematikaga alohida qiziqish ko‘rsatgan o‘quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish. To‘garaklar ixtiyoriylik asosida tashkil qilinadi.To’garakda o’quvchilar baholanmaydi. Matematika to‘garagini o‘tkazish uchun oldindan uning ish rejasini tuzish kerak. Namuna uchun ikkinchi yarim yillikda 2-sinfda o‘tkazilgan bazi to‘garak mashg‘ulotlarining taxminiy rejasini keltiramiz. I mashg‘ulot. 1. Rebuslarni o‘ylab topish. 2. Qo‘shishga oid qiziqarli masalalar. 3. 100 ichida nomerlashni bilganlikni tekshirishga oid mashqlar. 4. Hazil masala. 5. « Sonni to‘ldir, o‘zing angrayma » o‘yini. 2-sinfda matematik to’garakning ish rejasidagi mavzularni keltiramiz: 1. Yig’indi va ayirmalarni topishga doir soda misollar 2.Qiymati bir xil bo’lgan misollar 3.Qo’shish va ayirishni tekshirish 4.To’g’ri burchak to’g’rimas burchak 5.Ko’pburchak perimetri 6.Sonlar va hisoblashlar .100 ichida 10likdan otib qoshish va ayirish 7.Sonlar o’qi va uning modellari 100 ichida sonlarni xonadan 8.2-xonali sonlarning o’nli tarkibi 9.Bir xonali sonlarni ko’paytirish 10.Ulushlar.Geometrik shakllar va kattaliklar. Matematik matbuot: boshlang‘ich sinflarda chiqariladigan gazetalar va o‘tkaziladigan viktorinalar mazmunini ko‘proq topishmoq, boshqotirgich, rebuslar va boshqa xildagi qiziqarli materiallar tashkil qiladi va ularning maqsadi o‘quvchilarning matematikaga qiziqishlarini orttirishdan iborat bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflarning matematika gazetasi rangli qilib bajariladi, masala va misollar rasmlarda beriladi va qiziqarli xarakterda bo‘ladi.Masalan: Masalan: Savatda oltita olma bor .Shu olmalarni oltita bolaga bittadan shunday bo’lib beringki,savatda ham bitta olma qolsin.(Javob:5 bolaga bittadan,6 chisiga savati bilan2. Bitta tayoqchaning 2ta uchi bo’lsa,bir yarimta tayoqning nechta uchi bo’ladi? (Javob:4ta).3.4ta qush 4ta qurtni 4minutda esa,8ta qush 8ta qurtni necha minutdi yeydi?(Javob:4minutda).
qilish, bular o‘quvchilarni shu faktlar bilan turmushda uchrashtirish yo‘li bilan olinadi. Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari bilan ekskursiyalar o‘tkazish muhim qiyinchiliklarga bog‘liq va o‘qituvchidan puxta tayyorlanishni talab qiladi: o‘qituvchi ekskursiya o‘tkaziladigan joyga oldin borib, ko‘rib kelishi ekskursovodga qanday formada tushuntirib berish haqida, ekskursiya vaqti haqida ko‘rsatmalar berishi kerak. Ekskursiya o‘tkazishdan maqsad nimaligi bolalarga tushunarli bo‘lishi nihoyatda muhimdir, shunday bo‘lganda bolalar oldindan nima qilishlari kerakligini va o‘zlarini qanday tutishlari kerakligini bilib oladilar. Maktabning joylashgan o’rniga qarab balalar bilan har xil ustaxonalarga, fabrikalarga, firmalarga va boshqa joylarga ekskursiyalar o’tkaziladi. Qurilish materialidan foydalanish haqida masalalar tuzish va yechish mumkin. Shunday masalalardan ba’zilarni keltiramiz. 1.Bir soatda ekskavator 4 m uzunlikda poydevor chuqurligini kavlaydi. Shunday ish unumi bilan u 7 soatda qancha chuqurlik kavlaydi? 2.Qurilishda yuk tashishda 4 ta avtomashina ishlamoqda. Ularning har birida bitta haydovchi va 2ta yukchi ishlaydi. Material tashishda hammasi bo’lib qancha odam band? Xulosa qilib aytganda 2- sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda bolalarning bilim saviyasiga qaraladi. Matematikani yaxshi o’zlashtirmagan o’quvchiga unchalik qiyin bo’lmagan misol va masalalar yechishni o’rgatamiz. Yaxshi o’zlashtirgan o’quvchilarga mukamallroq misol va masalalar yechish o’rgatiladi. O’quvchilarga qiziqarli savollar va qiziqarli masalalar krassvordlar yechishni, bolaning bilim saviyasini yanada oshirishga, fikrlashga o’rgatadi. Foydalanilgan adabiyotlar Turdiev N.SH., Asadov YU.M., Akbarova S.N., Temirov D.SH. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari. //O‘quv-uslubiy qo‘llanma.(I-qism). Toshkent, 2015. - 160 b; B. 5-6 b. 2A.A.Abduqodirov, R.Ishmuxamedov, A.Pardaev. Ta’limda innovatsion texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar).-T.: Iste’dod, 2008.-180 bet. Download 34.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling