O’qituvchi: dotsent. Hamroyev A. Sh


Download 0.58 Mb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1505974
  1   2   3   4
Bog'liq
HK6ChRF6lmibc9Er9gV9k0P73haNPlvlF7ES53SH

Fan: Operatsion tizimlar 12-maruza. Operatsion tizimlarda xotirani boshqarish. Xotira abstraksiyasi: manzilli fazo, svopping, bo'sh xotirani boshqarish tushunchalari.

O’qituvchi: dotsent. Hamroyev A.Sh.


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti kafedrasi

Reja

  • 1. Kompyuterning fizik xotirasi
  • 2. Adresslar makoni tushunchasi
  • 3. Svoping
  • 4. Xotiraning boshqaruv tizimi funksiyasi
  • 5. Virtual xotira
  • 6. Xulosa
  • 7. Foydalanilgan adabiyolar

Kompyuter xotirasining turlari

  • Kompyuter tizimi dasturlar kirish huquqiga ega bo'lgan ma'lumotlar bilan birgalikda, bajarilish vaqtida (qisman bo’lsada) tezkor xotiradan foydalanishi kerak.
  • Operatsion tizim foydalanuvchi jarayonlari va OT komponentlari o'rtasida xotirani taqsimlash muammosini hal qilishi kerak. Ushbu faoliyat xotirani boshqarish deb ataladi.
  • Operatsion tizimning xotirani boshqarish uchun mas'ul bo'lgan qismi xotira menejeri deb ataladi.

Kompyuter xotirasini fizik tashkil etilishi

  • Kompyuter xotira qurilmalari kamida ikki darajaga bo'linadi: asosiy (operatsion) va ikkilamchi (tashqi) xotira.
  • Asosiy xotira (tezkor xotira) bir baytli kataklarning tartiblangan massivi bo'lib, ularning har biri unikal manziliga (raqamiga) ega. Protsessor asosiy xotiradan buyruqni oladi, uni dekodlaydi va bajaradi. Buyruqni bajarish uchun asosiy xotiraning yana bir nechta kataklariga kirish talab etilishi mumkin.
  • Odatda, asosiy xotira yarimo'tkazgich texnologiyasidan foydalangan holda ishlab chiqariladi va elektr quvvati o'chirilganda uning ma’lumotlari ham o’chib ketadi.
  • Ikkilamchi xotira (asosan disklar) baytlar ketma-ketligidan tuzilgan bir o'lchovli chiziqli manzilli fazosi sifatida ham ko'rib chiqish mumkin. Tezkor xotiradan farqli o'laroq, u energiyaga bog’liq emas, sezilarli darajada katta hajmga ega va asosiy xotiraning kengaytirilgan ko’rinishi sifatida foydalaniladi.
  • Keyingi slayddagi sxemada, xotira turlari yana bir nechta oraliq darajalar bilan to'ldirilishi mumkin.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling